🔴Toshkent gumanitar fanlar universiteti To’rtko’l kampusining yangi binosi rasman ochildi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayram Perdebaevich Otemuratov va To‘rtko‘l tumani hokimi Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi qad rostlagan Toshkent gumanitar fanlar universitetiga tashrif buyurdilar.
🇺🇿Universitetning rasmiy ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari Bayram Perdebaevich Otemuratov, To‘rtko‘l tumani hokimi Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich hamda universitet rahbariyati tomonidan ramziy lenta qirqilib, Toshkent gumanitar fanlar universitetining yangi binosiga rasman start berildi.
🇺🇿Tadbirda so‘zga chiqqan vazir mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
🇺🇿Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Bayram Perdebaevich Otemuratov o‘z nutqida Qoraqalpog‘iston yoshlariga sifatli oliy ta’lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, yangi universitetning hududdagi ta’lim salohiyatini oshirishdagi ahamiyati hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🇺🇿To‘rtko‘l tumani hokimi Xudaybergenov Ilxomboy Tilavbayevich ham tadbirda so‘zga chiqib, yangi universitetning tuman va hudud yoshlari uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishdagi o‘rnini ta’kidladi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi.
🇺🇿Tashrif chog‘ida vazir universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, zamonaviy o‘quv auditoriyalari, faollar zali, laboratoriyalar, IT xonalari, robototexnika yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan xonalar, axborot-resurs markazi hamda sport maydonlari bilan yaqindan tanishdi.
🇺🇿Universitetning ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, talabalarni amaliy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan imkoniyatlari vazir tomonidan ijobiy baholandi.
🇺🇿Shuningdek, vazir universitet faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik va innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish yuzasidan tavsiyalar va takliflarini bildirdi.
🇺🇿Tashrif yakunida Toshkent gumanitar fanlar universitetida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun sifatli oliy ta’lim olish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallash hamda kelajakda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish uchun muhim imkoniyat ekani ta’kidlandi.
📍
https://maps.google.com/maps?q=41.227208,69.181085&ll=41.227208,69.181085&z=16🤩
https://t.me/tgfu_uzb| 🌐
https://www.instagram.com/reel/Da75wI7sDIH/?igsh=czU1anhmMDAyY3Js https://youtube.com/@tgfuofficial?si=Ai-Bgo7gPgqTDbbL📹
https://youtu.be/Oclv6YrAtoQ?si=nn-FtFQD6vLhKX2Z |
http://tgfu.uz/uz🌐 https://www.facebook.com/share/19N43KRWYU/?mibextid=wwXIfr