
- Vidyo holatida ko'rish -
Bunday voqealar sabab, insonlar o'z joniga qasd qilishgacha borishadi. Qadimdan, Koreya Respublika Jinoyat Kodeksi 304-moddasida quyidagicha yozilgan edi,
Nikoh qurishni va’da qilib yoki boshqa hiyla va aldov vositalari orqali, turli yoki noma’lum shaxslar bilan muntazam jinsiy aloqa qilib yurish odati bo‘lmagan ayolni aldab, uning shu aldovga ishonishi natijasida u bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs, 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 million vondan oshmagan miqdorda jarima bilan jazolanadi.
Ammo 2008-yil va 2009-yilda ikki nafar ushbu jinoyatda ayblanib sudlanayotgan Koreyalik erkaklar, davlatning Konstitutsiyaviy sudiga, ushbu modda davlat qomusiga zid ekanini bildirib ariza kiritadi. Va 2009-yil 26-Noyabrida, Sud yuqoridagi erkaklarning arizasini qanoatlantirib, ushbu qonundagi, "Nikoh qurishni va’da qilib" degan qismini davlat qomusiga zid deb topib), uni yaroqsiz holatga keltirgan va sudyalar,
Zamon o'zgarishi bilan, jamiyatning nikoh va jinsiy munosabatlarga bo‘lgan qarashi ham ancha o‘zgargani sababli bunday shaxsiy masalani jinoiy jazo bilan hal qilish zarurati kamaygan
ini hukm orqali bildirib o'tishadi. Vaqt o'tib, 2012yil 18-Dekabrda, bu modda Jinoyat Kodeksidan butunlay o'chirib tashlanadi.
Nikoh qurish bilan aldab, ayol bilan jinsiy aloqa qilishni bevosita jinoiy jazoga tortish uchun asos yo'qolganidan so'ng, huddi shu ishni qilgan bir erkakni, prokurorlar jinoiy jazoga tortish maqsadida, unga Jinoyat Kodeksining 299-moddasida belgilangan, "Insonni ojiz holatidan foydalanib jinsiy aloqa qilish" aybini qo'yib sudga oshirib ko'rishgan. Ammo birinchi sudda ham apelyatsiya sudida ham u erkak aybsiz deb topilib, 2014-yil 24-Aprilda, Oliy Sud qarori bilan, aybsizligi belgilangan. Shundan so'ng aniq bo'lganki, bundan buyon, uylanishni vada qilib jinsiy aloqa qilganidan so'ng ayolni tashlab ketish - ortiq jinoiy javobgarlikka sabab bo'lmaydi.
Ayrim hollarda, ushbu holatni boshidan kechirganlar, qarshi tomonga "zo'rlash" ayblovi bilan tuxmat qilishni o'ylab ko'rishadi. Ammo bunday qilish - tuxmat qilgan shaxsning zarariga ishlashi va 2 yilgacha qamoq jazosiga sabab bo'lishi mumkin.
Lekin, ushbu holatdan jabrlangan ayol, o'z holatidan kelib chiqib, Koreya Respublikasi Fuqarolik kodeksining 750 va 751-moddalariga asoslanib, erkakdan tovon puli undirish maqsadida, o'ziga tegishli fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkin. Ammo, yakuniy qarorni, bo'lgan voqeadan kelib chiqib, sud qabul qiladi.
P.s: Biz barcha murojaatlarga, murojaatchining maqsadiga muvofiq tarzda, faqat huquqiy jihatdan yondoshamiz va toki alohida so'ralmagunicha shaxsiy fikrimizni bildirmaymiz.
✍️ @abdullatif_kr | Haqiqiy Koreya









