#Gʻallaorol_tumani
🇺🇿 “ONA TILIM — FAXRIM, G‘URURIM”
📚 G`allaorol tumani 3-son texnikumida 21-oktyabr O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan hamda o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni kuchaytirish maqsadida “Ona tilim — faxrim, g‘ururim” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va beqiyos imkoniyatlari haqida so‘z yuritilib, tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi.
🎤 O‘quvchi-yoshlar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va mazmunli chiqishlar namoyish etilib, tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlandi.
💐 Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi va ma’naviyat ko‘zgusidir! Ona tilimizni sevish, qadrlash va ardoqlash orqali milliy o‘zligimizni asraymiz.
🇺🇿 Ona tilimizning doimo qadri baland bo'lsin.
📱 Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
https://t.me/RMMM_Gallaorol