Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy oqibatlari
©️ Norbo'tayev Islombek, xalqaro munosabatlar yo'nalishi 2-bosqich talabasi
🌍 Bu borada davlatlarning ma'suliyati qanday ?
➡️ Ilgargi davlatlarning asosiy ichki funksiyalari o‘zining an’anaviy mohiyatini asta-sekin yo‘qotmoqda. U qo‘shimcha ravishda, umumiy jihatdan, axborot xavfsizligi sohasiga kiruvchi ijtimoiy-tarmoqlarni tartibga solish, fuqarolar axborot ma’lumotlarining maxfiyligini saqlash, kiber jinoyatlarni oldini olish kabi yangi funksiyalar bilan to‘ldirilmoqda yoki yangilanmoqda.
🔴 Davlat nisbatan yangi bo‘lgan regulatyorlik vazifasi – ijtimoiy tarmoqlarni tartibga solishda asosiy subyekt hisoblanadi. Bunda davlat fuqarolarning matbuot, so‘z erkinligini cheklash nutqayi nazaridan emas, balki ularning ruhiy va aqliy salomatligini turli axborot xurujlaridan saqlash, jamiyatga sog‘lom avlodni integratsiya qilish nuqtayi nazaridan yondoshmoqda.
🔴 Bu yo‘lda hozirda Avstraliya hukumati yetakchi bo‘lib, undagi ilk tajribadan xulosa chiqazayotgan va ayrim tuzatish va qo‘shimchalar bilan o‘z qonunchilik amaliyotida sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan Ispaniya, Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarni ham ko‘rishimiz mumkin.
➡️ Avstraliya boshlab bergan "bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan cheklash siyosati".
🔴 2025- yil 10- dekabrda Avstraliya hukumati 16 yoshdan kichik, voyaga yetmagan shaxslarga TikTok, Instagram, Facebook, X, Threads, Snapchat kabi o‘nlab asosiy ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan taqiqladi. Avstraliya hukumati ushbu taqiqni xavotirli so‘rovnoma ma’lumotlari bilan asoslagan.
🔴 2025- yil o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 10 va 15 yosh o‘rtasidagi bolalarning 96 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan. Ularning 70 foizi zararli kontentlarga duch kelgan. Har yetti nafardan biri kattalar tomonidan onlayn shilqimlik xatti-harakatlariga duch kelgan. Yarmidan ko‘pi kiber bezorilik qurboni bo‘lgan.
🔴 Aslida ushbu qonun 2024- yilda qabul qilingan ( “Onlayn xavfsizlikka o‘zgartirish kiritish, ijtimoiy tarmoqlarda minimal yosh to‘g‘risida”gi 2024-yilgi qonun) ammo kuchga kirishi 2025- yil 10- dekabrga to‘g‘ri kelgan. Hozirda "taqiqlar ro‘yxati"ga Facebook, Instagram, Snapchat, Threads, X, You tube, Reddit, Kick hamda Twitch striming platformalari kiritilgan.
➡️ Hukumat saytlarni quyidagi uchta mezon asosida baholagan:
🔴 Platformaning asosiy maqsadi ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilar o‘rtasida onlayn muloqotni ta’minlashmi?
🔴 U foydalanuchilarga boshqalar bilan muloqot qilishga imkon beradimi?
🔴 U foydalanuchilarga materiallar joylashtirish imkonini beradimi?
iMessage, You tube Kids, WhatsApp va Google Classroom ushbu mezonlarga javob bermagani uchun taqiqqa kiritilmadi.
🔴 Qonunning amalda joriy etilishini ta'minlaydigan mexanizmlarning samarali ishlashi uchun hukumat asosiy javobgarlikni bolalar yoki ularning ota-onalariga emas, balki ijtimoiy tarmoq kompaniyalariga yukladi.
🔴 Agar kompaniyalar belgilangan talablarni bajarmasa 49,5 million Avstraliya dollarigacha (taxminan 32 million AQSh dollari) midqorida katta moliyaviy jarimaga tortilishi mumkin. Hukumat, shuningdek, platformalarga foydalanuvchilarning yoshini aniqlash uchun bir nechta zamonaviy texnologik usullardan ishlatishni majburiy qilib qo'ydi.
➡️ Bularga quyidagilar kiradi:
🔴 rasmiy davlat tomonidan berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (ID) orqali tekshirish;
🔴 biometrik usullar, ya’ni yuz tasviri yoki ovozini aniqlash texnologiyalari;
🔴 foydalanuvchining qaysi kontentga ergashishi yoki uning internetdagi
🔴 xatti-harakatlarini tahlil qilish asosida uning taxminiy yoshini aniqlash va h.k.lar.
✈️ 📷
https://www.instagram.com/global_leaders_hub?igsh=MXB5b3A1NWxheWk4dQ== 🖤
https://youtube.com/@global_leaders_club?si=x5kV1wnEnaMjT9fl