Ravshan Haqmurod Telegram channel photo

Ravshan Haqmurod

@ravshan_haqmurodPublic Channel

Ravshan Haqmurod she'rlari

RomanlarTürkçeTürkiye

665

Last views

2.6k (2,590 subscribers)
Üyeler
—
Rating
41
Total Posts
Oct 23, 2026, 3:13 AM
Güncellendi
Apr 9, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameRavshan Haqmurod
Username@ravshan_haqmurod
CategoryRomanlar
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler2,590
Channel TypePublic Channel
Created9 Nis 2026
Last Updated23 Eki 2026 • 2 saat önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#238323-62
Dil Sıralaması
#2098+2
Kategori Sıralaması
#2418-2

Üye Büyümesi

Toplam: 2.6K30 Days growth: +150.6%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20262,575
24:09:20262,575
25:09:20262,575
26:09:20262,575
27:09:20262,575
28:09:20262,575
29:09:20262,575
30:09:20262,575
01:10:20262,575
02:10:20262,575
03:10:20262,575
04:10:20262,575
05:10:20262,575
06:10:20262,575
07:10:20262,575
08:10:20262,575
09:10:20262,575
10:10:20262,575
11:10:20262,575
12:10:20262,575
13:10:20262,575
14:10:20262,575
15:10:20262,578
16:10:20262,578
17:10:20262,578
18:10:20262,578
19:10:20262,578
20:10:20262,578
21:10:20262,578
22:10:20262,590
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20262,471
Week of 13:04:20262,471
Week of 20:04:20262,471
Week of 27:04:20262,479
Week of 04:05:20262,479
Week of 11:05:20262,467
Week of 18:05:20262,467
Week of 25:05:20262,467
Week of 01:06:20262,467
Week of 08:06:20262,507
Week of 15:06:20262,507
Week of 22:06:20262,507
Week of 29:06:20262,535
Week of 06:07:20262,535
Week of 13:07:20262,535
Week of 20:07:20262,535
Week of 27:07:20262,535
Week of 03:08:20262,603
Week of 10:08:20262,603
Week of 17:08:20262,609
Week of 24:08:20262,590
Week of 31:08:20262,590
Week of 07:09:20262,590
Week of 14:09:20262,575
Week of 21:09:20262,575
Week of 28:09:20262,575
Week of 05:10:20262,575
Week of 12:10:20262,578
Week of 19:10:20262,590
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20262,479
May 20262,467
June 20262,507
July 20262,535
August 20262,590
September 20262,575
October 20262,590
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20262,590

Son Yazılar

Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

18 Eki 2026 21:20

Photo1/2
#EʼLON
(tarqating!)

20-Oktyabr Shoiru sheʼrsevarlar to‘planib ijodiy kecha qilmoqchimiz. Ochiq osmon ostida. Biroz shamol, kuz, til bayrami, yomg‘ir tomchilab bersa yanayam yaxshi...

#Kelish, tinglash, sheʼr o‘qish — hamma uchun OCHIQ, ERKIN.

Shodmonqul Salom,
Madina Norchayeva,
Tillaniso,
Feruza Xayrullayeva,
Nozima Habibullayeva,
Bek Ali
Najmiddin Turon,
Nasrullo Ergash,
Dilmurod Do‘st,
Ravshan Haqmuroq,
Nurmuhammad Abduzoirov,
Suhrob Ziyo,
Xurshid Abdurashid,
Shahriyor Shavkat,
Feruzshoh,
Rashid Xo‘jamov,
Dilmurod,
Mahliyo,
Shahboz Fayzullayev,
Jontemir...

Eslaganimcha yozdim keladigan shoirlarni.
Bu shunday kechaki, kelish majburiy emas. Aslida Navoiy poyida, til bayramida turish shart, lekin sheʼr tabiatidan kelib chiqsak, erkin. Keyin faqat ro‘yxatdagi shoirlar sheʼr o‘qiydi degan gap yo‘q. Istagan odam o‘qishi mumkin.
Mikrafon hamma uchun ishlaydi!

Manzil: Alisher Navoiy metro bekatidan chiqishdagi Navoiy haykali poyi.
Vaqti: 20-oktyabr, soat 18:30
6650043
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

10 Eki 2026 16:25

Photo1/2
#kuz_mushoirasi

***
So‘nggi so‘zin aytgan askarday
Kuzgi bog‘lar shivirlar ma’yus.
Atrof – ruhni yutguday zulmat,
Oy – piligi tugagan fonus.

Ulib chiqar bo‘ri – Isrofil,
Har giyoh, har gulda nadomat.
Dehqon qilar xirmon hisobin,
Demak, kuz ham bitta qiyomat.

Otashparast barglar arvohi
Tutun bo‘lib ko‘kka o‘rlanar.
Qarab-qarab ortiga gohi
Quyosh tomon ketar turnalar.

Ravshan Haqmurod

✅Telegram 🌐Instagram
🌐Veb-sayt ✅Facebook
1,2500039
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

09 Eki 2026 13:07

Yo rabbim oʻzingga yuzlandim bugun
Oʻtinib yolvorlib soʻrayman shuni.
Xoh erta, xoh bugun bitganda kunim,
Qabr azobidan asragin meni…

Goho nolib qoʻydim tadqirdan,
Marhamat qil mendek faqirga.
Aytib qoʻygin Munkar Nakirga…
Qabr azobidan asragin meni…

Loyiqmasman, bu-ku ayon gap,
Sendan oʻzga qochay qayonga.
Chaqtirmagin ilon, chayonga,
Qabr azobidan asragin meni…

Rizqimni butun qil, umrimni uzun,
Yoʻlingga sobit qil, diningda ustun,
Ey Rohman, Ey Rahim, ey yolgʻiz doʻstim,
Qabr azobidan asragin meni…

@Ravshan_Haqmurod
1,6500075
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

07 Eyl 2026 08:41

Бизнинг умримиз узоқ давом этган қатлдир.
Мансур Ҳалложни бир кун ичида қатл қилишган эди, бизларнинг қатлимиз эса бутун умр давом этди.

Бу дунёда қатл кундасидан бошқа нарсани кўрмадик.

Битта жаллод эркимизни қатл этди.
Яна бир жаллод инсонлик ҳақ-ҳуқуқларимиз бўйнига қилич солди.

Жамият, муҳит бизни болаликдан қатлга ҳукм этди.

Қатл бутун умр давом этди.

Биздаги ҳар қандай олижаноб истак, эзгу эътиқод бўлса, тақдир аталмиш жаллод қатл этаверди.

Умримиз муттасил оғриқ, муттасил изтиробдир.

Rahimjon Rahmat
4,5500045
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

28 Ağu 2026 19:52

Ishon, seni juda yaxshi koʻraman,
Garchi yaramadim biror koringga.
Garchi qon kechmadim bobolar kabi,
Ammo shukur deyman, shukur boringga.

Tinmay yuguraman, tashvishim uy-joy,
Chopib yurgandayman qorin dardida,
Ichimni bilmaslar, meni hoynahoy,
Sevmas deb oʻylashar ona yurtini.

Ammo tunlar tinmay xayol suraman,
Goho gʻamdan koʻksim kuyib ketar, voh,
Yurtim, seni juda yaxshi koʻraman,
Bunga faqat yaratgan guvoh.

@Ravshan_Haqmurod
3,95000116
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

15 Ağu 2026 22:15

Agarda birlashsa barcha mazlumlar,
Bolalar o‘lmaydi ochlikdan, o‘qdan.
Kuydirmaydi yozning issig‘i,
Qishda qiynalmaydi sovuqdan.

Agarda birlashsa barcha mazlumlar
Qo‘rqitmas yahudiy, cho‘chitmaydi rus.
Toptalmagay muqaddas tuproq,
Tinchlik bo‘lar, bo‘lmaydi urush.

Agarda birlashsa barcha mazlumlar,
Behuda uqubat chekmas oilangiz.
Mulsima ayollar tutmaydi ketmon,
Dasturxonda bo‘lar yong‘og‘-u mayiz

Bo‘lmasa har kuni to‘kiladi qon,
Yurtma yurt jon saqlab yurarlar sarson,
Agarda birlashsa barcha mazlumlar
To‘raga aylanar ular begumon!

@Ravshan_Haqmurod
5,2000083
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

14 Ağu 2026 10:09

Video
Гар хотин ёмон бўлса...

🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
3,4400029
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

12 Ağu 2026 20:25

Oqshom yulduzlari uyg‘ondi sekin,
Kimgadir dil yorgim kelyapti.
Sababini bilmadim lekin
Pistaliga borgim kelyapti.

Garchi kutmas birorta go‘zal
Yo yelkadosh do‘stim ham yo‘qdir.
Na tuzukroq bog‘ bor u yerda,
Faqat qirlar...  Yelkasi yag‘ir.

U yerlarda tappi bir ne'mat
Suvi sho‘rdir peshonam kabi.
Undan qochib ketmoqlik uchun
O‘n sakkiz yil etgandim sabr.

Nolimayman turmushim go‘zal,
Hosil bo‘ldi bir muncha murod.
Shoir bo‘lib nom topdim elda,
Ataydilar Ravshan Haqmurod

Ammo bu kun baridan kechib
Orqaga yo‘l solgim kelyapti.
O‘n uch yoshli Ravshanjon bo‘lib
Pistalida qolgim kelyapti...

Ps...
Man tug‘ilib o‘sgan qishloqning nomi Pistali!
@Ravshan_Haqmurod
3,3400086
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

08 Ağu 2026 17:43

Oy qulaydi aftoda,
Men qanoti singan qush.
Kofirmakon dunyoda
Hirsga qildim xayr-xoʻsh.

Qalbi muzlar ichida,
Olov boʻldim, chaqnadim.
Vodarigʻ, bu ochunda
Odam izlab charchadim.

@Ravshan_Haqmurod
3,2200073
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

03 Ağu 2026 20:54

Agar xotin yomon boʻlsa
Botirjon Ergashev satri

Gar xotin yomon boʻlsa,
Tam qochadi oshingdan.
Oq tushadi soqolga,
Soch toʻkilar boshingdan.

Na oʻlib oʻlolmaysan,
Na baxtli boʻlolmaysan.
Umring oʻtar paydar-pay,
Hech neni oʻylolmaysan.

Gar xotin yomon boʻlsa,
Suvni kesmaydi soʻzing.
Uzilasan qavmingdan,
Qarodir ikki yuzing.

Yaxshi xotin aytilgan,
Iymoningni yarmi deb.
Yomonichi oʻldirar,
Oʻttizingda umring yeb.

Ammo bundan kuyinma!
Shak keltirmagin gʻaybga,
Shu xotin kafforatdir
Sen qilgan barcha aybga.

@Ravshan_Haqmurod
4,0600083
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

02 Ağu 2026 20:50

Afsuski oramizda ko‘pchilik o‘zi istamagan joyda o‘qib, o‘zi istamagan ishni qilib va o‘zi istamagan odam bilan o‘zi istamagan hayotni yashayapti.

@Ravshan_Haqmurod
3,58000107
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

29 Tem 2026 12:56

Photo1/2
Вақт юзимга тортар тарсаки,
Симиради қонимни шаҳват.
Отам Ато, онам ҳавводан,
Мерос қолган менга бу иллат.

Томиримда оқади шайтон,
Ҳақ ҳурмати сабр қилар руҳ.
Жазабага тушади бундан
Фаришталар уҳ тортади, уҳ!

Жасад осий ноаёндир ғайб,
Шаҳват билан тушаман баҳсга.
Бўйнимдадир отам қилган айб,
Иблис билан тушганман рақсга.

Бу ҳаммаси жуда ҳам чиркин,
Токай юргум хисрнинг измига.
Ҳурлик керак лек бунинг учун,
Озод бўлиш керак жисмимдан.
@Ravshan_Haqmurod
4,4100054
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

26 Tem 2026 00:40

Faqat Haqni oʻyla, haqiqatni ayt,
Talpinma dunyoning oniy baxtiga.
Yoʻqchilik nomusni chetga surgan payt
Umid qil Robbingning saxovatidan!

Faqat haqiqatni kuyla baralla,
Shunda bir kun Jannat boʻladi oshyon.
Qoʻrqma, nari borsa ketadi kallang,
Qoʻrqma, nari borsa oʻlasan, Ravshan!

@Ravshan_Haqmurod
3,6500074
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

26 Tem 2026 00:24

Martabang birovdan koʻp yo
Oz boʻlmaydi jannatda
Na qahraton qish na oʻtli
Yoz boʻlmaydi jannatda.

Hurlar boʻlar muloyim,
Qoʻrs boʻlmaydi jannatda.
Jon jigaring pulni deb
Ters boʻlmaydi jannatda.

Na oshqozon, na tishdan
Arz boʻlmaydi jannatda.
Eng muhimi kredit va
Qarz boʻlmaydi jannatda.

@Ravshan_Haqmurod
5,5500087
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

24 Tem 2026 15:55

Er-xotin urushi — doka roʻmolmas,
Jahon jangidan ham battarroq erur.
Pokiza muhabbat bir chetda qolib,
Shaytoniy tuygʻular kattarib borur.

Farzandlar asabiy va alamzada,
Qurt tushgan mevaday boʻlib yetishgay.
Dunyo torayadi qalbingga oʻxshab,
Makon topilmaydi qochib ketishga.

Jahon janglarida buzilgan yoʻllar Qaytadan tiklanar goʻzal va ravon.
Yetimlikda oʻssa agarda bola,
Koʻngli butlanmaydi aslo, hech qachon.

Jahon janglarida asosan katta
Odamlar Vatan deb jon qilar taslim.
Er-xotin jangida murgʻak bolalar,
Afsus, shu bolalar oʻladi asli.


Ravshan Haqmurod

@Ravshan_Haqmurod
4,1000067
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

15 Haz 2026 21:49

Бувижон кечиргин дайди набиранг,
Ўттиз йил шаҳардан шаҳарга чопди.
На бир оила қуриб элга қўшилди,
На бир машҳур шоир бўлиб ном топди.

Бувижон тушингин қўлларим калта,
Сен айтган ҳовлини қура олмайман.
Тақдирда борини кўряпман бир-бир,
Лек сени кўришга бора олмайман.

Бувижон не қилай руҳим бетизгин,
Балки мерос эрур Ҳаллождан бу ҳол.
Барига қўл силтаб кетай дейману,
Фақат сен ёдимга келасан алҳол.

Бувижон иқрорман ҳамма гапинг рост,
Ношудман,
қўлимдан ҳеч иш келмайди.
Чорак аср яшаб тушунганим шу,
Ҳеч ким мени сендей сева билмайди.

@Ravshan_Haqmurod
4,53000107
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

06 Haz 2026 23:36

Photo1/2
Тупроққа ағанаб тушдим юзтубан,
Тўлғонди тоғу тош, синди тераклар.
Кўзлари чақнаб завқ олиб бундан,
Қаршимда иршайиб турар эрсаклар.

@Ravshan_Haqmurod
4,6300041
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

30 May 2026 18:46

Kattalar yurttuzar, jahongir,
Kattalar dunyoni olmoqda.
"Bolalar lapashang va dovdir,"
Bolalar oʻlmoqda, bolalar.

Kattalar uchmoqda fazoda,
Livanda, Iroqda, Gʻazoda,
Bolalar loyiqdir jazoga,
Bolalar oʻlmoqda, bolalar.

Kattalar olimdir, kimyogar,
Kattalar tengi yoʻq, shifokor,
Bolalar bedavo va bemor,
Bolalar oʻlmoqda, bolalar.

Hamma joy aysh-ishrat, navozish,
Gunohni kattalar qilmoqda.
Bu qanday falokat, qanday ish,
Bolalar oʻlmoqda, bolalar!

Ravshan Haqmurod

@Ravshan_Haqmurod
5,44000115
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

19 May 2026 18:29

Xullas doʻstlar instagramim blokalibdi tiklashga urinib koʻraman, agar ochilmasa yana boshidan boshlaymiz.
Qoʻllab-quvvatlab turasizlar degan umiddamiz.
2,16000101
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

19 May 2026 18:29

Video
Чўлпон, Мухаммад Юсуф каби шоирларимиз ўтиб кетишди, лекин бир чеккаларда уларни ўрнини босадиган издошлари ИЖОД ҚИЛЯПТИ, шоирлик билан қорин тўймаяпти, устачилик сувоқчилик қилишяпти, лекин ижод хам бир четда давом этяпти экан👏

Фақат буларни хозир хеч ким қадрламайди, беъмани бетайин блогер-у артистлар эъзозда хозир, минг афсус

Мана ишонмасангиз шеърларини бир тингланг, яқинларга хам улашинг (Шоир Равшан Хақмурод)

Катталар канали 👉 https://t.me/SHOPIRLAR га обуна бўлинг, зўрлари бизда
2,0100043
Ravshan Haqmurod logo
Ravshan Haqmurod

19 May 2026 18:29

Photo
#yangi_kitob

📖 She’rni his qiladiganlar uchun!

Yangi kitobim to'liq sotuvga chiqdi. Kitobni qanday harid qilishni so'rayotganlar diqqatiga. Toshkent shahrida yashayotganlar o'zimda harid qilishingiz mumkin. Viloyatlarga esa BTS pochtasi orqali yetkazib beriladi. Karta orqali harid qilganlar quyidagi kartaga 5440810015662678 to'lov qilishingiz mumkin. Chekini https://t.me/RavshanHaqmurodov ga yuborib qo'ysangiz kifoya.

Kitob nomi "Hadik"

💰 Narxi: 60 000 so‘m

📞 Buyurtma uchun:
+998 99 898 01 21
6,0000025

Showing 30 of 41 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Ravshan Haqmurod Telegram kanalı ne hakkında?+

Ravshan Haqmurod (@ravshan_haqmurod), tgdio üzerinde Romanlar kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 2.590 abonesi var.

Ravshan Haqmurod (@ravshan_haqmurod) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @ravshan_haqmurod abonesi olun.

Ravshan Haqmurod iyi bir Romanlar kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Ravshan Haqmurod puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 2.590 abonesi var. Benzer Romanlar kanallarla karşılaştırın.

Ravshan Haqmurod istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @ravshan_haqmurod sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.