✅ 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!
✅ Sana munosabati bilan viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan taklif etilgan soha faxriylari, jurnalistlar, matbuot kotiblari, matbaachilar, blogerlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, tadbir qatnashchilarini kasb bayramlari bilan samimiy tabrikladi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish, xalqimizga xolis va haqqoniy axborot yetkazishdagi munosib xizmatlari uchun sohaning bir guruh fidoyilari viloyat hokimining Faxriy yorlig‘i va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm.uz |
Facebook |
Telegram |
Instagram|
Youtube