❓U samimiyatni o'rgatdimi yoki ikkiyuzlamachilikni?
❓Ko'p yillar davomida biz Deyl Karnegining "Do'st orttirish va odamlarga ta'sir etish" asarini muloqot san'atining eng yaxshi kitoblaridan biri deb bilganmiz. U bizga tabassum qilishni, ismlarni eslab qolishni va o'zimizni boshqalarga yoqimli ko'rsatishni o'rgatdi. Bu yomon emas, albatta. Lekin... bir savol beraylik:
🔴 Bu usullar maqsadga erishish vositasimi yoki insoniy munosabatlarning o'zimi?
Everett Shostromning "Anti-Karnegi" kitobi shu nozik chiziqdan o'tadi va Karnegining mashhur maslahatlarini shubha ostiga qo'yadi. Uning asosiy xulosasi shuki, Karnegining yondashuvi, garchi yuzaki yoqimli bo'lsa-da, mohiyatan odamni boshqa shaxs emas, o'z maqsadimizga erishish uchun "vosiita" yoki "qurilma" deb biladi.
⚠️Odam — vosita emas, u shaxs!
Bu kitob sizni ichki dunyongizga nazar solishga va "o'zimizdagi manipulatorni" tan olishga majbur qiladi. Biz qachonlardir quyidagi turlardan biriga aylanganmizmi?
🎭 8 xil manipulator turi:
➡️Diktator: O'z xohishini kuch bilan o'tkazadi.
➡️Ojiz: O'zining zaifligini qurolga aylantiradi.
➡️Kalkulyator: Hammani va hamma narsani nazorat qiladi.
➡️Qaram: Boshqalarning yordamini o'z manfaati uchun ishlatadi.
➡️Xuligan: Qo'rqitish va tajovuz bilan bosim o'tkazadi.
➡️"Yaxshi odam": Haddan tashqari yoqimtoy niqobi ostida boshqaradi.
➡️Sudya: Tanqid va ayblov orqali nazorat qiladi.
➡️Himoyachi: "Yordam berish" bahonasida sizni qaram qiladi.
ℹ️Eng dahshatli haqiqat shundaki, biz hayotimizning turli vaziyatlarida bularning bir nechtasiga aylanishimiz mumkin. Tashqaridan manipulatorni aniqlash oson, ammo o'zimizdagisini tan olish — eng qiyin sinov.
🔍 "Anti-Karnegi" sizga nimani o'rgatadi?
Bu kitob manipulator bo'lishni o'rgatmaydi. Aksincha, u sizni o'zingizni anglashga va "aktualizator" bo'lishga undaydi — ya'ni odamlarni boshqarishga emas, ularni mustaqil shaxs sifatida ko'rishga intiladigan insonga. Kitobning eng katta savoli: "Boshqalarni qanday boshqaraman?" emas, "Qanday qilib haqiqiy o'zim bo'laman?"
💵Narxi: 41.000so'm
🤙Bog'lanish uchun: +998 95 897 54 52
https://t.me/ShefBooks_Admin