Sun’iy intellekt bilan startap qilishga hali ham kech emas!
Bu rasmga qarab qanday xulosa qilish mumkin?
Ko‘pchilik o‘ylagandek, SI sohasi loyihalar bilan to‘lib toshib ketgan emas. Hali ham dunyo aholisining katta qismi — taxminan 84% — undan
https://x.com/NoahEpstein_/status/2025604844711510432?s=20. AQSHdagi kompaniyalarning ham 80% dan ko‘prog‘i uni hali ish jarayoniga joriy qilmagan.
Hozir pul topishning yo‘li murakkab texnologiya yaratishda emas. Aksincha, mavjud vositalarni — masalan, n8n, Claude, OpenClaw — olib, oddiy bizneslarga moslab berishda. Ya’ni “implementer” bo‘lishda.
Keyingi 3–5 yil — juda katta imkoniyat davri. Kim yutadi? Texnik jihatdan eng kuchlilar emas, balki biznes egasiga: “Mana shu orqali vaqtingizni ham, pulingizni ham tejaysiz”, deb tushuntirib, sota oladiganlar.