1/102026-yil 20-oktabr kuni Ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi talabalarining malakaviy amaliyot bo‘yicha yakuniy himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoyani fakultet dekani Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, dekan o‘rinbosarlari hamda kafedra mudiri ochib berib, talabalarga yakuniy himoyada muvaffaqiyat tiladilar.
Yakuniy himoya davomida talabalar tomonidan malakaviy amaliyot reja-jadvali va dasturida nazarda tutilgan topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilgani, shuningdek, hisobotga oid hujjatlarning o‘z vaqtida va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgani ko‘rib chiqildi.
Malakaviy amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun zarur tajribani egallashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Yakuniy himoya davomida talabalar o‘z faoliyatlari yuzasidan hisobot berib, egallagan bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
📍 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✅ Telegram ✅Telegram









