1/4“ENG KITOBXON MAKTAB”
TANLOVI
📚Dehqonobod tumanida “Eng kitobxon maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 77-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘zlarining bilim va salohiyati, ijodkorligi hamda kitobga bo‘lgan yuksak mehrini namoyon etib, faol ishtirok etdilar!
Maktabimiz jamoasi tomonidan tayyorlangan ajoyib va mazmunli videorolik o‘quvchilarimizning izlanuvchanligi, keng dunyoqarashi va ijodiy yondashuvini yorqin aks ettirdi.
📖O‘quvchilarimizning bilimi, intilishi va ijodiy salohiyati tahsinga loyiq! Ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi, bilimga chanqoqligi va faol ishtiroki barchamizga faxr bag‘ishlaydi.
Bilimdon va tashabbuskor o‘quvchilarimizga kelgusi tanlovlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
@dehqonobod_77maktab
#Eng_kitobxon_maktab








