🇺🇿🇷🇺13 mart kuni O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha Ishchi guruhning 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hamraislik qildi.
✍️ 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8,4% oshib, $13 mlrdga yetdi. O‘zbekiston mahsulotlari eksporti 12,2% o‘sib, $4,4 mlrd tashkil etdi. 2026-yil yanvar oyida o‘zaro savdo hajmi 37% oshib, $1,1 mlrdga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $293,1 mlnga ko‘pdir.
🟠Yig‘ilish doirasida savdo-iqtisodiy, sanoat, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi, shuningdek 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini bir necha barobar oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi.
🟠Shuningdek, Toshkent shahrida Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filialini tashkil etish loyihasini amalga oshirishda erishilgan ijobiy siljishlar alohida qayd etildi. Mazkur loyiha xalqaro savdo sohasida malakali kadrlar tayyorlashni rivojlantirishga qaratilgan.
🟠Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni jadallashtirish hamda tegishli vazirlik va idoralar darajasida muntazam hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
——
🇺🇿🇷🇺 13 марта состоялось 5-е заседание Рабочей группы по увеличению товарооборота между Узбекистаном и Россией под председательством Министра инвестиций, промышленности и торговли Республики Узбекистан Лазиза Кудратова и Министра экономического развития Российской Федерации Максима Решетникова.
✍️ По итогам 2025 года товарооборот между странами достиг $13 млрд, увеличившись на 8,4%. Экспорт узбекской продукции вырос на 12,2% и составил $4,4 млрд. По итогам января 2026 года объём взаимной торговли увеличился на 37% и достиг $1,1 млрд, что на $293,1 млн больше аналогичного периода прошлого года.
🟠В рамках заседания рассмотрены актуальные вопросы развития торгово-экономического, промышленного, энергетического и аграрного сотрудничества, а также определены дополнительные меры по расширению взаимодействия и кратному увеличению взаимной торговли к 2030 году.
🟠Отдельно отмечен прогресс в реализации проекта по созданию филиала Всероссийской академии внешней торговли в городе Ташкенте, направленного на развитие подготовки кадров в сфере международной торговли.
🟠По итогам встречи стороны договорились ускорить реализацию достигнутых договорённостей и продолжить регулярное взаимодействие на уровне профильных министерств и ведомств.
——
🇺🇿🇷🇺 On March 13, the 5th meeting of the Working Group on Increasing Trade Turnover between Uzbekistan and Russia was held under the co-chairmanship of Laziz Kudratov, Minister of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan, and Maxim Reshetnikov, Minister of Economic Development of the Russian Federation.
✍️ By the end of 2025, trade turnover between the two countries reached $13 billion, increasing by 8.4 percent. Exports of Uzbek products grew by 12.2%, reaching $4.4 billion. In January 2026, mutual trade increased by 37%, reaching $1.1 billion, which is $293.1 million higher than in the same period of the previous year.
🟠Within the framework of the meeting, the parties discussed key issues related to the development of trade, economic, industrial, energy and agricultural cooperation, and identified additional measures to expand interaction and significantly increase bilateral trade by 2030.
🟠Special attention was also given to the progress in implementing the project to establish a branch of the Russian Foreign Trade Academy in Tashkent, aimed at developing professional training in the field of international trade.
🟠Following the meeting, the parties agreed to accelerate the implementation of the agreements reached and continue regular cooperation at the level of профильные ministries and agencies.
◽️
https://www.facebook.com/miit.uz ◽️
https://www.instagram.com/mift.uz/ ◽️
https://www.linkedin.com/company/ministry-of-investments-industry-and-trade-of-the-republic-of-uzbekistan ◽️
https://x.com/MIIT_Uz