"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ Telegram channel photo

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️

@ilovetiiamePublic Channel

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti | Rasmiy • youtube.com/@TIIAME • instagram.com/tiiameofficial • twitter.com/tiiameofficial • www.tiiame.uz @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot

598

Last views

8.5k (8,486 subscribers)
Üyeler
—
Rating
60
Total Posts
Oct 20, 2026, 5:22 AM
Güncellendi
Mar 26, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel Name"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️
Username@ilovetiiame
CategoryHacking Araçları
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler8,486
Channel TypePublic Channel
Created26 Mar 2026
Last Updated20 Eki 2026 • evvelsi gün
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#219615-37
Dil Sıralaması
#1963+4
Kategori Sıralaması
#3389-4

Üye Büyümesi

Toplam: 8.5K30 Days growth: -220.3%
09/2009/2509/3010/0510/1010/1510/19
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
20:09:20268,508
21:09:20268,508
22:09:20268,508
23:09:20268,508
24:09:20268,511
25:09:20268,511
26:09:20268,511
27:09:20268,511
28:09:20268,511
29:09:20268,511
30:09:20268,511
01:10:20268,511
02:10:20268,511
03:10:20268,511
04:10:20268,511
05:10:20268,511
06:10:20268,511
07:10:20268,511
08:10:20268,511
09:10:20268,511
10:10:20268,511
11:10:20268,511
12:10:20268,484
13:10:20268,484
14:10:20268,484
15:10:20268,484
16:10:20268,484
17:10:20268,484
18:10:20268,484
19:10:20268,486
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:20267,149
Week of 30:03:20267,177
Week of 06:04:20267,188
Week of 13:04:20267,146
Week of 20:04:20267,117
Week of 27:04:20267,117
Week of 04:05:20267,293
Week of 11:05:20267,293
Week of 18:05:20267,293
Week of 25:05:20267,390
Week of 01:06:20267,390
Week of 08:06:20267,452
Week of 15:06:20267,452
Week of 22:06:20267,436
Week of 29:06:20267,436
Week of 06:07:20267,436
Week of 13:07:20267,404
Week of 20:07:20267,406
Week of 27:07:20267,402
Week of 03:08:20267,402
Week of 10:08:20267,527
Week of 17:08:20267,527
Week of 24:08:20268,071
Week of 31:08:20268,371
Week of 07:09:20268,371
Week of 14:09:20268,508
Week of 21:09:20268,511
Week of 28:09:20268,511
Week of 05:10:20268,511
Week of 12:10:20268,484
Week of 19:10:20268,486
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
March 20267,149
April 20267,117
May 20267,390
June 20267,436
July 20267,402
August 20268,071
September 20268,511
October 20268,486
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20268,486

Son Yazılar

Photo
#ochiq_dars

“Texnlogik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi sizni “Sug'orish tizimlarini avtomatlashtirish” fanidan tashkil etiladigan ochiq darsga taklif etadi!

Mavzu: “Автоматизированные поливные модули в интеграции оросительной сети”

👨‍🏫 Ochiq darsni olib boradi:
Usmanov Aziz Magdaliyevich — “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi mudiri, t.f.n. professor.
📅 Sana: 2026-yil 19-oktabr
⏰ Vaqt: 14:30
📍 Manzil: V-bino, 502-auditoriya


Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni ochiq darsda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

🖥 Zoom: https://us05web.zoom.us/j/7215933818?pwd=DQQxZbopyqlvXyt3rsSjsPwRjy2Vky.1

📝Konferensiya ID: 721 593 3818
🔑Kirish kodi: 1111

😄''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
598003
Photo
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida Yoshlar yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 17-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetida “Yoshlar yetakchisi saylovi - 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda faol talabalar ishtirok etdi. Saylov fakultet dekan o‘rinbosarining kirish so‘zi bilan boshlandi. Unda yoshlarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda talabalar manfaatlarini himoya qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Saylovda 4 nafar nomzod ishtirok etib, o‘z dasturlari, kelgusidagi rejalari va tashabbuslarini taqdim etdi. Saylov jarayoni adolat, shaffoflik va teng imkoniyat tamoyillari asosida tashkil etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 25-01-guruh talabasi Shermatov Bobur Istam o‘g‘li fakultet Yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Tadbir yakunida g‘olib nomzodga fakultet rahbariyati tomonidan “Ishonch yorlig‘i” tantanali ravishda topshirildi. Yangi saylangan Yoshlar yetakchisiga bildirilgan ishonchni oqlash, talabalar manfaatlarini munosib ifodalash hamda fakultet hayotida yangi tashabbuslarni amalga oshirish yo‘lida muvaffaqiyatlar tilamiz.
Mazkur saylov talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida hamjihatlik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Yangi saylangan Yoshlar yetakchisini tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

1️⃣YOSHLAR ITTIFOQI🇺🇿
2️⃣YOSHLAR ITTIFOQI🇺🇿
858004
Photo
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Yer resurslari va kadastr fakultetiining talaba qizlari istiqomat qilayotgan 2-sonli talabalar turar joyida «Qiz bola — jamiyat tayanchi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Yer resurslari va kadastr fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi  Z. Xafizova hamda universitet psixologi D. Yusupova ishtirok etib, talaba qizlar bilan samimiy muloqot olib bordilar.
Uchrashuv davomida qizlarning jamiyat hayotidagi o’rni, ularning ma’naviy kamoloti, ta’lim-tarbiyasi, mustaqil fikrlashi va kelajakda munosib o’rin egallashi kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi. SHuningdek, qizlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yish va ularga erishishda qat’iyatli bo’lishning ahamiyati ta’kidlandi.
Universitet psixologi D. Yusupova tomonidan talaba qizlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, turli hayotiy vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilish, o’z-o’ziga ishonchni oshirish va o’zaro hurmatga asoslangan munosabatlarni shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Qizlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Tadbir samimiy va do’stona ruhda o’tib, talaba qizlarda o’z kelajagiga ishonch, yuksak maqsadlar sari intilish va jamiyatda faol o’rin egallashga bo’lgan rag’batni oshirishga xizmat qildi.
Zero, bilimli, ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan va tashabbuskor qizlar — oila farovonligi, jamiyat taraqqiyoti va mamlakat kelajagining mustahkam tayanchidir.

😄''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
1,140002
Photo
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Ekologiya va huquq" fakultet tyutori X.Saidova boshchiligida universitetning 8-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba - qizlar ishtirokida "Kitob - mening eng yaqin do'stim" mavzusida "Zakovat" intellektual o'yin o'tkazildi. 
Tadbir oxirida g'oliblar aniqlanib, ularga estaliq sovgalar tagdim etildi.
🫥🫥🫥🫥🫥

Under the leadership of Kh. Saidova, a tutor at the Faculty of Ecology and Law of the National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers," an intellectual game titled "The Book is My Best Friend" was held with the participation of female students living in dormitory No. 8 of the university.
At the end of the event, the winners were determined and presented with commemorative gifts.

😄''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
1,040002
Photo
Talabalar xavfsizligi va yashash sharoitlari doimiy e’tiborda!

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti tyutori Turg‘unova Maftuna tomonidan 1-bosqichning ijara xonadonlarida yashovchi talabalari holidan xabar olindi.
Tashrif davomida kunlarning sovishi munosabati bilan talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlardagi isitish tizimi hamda tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish holati o‘rganildi.
Talabalarga gaz jihozlaridan foydalanishda ehtiyot choralariga rioya qilish, xonalarni xavfsiz isitish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi.

😄''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
1,270001
Video
ArcGIS Desktop dasturida professional mutahassis bo'lishni xoxlaysizmi?

✅Kursda quyidagilarni o'rganasiz:
🔸Vazirlik va idoralardan olinadigan turli formatdagi ma'lumotlarni tekshirish, tahlil qilish va tozalash;
🔸Koordinatalar bilan chuqurroq ishlash;
🔸Ma'lumotlar bazasini yaratish;
🔸SasPlaneta va Google Earth bilan ishlash;
🔸ArcCatalog ilovasi to'liqligicha o'rgatish;
🔸Vektor va Raster ma'lumotlar bilan ishlash;
🔸ArcMap ilovasida mustaqil ishlar orqali har hil xaritalar tayyorlash;
🔸ArcMap ilovasidagi Toolbox funksiyasini 50 dan oshiq instrumentlarini ishlata olish.

🎯 Eng asosiysi: Har bir o‘quvchi o‘zining yo‘nalishi (Gidrologiya, Kadastr, Ekologiya, Qishloq xo‘jaligi, Geologiya va h.k.) bo‘yicha shaxsiy loyihasi va xaritasini tayyorlab chiqadi!

Quruq nazariya yo'q, faqat 100% amaliyot va konkret natija!

Offlayn kurs boshlanish sanasi: 1-oktyabr 2026-yil.
Offlayn kursda jami 10 ta o'quvchi qabul qilinadi.
Aloqa uchun: +998 90 176 55 96
Telegram: https://t.me/Bogbekov

😁''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,610002
Photo
Ayni paytda “Oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qanday imtiyozlar bor?” mavzusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari bilan ochiq chat bo‘lib o‘tmoqda.

🧑🏻‍🎓Suhbat davomida yaqinda OTTga o‘qishga kirgan nogironligi bo‘lgan talabalar uchun ta’lim olish jarayonida belgilangan imtiyozlar:

🔹Nogironligi bor talabalar uchun yotoqxonalarga joylashishda imtiyozlar;

🔹Nogironligi bor talabalar uchun ustamali stipendiya;

🔹Sizdan kelib tushgan boshqa savollarga ham javob beriladi.

Ovozli chat qo‘shilish:
👉 https://t.me/huquqplus

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1,310000
Photo
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 1-bosqich talabalari uchun “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi faoliyati hamda o‘quv-laboratoriya bazasi bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga kafedraning faoliyat yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, mutaxassislik fanlari va kasbiy kompetensiyalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, zamonaviy laboratoriya stendlari, avtomatlashtirish vositalari va nazorat-o‘lchov asboblari namoyish etilib, ularning ishlash prinsiplari tushuntirildi.
💬 Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob va zarur tavsiyalar oldilar.

😁''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,610003
Photo
🌟 “KELAJAK YOSHLARI” XALQARO TANLOVI

“New talents” Xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodini keng targ‘ib qilish maqsadida 25–27-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Kelajak yoshlari” xalqaro tanlovi o‘tkaziladi.

👥 Ishtirokchilar: 3 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan yoshlar.

🏆 Tanlov ishtirokchilarini mahalliy va xorijiy yetakchi mutaxassislar baholaydi.

✨ Tanlov doirasida mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar ham tashkil etiladi.

👉 https://disk.yandex.uz/d/7qMvD72uxozmnw

📢 Aziz talaba-yoshlar! O‘z iste’dodingizni namoyon etish va xalqaro tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

📍 Toshkent shahri | 25–27-sentabr
1,340002
Photo
🎮 DOTA 2 BO‘YICHA JAMOA YIG‘ILMOQDA!

Kibersportga qiziqadigan "TIQXMMI" MTU talabalari orasidan DOTA 2 bo‘yicha jamoa shakllantirilmoqda.

🏆 Musobaqa: 12–14-oktabr
📍 Manzil: Cyberium Elite Game Club
⏳ Jamoa shakllantirish muddati: 15-sentabrgacha
DOTA 2 o‘ynaydigan va jamoaga qo‘shilishga qiziqadigan talabalarni kutamiz!


📩 Murojaat uchun: https://t.me/Anvar_Abduhakimov
1,360003
Photo
Ilmiy izlanish sari ilk qadam!

2026-yil 11-sentabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan joriy o‘quv yilida ish faoliyatini boshlagan yangi o‘qituvchilar uchun akademik yozuv va ilmiy nashrlar bo‘yicha metodik almashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalari, ilmiy maqola va dissertatsiya o‘rtasidagi farqlar, OAK maqolalari, referativ maqolalar hamda nufuzli jurnallarni tanlash mezonlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, maqolani jurnalga yuborish va nashr ettirish jarayoni, H-index ko‘rsatkichini oshirish hamda ilmiy faoliyat samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir yangi o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqishini oshirish va xalqaro ilmiy maydonda samarali faoliyat yuritishlari uchun muhim qadam bo‘ldi.

😁''TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,710004
Photo
«ТИҚХММИ» Миллий тадқиқот университети Иқтисодиёт факультетида профессор-ўқитувчилар ва ходимлар иштирокида «Киберхавфсизлик ва маълумотлар махфийлигини сақлаш, ахборот алмашиш маданияти» мавзусида профилактик учрашув ўтказилди.

Унда университет ректори маслаҳатчиси Анвар Абдсаматов иштирок этиб, киберҳужумлар, кибержиноятлар ва ахборот хавфсизлигига таҳдидлар ҳақида маълумот берди.

Учрашувда шахсий ва хизмат маълумотларини ҳимоя қилиш, шубҳали ҳавола ва хабарлардан эҳтиёт бўлиш, ижтимоий тармоқлардан хавфсиз фойдаланиш ҳамда киберфирибгарликларнинг олдини олиш бўйича амалий тавсиялар берилди.

Шунингдек, иштирокчиларнинг саволларига жавоблар берилиб, рақамли муҳитда ахборот хавфсизлиги қоидаларига риоя қилиш муҳимлиги таъкидланди.


—
https://tiiame.uz/ | https://www.facebook.com/profile.php?id=1000799219970 | http://instagram.com/mirzaev_bakhadir/ | https://t.me/BakhadirMirzaev | http://youtube.com/channel/UCIrMePmoTFMcukceTOAI_Ow/about
1,360004
Toshkent shahridagi oliygohlarda yangi o‘quv yilidan darslar soat 08:00 da boshlanadi

Yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o‘quv mashg‘ulotlari soat 08:00 da boshlanadi.

Oliy ta’lim vazirligining ma’lum qilishicha, bu tartib – poytaxtda ertalabki va kechki tig‘iz vaqtlarda yo‘llardagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan.

😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
2,1400051
Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Mustaqillik35 #Uzb35

🏅 MUNOSIB E’TIROF!

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Roʻzimurat Kungratovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak mukofot olimning yurt taraqqiyoti, islohotlar samaradorligini oshirish, yoshlarni ilm-ma’rifatga yo‘naltirish yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda Yangi O‘zbekiston ravnaqiga qo‘shib kelayotgan munosib hissining yuksak e’tirofidir.

Hurmatli Roʻzimurat Kungratovich!
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz ravnaqi, ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin. Kelgusidagi ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi-yangi zafarlar tilaymiz!

🎉 Mukofotingiz muborak bo‘lsin, ustoz!

😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,8100028
Photo
Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini saqlash-muhim vazifa

Joriy yilning 27-avgust kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Gidrotexnika qurilishi fakulteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokida “Kiberxavfsizlik va ma’lumotlar maxfiyligini saqlash, axborot almashish madaniyati” mavzusida jamoa yig‘ilishi tashkil etildi.
Tadbirda Universitet rektor maslahatchisi A.Abdusamatov,  Ichki ishlar mas’ul xodimi F.Xamidov hamda Gidrotexnika qurilishi fakulteti dekani L.Babajanovlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida bugungi raqamli muhitda kiberxavfsizlikni ta’minlash, shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarni himoya qilish, internet hamda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirning asosiy mavzularidan biri ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali sodir etilayotgan kiberfiribgarlik holatlari bo‘ldi. Ishtirokchilarga so‘nggi davrda keng tarqalayotgan firibgarlik usullari, soxta havolalar, shubhali xabarlar, qalbaki akkauntlar hamda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga qaratilgan turli usullar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, noma’lum manbalardan kelgan havolalarni ochmaslik, shubhali fayllarni yuklab olmaslik, begona shaxslarga login, parol, bank karta ma’lumotlari va tasdiqlash kodlarini bermaslik zarurligi ta’kidlandi.
Mutaxassislar tomonidan kiberhujum va firibgarlik holatlaridan himoyalanishning amaliy usullari ham tushuntirildi. Jumladan, murakkab parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiyani yoqish, akkauntlar xavfsizlik sozlamalarini muntazam tekshirish va shubhali faoliyat aniqlanganda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda nafaqat texnik himoya, balki axborot almashish madaniyati masalasi ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Xizmatga oid hujjatlar, universitet va fakultet faoliyatiga tegishli ma’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlar hamda boshqa maxfiy axborotlarni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda ehtiyotsizlik bilan tarqatish turli xavflarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.

Tadbir yakunida fakultet professor-o‘qituvchilari va xodimlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, axborot xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish hamda internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar https://t.me/Gidrotexnika_uz

😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,700005
Photo
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.

📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar https://t.me/kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.

✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;

🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.

➡️ https://docs.google.com/document/d/1cohEs8fG4tPmJc7zgHX--l15oPCP8udu/edit?usp=sharing&ouid=116626773679525368685&rtpof=true&sd=true
https://drive.google.com/file/d/1hGNQpsYeYWKXWKwJIXyGQmdXhnZz9f1_/view?usp=sharingKitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
1,170001
Photo
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti professori, texnika fanlari doktori, Buxoro viloyari hokimining ilmiy maslahatchisi Imomov Shavkat Jahonovich O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil, 25-iyundagi Farmoniga, asosan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot olimning yurt taraqqiyoti, islohotlar samaradorligi, yoshlarni ilm izlashdagi mashaqqatli mehnatlari hamda Yangi O'zbekiston ravnaqiga qo'shib kelayotgan munosib hissaga yuksak e'tirof va ishonchdir.

Ustoz yurtimiz ravnaqi yo'lida fidokorona mehnatingiz bardavom bo'lib, yutuqlaringiz yanada ulug' bo'lsin.

😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,9500017
⚡️Kontraktni 4 qismga bo'lib to'lash mumkin: shartlari va muddatlari haqida

✔️Har yili toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini bir yil davomida 4 qismga boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.

Bunda muddatlar quyidagicha:

25% ni — 1-kursga tavsiya etilganlar 15-sentyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
50% ni — 2025-yil 1-yanvargacha;
75% ni — 2025-yil 1-martgacha;
100% ni — 2025-yil 1-maygacha.

❗️Eslatma: to’lov muddatlari uzaytirilishi ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan holatlarda OTM rektorlari belgilaydi.

🔰 Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari va nodavlat oliygohlar kontrakt narxlari va toʻlash muddatlarini mustaqil tarzda belgilaydi.

Joriy yilda birinchi kursga qabul qilingan talabalar va yuqori kurs talabalari kontrakt to'lovi uchun https://kontrakt.edu.uz/ sayti orqali ariza yuboradi.
https://t.me/eduuz😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,980003
Photo
Xalqaro konferensiya!

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati barcha soha mutaxassislari, professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda magistrantlarni nufuzli xalqaro anjumanga taklif etadi!

📌 Konferensiya mavzusi: “Xalq soʻzi” va “Народное слово” fenomeni: milliy jurnalistikada institutsional kuch va professional mezonlar maktabi”

📥 Maqolalarni qabul qilish oxirgi muddati: 2026-yil 10-sentyabr;

🌐 Tillar: oʻzbek, rus, ingliz tillari;

📧 Maqolalarni va toʻldirilgan talabnomani quyidagi elektron manzillardan biriga yuborishingiz soʻraladi:
Email: [email protected]
Telegram: https://t.me/qabuln1

📞Maʼlumot va aloqa uchun tel:
• Akram Xamraqulov: +998 50 979 00 24

📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy.

https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/| http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
597002
Video
#bitiruvchilar_fikri

Mamanbek Reimov "TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti bitiruvchisi.

😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
1,0400013
Photo
ПАХТА ТЕРИМИ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК: МЕХАНИЗАТОРЛАР УЧУН ЎҚУВ-СЕМИНАРИ ЎТКАЗИЛДИ

Оққўрғон тумани Толовул МФЙ ҳудудида жойлашган Илғор касбий маҳорат техникуми биносида 2026 йилги пахта йиғим-терим мавсумида иштирок этадиган пахта териш машиналари механизатор ва операторларининг касбий малакасини оширишга қаратилган ўқув-семинари бўлиб ўтди.

Семинар Ўзбекистон Республикаси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Қишлоқ хўжалиги вазирлиги билан ҳамкорликда ташкил этилган бўлиб, унда Тошкент вилояти ҳокимининг қишлоқ ва сув хўжалиги масалалари бўйича биринчи ўринбосари Хуршид Қорабоев, вилоят Қишлоқ хўжалиги бошқармаси бошлиғи ўринбосари Равшан Норбўтаев, туман ҳокимликларининг қишлоқ хўжалиги масалалари бўйича масъуллари, механизатор ва операторлар ҳамда соҳа мутасаддилари иштирок этди.

Йиғилишда вилоят ҳудудларида пахта терими мавсумида фойдаланиладиган замонавий пахта териш машиналарини бошқарадиган мутахассисларни тайёрлаш, уларнинг амалий ва назарий билимларини ошириш, техникалардан самарали ҳамда хавфсиз фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.

Таъкидланганидек, айни пайтда вилоятда 80 дона “БАШИРАН”, 25 дона “ФМВОРД” ва 25 дона “КЕЙС” русумли пахта териш машиналари мавжуд бўлиб, уларда ишлайдиган механизатор ва операторларнинг малакасини ошириш мавсумни уюшқоқлик билан ўтказишда муҳим аҳамият касб этади.

Ўқув курси 5 кун давом этади. Унда иштирокчиларга пахта териш техникасини бошқариш, техник хизмат кўрсатиш, иш жараёнида хавфсизлик қоидаларига риоя қилиш ва замонавий технологиялардан самарали фойдаланиш бўйича назарий ҳамда амалий машғулотлар ўтказилади.

Шунингдек, ўқув жараёнига Тошкент ирригация ва мелиорация институтидан Худоёров Бердирасул Мирзаевич жалб этилган бўлиб, иштирокчилар ўзларини қизиқтирган саволларга мутахассисдан жавоб олиш имкониятига эга бўлдилар.
Курс якунида белгиланган талабларни муваффақиятли ўзлаштирган иштирокчиларга махсус сертификатлар топширилади.

Мазкур семинардан кўзланган асосий мақсад — пахта терими мавсумини сифатли ва уюшқоқлик билан ўтказиш, терим техникасидан унумли фойдаланиш ҳамда малакали механизаторлар захирасини шакллантиришдан иборат.

✍️Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш 👉 😎 https://t.me/oqqorgon_hokimligi 😎 https://www.instagram.com/botir_boybotaev?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== 🌐 https://www.facebook.com/groups/640619256475780/?ref=share_group_link 😎 https://youtube.com/@oqqorgondanimagaplar?si=MB58NUrzBf8Ns1z2 🕸 https://www.oqqorgon.uz/pdetail/hotin-izlar-bandligi-tuman-okimi-etiborida
828003
Photo
📢 🟦🟦 Psixologik yordam va qo‘llab-quvvatlash liniyasi
Hurmatli talaba-qizlar va universitetimiz xotin-qizlari!

Hayotda har birimiz ruhiy ko‘mak, maslahat yoki shunchaki bizni eshitadigan inson yordamiga ehtiyoj sezishimiz tabiiy holat.
Endilikda siz “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti Xotin-qizlar psixologi Yusupova Dilafruz Xasanova bilan maxsus https://t.me/tiiame_psych_bot orqali doimiy va tezkor bog‘lanishingiz mumkin.

MUHIM ESLATMA: Bot orqali yo‘llangan barcha murojaatlar, suhbatlar va shaxsiy ma’lumotlaringiz SIR SAQLANADI (ANONIMLIK KAFOLATLANADI). Sizning shaxsingiz yoki muammongiz uchinchi shaxslarga hech qachon oshkor etilmaydi.

🤖 Bot orqali quyidagi masalalarda murojaat qilishingiz mumkin:
🚀Ruhiy tushkunlik, stress yoki xavotirlik hissi;
🚀O‘qish va moslashish jarayonidagi qiyinchiliklar;
🚀Shaxsiy va oilaviy munosabatlardagi muammolar;
🚀Raqamli yoki ruhiy zo‘ravonlik holatlarida ko‘mak olish;
🚀O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish va ruhiy muvozanatni tiklash.

📲 Psixolog bilan bog'lanish uchun bot: https://t.me/tiiame_psych_bot

O‘zingizni va ruhiy salomatligingizni asrang! Biz har doim sizga yordam berishga tayyormiz.

😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:
991003

Showing 30 of 60 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ Telegram kanalı ne hakkında?+

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ (@ilovetiiame), tgdio üzerinde Hacking Araçları kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 8.486 abonesi var.

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ (@ilovetiiame) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @ilovetiiame abonesi olun.

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ iyi bir Hacking Araçları kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce "TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 8.486 abonesi var. Benzer Hacking Araçları kanallarla karşılaştırın.

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari✍️ istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @ilovetiiame sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.