#2026_2027OʻquvYili
2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: muhim sanalar va vazifalar belgilandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 21-avgustdagi 356-son buyrug‘i bilan ta’lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qator vazifalar belgilandi.
📌 “Dolzarb qirq kunlik”
Joriy yilning 20-avgustidan 30-sentyabrigacha bo‘lgan davr oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish, ularni turar joy bilan ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida “Dolzarb qirq kunlik” etib belgilandi.
📖 2026/2027-o‘quv yili:
🔹 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
🔹 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan boshlanadi.
💳 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
Talabalikka tavsiya etilgan shaxslarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda to‘lagunga qadar farmoyish asosida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat beriladi.
👩🎓 1-bosqich talabalari uchun
Yangi o‘quv yili doirasida:
▪️ talabalarni tantanali kutib olish;
▪️ “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi;
▪️ “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlarini samarali tashkil etiladi.
🇺🇿 “Mustaqillik darslari”
Sentyabr oyida ta’lim tashkilotlarida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” bo‘lib o‘tadi.
Darslar doirasida jadidlik harakati namoyandalari va qatag‘on qurbonlariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uch avlod uchrashuvlari, viktorina va ko‘rik-tanlovlar hamda sport musobaqalari o‘tkaziladi.
🗓 Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari oldiga o‘quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini shakllantirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar bilan ta’minlash hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.
✅ Barchaga yuboring👇
⭕️
@Jahon_tillari_UzSWLU