⚡️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar:
🔹 Bolalarga ta’lim-tarbiya beradigan barcha pedagog xodimlar doimiy ravishda bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
🔹 Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’tillar beriladi.
🔹 Pedagog xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
🔹 Maktabda o‘rnak ko‘rsatgan pedagog xodimlar rag‘batlantiriladi.
🔹 “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
🔹 O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.
🔹 Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
🔹 Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
🔹 Respublika fan olimpiadasi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarning malaka toifasi bir pog‘ona oshiriladi.
🔹 Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.
🔹 Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi.
🔹 Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz chegirma beriladi.
🔹 O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor.
@tojiyev_info I bilasizmi













