So‘nggi oylar davomida BYD Uzbekistan Factory’ning 2024–2025-yillardagi xaridlarini o‘rgandim. Qariyb 300 ta shartnoma va yuzlab tovar pozitsiyalarini ko‘rib chiqdim, narxlar, texnik xususiyatlar, yetkazib beruvchilar, import, sud hujjatlari va umuman elektron do'kon tizimini tahlil qildim.
Ayrim xaridlarda mahsulot nomi, markasi yoki artikuli bir tovarni, texnik xususiyatlari esa boshqa mahsulotni ko‘rsatadi. Ayrim holatlarda esa narxlar va xarid mexanizmi bo‘yicha savollar paydo bo‘ladi.
Bu ish bir necha oy vaqtimni oldi va shu davrda Gazna’ning deyarli to‘xtab qolishiga ham asosiy sabab bo‘ldi.
Surishtiruvda BYD xaridlaridagi aniq misollar, elektron do‘kon mexanizmi va bu holatlar raqobatga qanday ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatishga harakat qildim. Bu surishtiruv oqibatida tizim shaffoflik tomonga yana bir qadam tashlaydi degan umiddaman.
👉 BYD Uzbekistan Factory xaridlarida raqobat cheklanyaptimi?
https://tanga.uz/news/1739
@gazna1





![[НАБОР] L LAWLIET [daily+cf] Telegram channel](https://cdn.tgdio.com/channels/2026/04/llawlietcf.webp)




