💙 ISSN (International Standard Serial Number)
ISSN bu ilmiy jurnal uchun beriladigan noyob raqamdir.
U jurnalni xalqaro miqyosda tanib olish va rasmiy ro‘yxatga olish uchun xizmat qiladi.
ISSN mavjud bo‘lsa, jurnal ishonchli va tartibga solingan nashr ekanini bildiradi.
📌 ISSN ni tekshirish uchun sayt:
https://portal.issn.org/🔗 DOI (Digital Object Identifier)
DOI bu maqola yoki ilmiy ish uchun beriladigan doimiy raqamli identifikator.
DOI orqali maqolani internetda oson topish, iqtibos keltirish va havola berish mumkin.
DOI mavjud maqolalar yo‘qolib ketmaydi va xalqaro bazalarda tan olinadi.
📌 DOI ni tekshirish uchun sayt:
https://www.crossref.org/📈 Impact Factor (IF)
Impact Factor jurnal maqolalariga qanchalik ko‘p iqtibos berilganini ko‘rsatadi.
IF yuqori bo‘lsa, jurnalning ilmiy nufuzi va ta’siri ham yuqori hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich mualliflar uchun jurnal sifatini baholashda muhim ahamiyatga ega.
📌 IF ni tekshirish uchun sayt:
https://journalseeker.researchbib.com/📊 Impact Factor (IF) qanday hisoblanadi?
Impact Factor ma’lum bir yil uchun oldingi 2 yilda chop etilgan maqolalarga nechta iqtibos berilganiga qarab hisoblanadi.
🧮 Formula:
IF = (iqtiboslar soni) / (maqolalar soni)
Qisqacha
⚡️ ISSN jurnalning rasmiyligini,
⚡️ DOI maqolaning topilishi va iqtiboslanishini,
⚡️ Impact Factor esa jurnal nufuzini ta’minlaydi.
✨
👥Kanalimiz: