1/8#Olam_munozara_klubi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Olam” munozara klubining navbatdagi sessiyasida “Mamlakatimizda chiqindi masalalari: bugungi holat va zamonaviy yechimlar” mavzusida so'z yuritildi.
Sessiyada mavjud chiqindi poligonlarining bugungi holati, ularning sanitariya va ekologik talablarga muvofiqligi, poligonlarni bosqichma-bosqich qisqartirish, qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan chiqindilarni tegishli korxonalarga yo‘naltirish, shuningdek, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Qiziqarli savol-javoblar va bahslarga boy tarzda o‘tgan “Olam” munozara klubining batafsil videosi tez orada ijtimoiy tarmoqlarimizda e’lon qilinadi.
✅ Telegram|✅Facebook | 🌐 Instagram |🌐 x.com | 📹 You Tube











