Mundarijani qoʻlda terib, keyin sahifalari mos kelmay qolganmi? 😅 Bir marta toʻgʻri sozlang — Word hammasini oʻzi qiladi:
1-qadam. Har bir bob nomini belgilang → yuqoridagi “Styles” panelidan Heading 1 ni tanlang.
2-qadam. Paragraflar (1.1, 1.2...) uchun → Heading 2.
3-qadam. Mundarija turadigan sahifaga oʻting → References → Table of Contents → Automatic Table 1.
4-qadam. Ish tugagach, mundarija ustiga bosing → Update Field → Update entire table. Barcha sahifa raqamlari avtomatik yangilanadi ✅
💡 Bonus: Heading uslubining shrifti sizga yoqmasa, uni oʻchirib tashlamang! Ustiga oʻng tugma → Modify → Times New Roman 14 qilib oʻzgartiring. Shunda ham chiroyli, ham avtomatik boʻladi.
Bu usul BMI, dissertatsiya va oʻquv qoʻllanmalarning barchasida ishlaydi.
📚 Saqlab qoʻying — kerak boʻladi!
👉









