👏👏👏👏
✅ «NamDU ilmiy axborotnomasi» jurnalining 2026-yil 8-soni (avgust) uchun maqolalar qabuli boshlandi!
👍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining qarori bilan Namangan davlat universitetining “NamDU ilmiy axborotnomasi-Научный вестник НамГУ” jurnali 2019-yildan boshlab quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
https://oak.uz/userfiles/files/Perechen-2019.pdfga kiritilgan:
🔺 01.00.00 – Fizika-matematika fanlari;
🔺 02.00.00 – Kimyo fanlari;
🔺 03.00.00 – Biologiya fanlari;
🔺 09.00.00 – Falsafa fanlari;
🔺 10.00.00 – Filologiya fanlari;
🔺 13.00.00 – Pedagogika fanlari.
💠 DIQQAT! Jurnal talablari yangilandi.
2026-yil 7-sonidan boshlab jurnal xalqaro standartlarga o'tdi.
Hurmatli mualliflar, maqola yuborishdan oldin quyidagi yangiliklar bilan tanishib chiqing:
✅IMRAD strukturasi — maqolalar endi xalqaro tuzilma asosida qabul qilinadi: Kirish → Adabiyotlar tahlili → Tadqiqot metodologiyasi → Natijalar va tahlil → Xulosa.
✅ORCID majburiy — har bir muallif o'zining ORCID identifikatorini ko'rsatishi shart. ORCID raqamingiz bo'lmasa,
http://orcid.org/ saytidan bepul oling (5 daqiqa vaqt oladi).
✅Ikki adabiyotlar ro'yxati — «Foydalanilgan adabiyotlar» (asl alifboda) va «References» (lotin transliteratsiyasida). References — maqolangizning xalqaro «pasporti»: u tufayli sitatalaringiz Scopus va Google Scholar tizimlarida hisobga olinadi.
✅ Maqola hajmi — kamida 10 bet (3500–4000 so'z), tahliliy ma'lumotlar, jadval va diagrammalar bilan.
✅ Annotatsiya — 100–250 so'z, kalit so'zlar 5–8 ta (o'zbek, rus va ingliz tillarida).
✅ Mualliflar bayonotlari — mualliflar hissasi, manfaatlar to'qnashuvi va moliyalashtirish manbai ko'rsatiladi (mavjud bo'lsa).
🫥 Texnik talablar: Times New Roman, 14 pt, interval 1,15; hoshiyalar: yuqori/past — 2 sm, chap — 3 sm, o'ng — 1,5 sm; xatboshi — 1,25 sm.
👨💻 Jurnal saytida ham yangilanish!
🔻
https://journal.namdu.uz/ saytidagi «Maqola yuborish» bo'limi yangilandi.
🚨 Endi maqola yuborishda quyidagi ma'lumotlar onlayn shaklda kiritiladi:
🔴 Muallif(lar)ning
http://F.I.SH/. va ish joy(lar)i — har bir hammuallif uchun alohida («+ Muallif qo'shish» tugmasi orqali);
🔴 Maqola mavzusi — 3 tilda (o'zbek, rus, ingliz);
🔴 Ilmiy identifikatorlar — ORCID, Scopus Author ID, ResearcherID;
🔴 Annotatsiya — 3 tilda;
🔴 Kalit so'zlar — 3 tilda;
🔴Taqriz fayli (PDF) va maqola fayli (DOC/DOCX) alohida yuklanadi.
🔘 Yuqoridagi ma'lumotlarni oldindan tayyorlab oling — shunda forma to'ldirish 5 daqiqadan oshmaydi. ORCID majburiy, Scopus Author ID va ResearcherID esa mavjud bo'lsa kiritiladi.
💻Maqolalar faqat
https://journal.namdu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.
📨Maqola yuborish tartibi:
1️⃣OneID orqali shaxsiy kabinetga kiring;
2️⃣«Maqola yuborish» bo'limini tanlang;
3️⃣Forma maydonlarini to'ldiring (mavzu, mualliflar, annotatsiya, kalit so'zlar — 3 tilda);
4️⃣Taqriz (PDF) va maqola (DOCX) fayllarini yuklang;
5️⃣ «Maqolani yuborish» tugmasini bosing va natijani shaxsiy kabinetda kuzating;
6️⃣Taqrizdan muvaffaqiyatli o'tgan va to'lov xabarnomasi (kvitansiyasi) biriktirilgan maqolalar 5 ish kuni ichida jurnalning rasmiy saytida e'lon qilinadi.
🔎 Barcha maqolalar taqrizdan (peer review) o'tkaziladi. Talablarga javob bermaydigan yoki sayt orqali yuborilmagan maqolalar ko'rib chiqilmaydi.
🗓 Maqolalar qabuli muddati: 2026-yil 8-soni (avgust) uchun maqolalar 26-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi (ushbu muddat platformaning ish faoliyatiga qarab uzaytirilishi mumkin).
📝 To'liq talablar, axborot xati va maqola namunasi:
https://journal.namdu.uz/info-letter/25Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🌐
🌐
http://journal.namdu.uz/https://t.me/ilmiy_axborotnomabot