Quyidagi parcha esa 1960–70-yillarda Angliya maktablarida o‘quvchilarga Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosati qanday tushuntirilganini ko‘rsatadi. Bugun o‘sha avlod vakillari 60–70 yoshda. Shunday ekan, ularning ayrimlari Hindistondan Angliyaga bo‘layotgan migratsiyani qanday qabul qilayotganini tasavvur qilish mumkin: ularning ongida hindlar uzoq vaqt “ikkinchi darajali xalq” sifatida tasvirlangan edi. Biroq Hindiston musulmonlari — masalan, hozirgi pokistonliklar — inglizlar nazarida nisbatan yuqoriroq baholangan.
O‘sha davr maktab tarix darsligidan quyidagi jumlani keltiradi:
“Hindistonni tushunishga urinmaslik kerak. Hindiston xuddi ayolga o‘xshaydi: u tushunishni emas, balki qat’iy qo‘llikni talab qiladi."
Inglizlar hindlarda britaniyaliklarga xos uch sifat yetishmaydi deb hisoblashardi: jismoniy kuch, intizom va tashkiliy qobiliyat. Ular bu sifatlarga ega bo‘lmaguncha, ularga bolalardek munosabatda bo‘lish kerak edi: qat’iy, ammo adolatli tarzda, kuch namoyish etgan holda. Buni qo‘zg‘olondan keyin lord George Curzon amalga oshirgan deb tasvirlashgan. Shundan so‘ng savdogarlar va do‘konlar Hindistoni o‘rniga harbiy paradlar Hindistoni va The Lives of a Bengal Lancer filmidagi “uch bengal ulanlari” obrazi paydo bo‘ladi; filmda bosh rolni Douglas Fairbanks Jr. ijro etgan.
Darhaqiqat, Hindiston inglizlar tiklagan birlik orqali erkinlikka intilgan sari, inglizlar bengalliklar bilan marathilarni, musulmonlar bilan hindularni, sikxlar bilan rajputlarni yanada keskinroq ajrata boshlashdi. Albatta, ular musulmonlarga ma’lum darajada ustunlik berishardi, chunki ularni Hindistonda hukmronlik qilish borasidagi o‘z salaflari deb bilishardi.
“Ular (musulmonlar) otni juda yaxshi minishardi va poloni a’lo darajada o‘ynashardi” - deb yozgan Arthur Steele o‘z hikoyalarida.
Yana ham diqqatga sazovor jihat shundaki, garchi buyuk qo‘zg‘olon tashkilotchilari hindular bo‘lgan bo‘lsa-da, ingliz hikoyalarida aynan musulmonlar doimo faol harakat qiluvchi insonlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ingliz tasavvurida hind, ayniqsa bengallik, ishonib bo‘lmaydigan sust va passiv mavjudot sifatida gavdalanadi. Rudyard Kipling novellasida
muhim vazifa topshirilgan bengallik ilk tahdiddayoq qochib ketadi — u xavf oldida o‘zini boshqara olmaydigan shaxs sifatida tasvirlanadi.”
Davomi bor...
Kanalga obuna bo‘ling
🖌@Sharqshunos_tarixchi











