
Inson miyasi narxlarni "vakuumda" (alohida) baholay olmaydi. Bizga doim solishtirish uchun ob’ekt kerak. Decoy Effect — bu mijozga uchinchi, mantiqsizroq variantni ko‘rsatish orqali uni qimmatroq mahsulotni sotib olishga undashdir.
Qanday ishlatiladi?
Aytaylik, sizda ikkita variant bor:
- Small: $3
- Large: $7
Ko‘pchilik "menga kichkinasi ham bo‘laveradi" deb $3 likni tanlashi mumkin. Endi o'yinga chalg‘ituvchi variantni qo‘shamiz:
- Small: $3
- Medium (Chalg‘ituvchi variant): $6.5
- Large: $7
Natija:
Mijoz Medium va Large variantlarini solishtiradi: "Atigi $0.5 qo‘shsam, eng kattasini olar ekanman-ku!" deb o‘ylaydi. Bu yerda Medium ($6.5) hech kimga kerak emas, u hech qachon sotilmasligi ham mumkin. Uning yagona vazifasi — $7 lik variantni o‘ta foydali va jozibali ko‘rsatish.
Siz qaysi popcornni olgan bo'lar edingiz? 🍿 Izohlarda narxini yozing!









