🐈⬛ ARAB DAVLATLARI: ULAR QAYERDA JOYLASHGAN VA POYTAXTLARI QAYSI?
Bugungi kunda dunyoda 22 ta arab davlati mavjud bo‘lib, ular Osiyo va Afrika qit'alarida joylashgan. Ushbu davlatlar Arab davlatlari ligasiga a’zo hisoblanadi.
Arab dunyosi Atlantika okeanidan Fors ko‘rfazigacha, O‘rta yer dengizidan Hind okeanigacha bo‘lgan ulkan geografik hududni qamrab oladi.
🟢 I. OSIYODA JOYLASHGAN ARAB DAVLATLARI (12 TA)
🇸🇦 1. Saudiya Arabistoni
Poytaxti: Ar-Riyod
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, Arabiston yarimoroli.
🇦🇪 2. Birlashgan Arab Amirliklari
Poytaxti: Abu-Dabi
🗺 Joylashuvi: Arabiston yarimorolining janubi-sharqi, Fors ko‘rfazi sohillari.
🇶🇦 3. Qatar
Poytaxti: Doha
🗺 Joylashuvi: Arabiston yarimorolining sharqi, Fors ko‘rfazidagi yarimorol.
🇰🇼 4. Quvayt
Poytaxti: Al-Quvayt
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, Fors ko‘rfazining shimoli-g‘arbiy sohili.
🇧🇭 5. Bahrayn
Poytaxti: Manama
🗺Joylashuvi: Fors ko‘rfazidagi orollar davlati, Saudiya Arabistonining sharqida.
🇴🇲 6. Ummon
Poytaxti: Maskat
🗺 Joylashuvi: Arabiston yarimorolining janubi-sharqi, Arabiston dengizi va Ummon ko‘rfazi sohillari.
🇾🇪 7. Yaman
Poytaxti: San’o
🗺 Joylashuvi: Arabiston yarimorolining janubi, Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi sohillari.
🇮🇶 8. Iroq
Poytaxti: Bag‘dod
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, Mesopotamiya tarixiy mintaqasi.
🇸🇾 9. Suriya
Poytaxti: Damashq
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, O‘rta yer dengizining sharqiy qismi.
🇯🇴 10. Iordaniya
Poytaxti: Ammon
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, Arabiston yarimorolining shimoli-g‘arbiy qismi.
🇱🇧 11. Livan
Poytaxti: Bayrut
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, O‘rta yer dengizining sharqiy sohili.
🇵🇸 12. Falastin
Poytaxti: Sharqiy Quddus (da’vo qilingan), Ramalloh (ma’muriy markaz).
🗺 Joylashuvi: G‘arbiy Osiyo, O‘rta yer dengizining sharqiy mintaqasi.
🟢 II. AFRIKADA JOYLASHGAN ARAB DAVLATLARI (10 TA)
🇪🇬 13. Misr
Poytaxti: Qohira
🗺 Joylashuvi: Afrikaning shimoli-sharqi. Sinay yarimoroli Osiyoda joylashgan.
🇱🇾 14. Liviya
Poytaxti: Tripoli
🗺 Joylashuvi: Shimoliy Afrika, O‘rta yer dengizining janubiy sohili.
🇹🇳 15. Tunis
Poytaxti: Tunis
🗺 Joylashuvi: Shimoliy Afrika, O‘rta yer dengizi sohillari.
🇩🇿 16. Jazoir
Poytaxti: Jazoir
🗺 Joylashuvi: Shimoliy Afrika, Mag‘rib mintaqasi.
🇲🇦 17. Marokash
Poytaxti: Rabot
🗺 Joylashuvi: Afrikaning shimoli-g‘arbi, Atlantika okeani va O‘rta yer dengizi sohillari.
🇲🇷 18. Mavritaniya
Poytaxti: Nuakshot
🗺 Joylashuvi: Afrikaning shimoli-g‘arbi, Atlantika okeani sohillari va Sahroi Kabirning g‘arbiy qismi.
🇸🇩 19. Sudan
Poytaxti: Xartum
🗺 Joylashuvi: Afrikaning shimoli-sharqi, Nil daryosi havzasi va Qizil dengiz sohillari.
🇸🇴 20. Somali
Poytaxti: Mogadisho
🗺 Joylashuvi: Sharqiy Afrika, Afrika shoxi, Hind okeani va Adan ko‘rfazi sohillari.
🇩🇯21. Jibuti
Poytaxti: Jibuti
🗺Joylashuvi: Sharqiy Afrika, Qizil dengiz va Adan ko‘rfazi tutashgan hudud.
🇰🇲 22. Komor orollari
Poytaxti: Moroni
🗺 Joylashuvi: Hind okeani, Mozambik bo‘g‘ozining shimoliy qismi, Madagaskar yaqinida.
😎
Telegram 😎
Instagram