
➕ E-Huquqshunos mobil ilovasida hujjatlarni E-IMZO orqali imzolash imkoniyati qo‘shildi
📱 Endilikda “E-huquqshunos” mobil ilovasida tizimda yaratilgan arizalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningiz orqali E-IMZO bilan imzolashingiz mumkin.
🔑 Buning uchun “Profil” bo‘limida “E-IMZO kalitlarini boshqarish” menyusi orqali ERI kalitingizni ilovaga biriktirishingiz kerak.
✍ Hujjatni imzolash uchun “Bo‘limlar” menyusidan "Mening arizalarim" bo'limiga o'ting, sizga kerakli hujjatni ochib, “Imzolash” tugmasini bosing. Hujjatga QR kod tushirilgach, yana “Imzolash” tugmasini bosib, amalni tasdiqlang. Shundan so‘ng E-IMZO oynasida kalitingizni tanlab, “IMZOLASH” tugmasini bossangiz kifoya.
💡 Kalit qo‘shishda “Parolni saqlash” belgisini yoqib qo‘ysangiz, keyingi safar parolni qayta kiritish talab etilmaydi.
✔ Ushbu imkoniyat hujjatlarni kompyutersiz ham, istalgan joyda tez va qulay imzolashga yordam beradi.
👍 "E-huquqshunos" elektron tizimi bo'yicha barcha o‘zgarishlardan xabardor bo'lish uchun @e_huquqshunos_rasmiy kanaliga obuna bo'ling!
😁 “Unicon Soft” kompaniyasiga doir muhim yangiliklarni @uniconsoft kanalidan o‘qishingiz mumkin. o‘qishingiz mumkin.









