Turkish Lexora Telegram channel photo

Turkish Lexora

@turkishlexoraPublic Channel

Agar bu kanaldan bir manfaat olsangiz, Alloh Taolodan; agar bir xato bo'lsa, kaminayi xodimingizdan deb biling. Taklif va shikoyatlar uchun: @JasurbekRayimov

37

Last views

314 (314 subscribers)
Üyeler
—
Rating
68
Total Posts
Oct 20, 2026, 12:46 PM
Güncellendi
Mar 28, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTurkish Lexora
Username@turkishlexora
Categoryİlham Verici Sözler
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler314
Channel TypePublic Channel
Created28 Mar 2026
Last Updated20 Eki 2026 • dün
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#1359+35
Dil Sıralaması
#27-1
Kategori Sıralaması
#6Değişiklik yok

Üye Büyümesi

Toplam: 31430 Days growth: +239318.7%
09/2109/2610/0110/0610/1110/1610/20
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
21:09:202675
22:09:202675
23:09:202675
24:09:202675
25:09:202670
26:09:202670
27:09:202670
28:09:202670
29:09:202670
30:09:202670
01:10:202670
02:10:202670
03:10:202670
04:10:202670
05:10:202670
06:10:202670
07:10:202670
08:10:202670
09:10:202670
10:10:202670
11:10:202670
12:10:2026314
13:10:2026314
14:10:2026314
15:10:2026314
16:10:2026314
17:10:2026314
18:10:2026314
19:10:2026314
20:10:2026314
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 23:03:202676
Week of 30:03:202676
Week of 06:04:202676
Week of 13:04:202677
Week of 20:04:202682
Week of 27:04:202682
Week of 04:05:202682
Week of 11:05:202680
Week of 18:05:202680
Week of 25:05:202683
Week of 01:06:202693
Week of 08:06:202687
Week of 15:06:202687
Week of 22:06:202682
Week of 29:06:202682
Week of 06:07:202682
Week of 13:07:202679
Week of 20:07:202679
Week of 27:07:202680
Week of 03:08:202680
Week of 10:08:202679
Week of 17:08:202679
Week of 24:08:202679
Week of 31:08:202678
Week of 07:09:202678
Week of 14:09:202675
Week of 21:09:202670
Week of 28:09:202670
Week of 05:10:202670
Week of 12:10:2026314
Week of 19:10:2026314
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
March 202676
April 202682
May 202683
June 202682
July 202679
August 202679
September 202670
October 2026314
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
2026314

Son Yazılar

Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

08 Eki 2026 16:00

Video
🇹🇷Turk tilida bitta fe’l — bir nechta ma’no!

Masalan, “çekmek” fe’lini faqat “tortmoq” deb bilsangiz, bu video siz uchun 😄
Kontekstga qarab bu fe’lning ma’nosi butunlay o‘zgarishi mumkin.

Videoni oxirigacha ko‘ring va siz bilmagan ma’no qaysi ekanini izohda yozing 👇

Turk tilini shunchaki yodlab emas, tushunib o‘rganamiz! 🇹🇷

📌Foydali bo‘lsa, saqlab qo‘ying va turk tili o‘rganayotgan do‘stingizga yuboring.


@dream_language
37002
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

02 Eki 2026 11:02

Günaydın deyishga ham uyaladi odam...
89003
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

26 Eyl 2026 18:59

🇹🇷 TURK TILI KURSI Yangi guruhga qabul boshlandi. 📅 Start: 29-sentyabr 🗓 Darslar: Seshanba • Payshanba • Shanba ⏰ Vaqt: 18:00 👥 Guruhda faqat 12 kishi bo‘ladi. Joylar cheklangan. Ulgurib qoling. 📩 Ro‘yxatdan o‘tish: @dreaml_admin
126001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

26 Eyl 2026 18:58

🇹🇷 TURK TILI KURSI

Yangi guruhga qabul boshlandi.

📅 Start: 29-sentyabr
🗓 Darslar: Seshanba • Payshanba • Shanba
⏰ Vaqt: 18:00
👥 Guruhda faqat 12 kishi bo‘ladi.
Joylar cheklangan.
Ulgurib qoling.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish: @dreaml_admin
123001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

25 Eyl 2026 08:10

🇹🇷 BUNI KO‘PCHILIK TURK TILINI O‘RGANAYOTGANDA ADASHTIRADI!

“Çalışmak” so‘zi faqat “ishlamoq” degani emas. 👀

📌 Çalışıyorum.
— Ishlayapman.

📌 Türkçe çalışıyorum.
— Turk tilini o‘rganyapman / Turk tilidan shug‘ullanyapman.

📌 Sınava çalışıyorum.
— Imtihonga tayyorlanyapman.

📌 Ders çalışıyorum.
— Dars qilayapman.

Demak, çalışmak = ishlamoq deb yodlab olish yetarli emas. Kontekstga qarab ma’nosi o‘zgaradi. 🔥

🧠 Kichik challenge:

“Men ertaga imtihonga tayyorlanaman” gapini turkchaga tarjima qiling.

👇 Javobingizni izohga yozing — tarjimon ishlatmasdan!

Agar shunday foydali, real turk tili kontentlari kerak bo‘lsa, kanalga obuna bo‘ling va postni saqlab qo‘ying. 🇹🇷

@TurkishLexora
111000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

22 Eyl 2026 15:53

📖 Kuning so'zlari: Hissiyotlar

😊 Mutlu — Baxtli
😢 Üzgün — Xafa
😡 Kızgın — Jahli chiqqan
😴 Yorgun — Charchagan
😍 Aşık — Oshiq
💬 Jumla ichida:
— Bugün çok mutluyum! (Bugun juda baxtliman!)
— Neden üzgünsün? (Nega xafasan?)

🎯 Mashq: Hozir o'zingiz qanday holatdasiz? Yuqoridagi so'zlardan foydalanib, izohlarda turkcha yozib ko'ring!
📌 @TurkishLexora
89000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

18 Eyl 2026 10:35

🇹🇷 KUNLIK DARS — Turkcha So'z: "Keyif" ☕️

Ma'nosi: zavq, yaxshi kayfiyat, rohatlanish hissi ✨. Bu — turk tilida kundalik nutqda juda faol qo'llaniladigan, boshqa tillarga bir so'z bilan tarjima qilib bo'lmaydigan tushunchalardan biri.
📖 Qo'llanilishi:

1️⃣ Keyfin nasıl? — "Kayfiyating qanday?"
Nasılsın? so'zidan ko'ra samimiyroq va iliq murojaat shakli.
2️⃣ Keyfine bak! — "O'zingga zavq qil / Xotirjam bo'l"
3️⃣ Keyif yapmak — dam olib rohatlanmoq 🌊
Misol: Sahilde keyif yapıyorum. — "Men sohilda dam olyapman."
4️⃣ Keyifsiz — kayfiyatsiz, o'zini yomon his qiluvchi
5️⃣ Keyifli — kayfiyatli, xushchaqchaq
📝 Grammatika izohi:
Turk tilida -siz qo'shimchasi biror xususiyatning yo'qligini, -li esa mavjudligini bildiradi. Ushbu qolip ko'plab otlarga tatbiq etiladi:
🔸 şeker (shakar) → şekersiz (shakarsiz) / şekerli (shakarli)
🔸 tuz (tuz) → tuzsuz (tuzsiz) / tuzlu (tuzli)
💡 Amaliyot uchun: Kayfiyatingiz haqida so'rashganda, quyidagicha javob berib ko'ring:
"Keyfim yerinde!" — "Kayfiyatim ajoyib!"
━━━━━━━━━━━━━━━

🎁 BONUS TIP:
Bir so'zni yodlashning eng samarali usullaridan biri — uning "oilasidagi" so'zlarni, ya'ni ot, sifat va fe'l shakllarini birga o'rganishdir. Bu miyada so'zlar orasida bog'liqlik hosil qiladi va esda qolishni osonlashtiradi. Mana "keyif" so'zining oilasi:
📌 Ot: keyif — zavq, kayfiyat
📌 Sifat: keyifli — kayfiyatli / keyifsiz — kayfiyatsiz
📌 Fe'l: keyiflenmek — kayfiyati ko'tarilmoq, xursand bo'lmoq
Misol: Bu haber üzerine çok keyiflendi. — "Bu xabardan u juda xursand bo'ldi."
Keyingi safar yangi so'z uchrasa — shunga o'xshash oilasini ham qidirib ko'ring! 🔍
━━━━━━━━━━━━━━━
📌 @TurkishLexora
111000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

17 Eyl 2026 23:53

Siz so'z yodlashda qanday texnikadan foydalanasiz ?
Bir kommentlarda yozinglarchi.
88000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

16 Eyl 2026 10:26

Photo
🇹🇷 Reklamaning qimmatini qildik)

Shukurki, darslarimizni ham boshladik!
Hozirda qabullar ochiq.

Xullas, barchangizni markazimizda kutib qolamiz! 🇹🇷❤️

📩 Batafsil ma’lumot: @dreaml_admin
103008
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

12 Eyl 2026 21:38

🇹🇷 TURK TILIDA TABIIYROQ GAPIRISH UCHUN 5 TA IFODA

Turk tilida grammatik jihatdan to‘g‘ri gapirishning o‘zi yetarli emas. Kundalik suhbatlarda ishlatiladigan tabiiy iboralarni ham bilish kerak 👇

🔹 Ne demek? — Arzimaydi / Hechqisi yo‘q

«Teşekkür ederim. — Ne demek!»

🔹 Olur. — Bo‘ladi / Mayli

«Yarın saat 5'te buluşalım mı?
— Olur.»

🔹 Fark etmez. — Farqi yo‘q

«Çay mı, kahve mi istersin?
— Fark etmez.»

🔹 Aynen. — Xuddi shunday / To‘g‘ri

«Bu film gerçekten çok güzel.
— Aynen!»

🔹 Boş ver. — Qo‘yaver / E’tibor berma

«Yine geç kaldım.
— Boş ver, önemli değil.»

💡 Bonus:
“Tamam”ni har doim ishlatish o‘rniga olur, peki, aynen, sorun değil kabi iboralarni qo‘llasangiz, nutqingiz ancha tabiiy eshitiladi.

📌 Shunday foydali turk tili materiallari uchun: @TurkishLexora
91000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 21:31

🇹🇷 TURK TILIDA “BILMAYMAN” DEYISHNING 7 XIL USULI
Turk tilida “bilmayman” faqat Bilmiyorum emas! Vaziyatga qarab quyidagi iboralarni ham ishlatishingiz mumkin 👇
🔹 Bilmiyorum.
— Bilmayman.
🔹 Bilmiyorum ki.
— Bilmayman-ku / Qayerdan bilay?
🔹 Hiçbir fikrim yok.
— Umuman tasavvurim yo‘q.
🔹 En ufak bir fikrim yok.
— Hech qanday tasavvurim yo‘q.
🔹 Nereden bileyim?
— Qayerdan bilay?
🔹 Ben ne bileyim?
— Men qayerdan bilay?
🔹 Bana sorma, ben de bilmiyorum.
— Mendan so‘rama, men ham bilmayman. 😄
📌 Eslab qoling:
Bilmiyorum → oddiy
Hiçbir fikrim yok → kuchliroq
Nereden bileyim? → tabiiy, norasmiy
Ben ne bileyim? → biroz keskinroq
💡 Til o‘rganishda faqat tarjimani emas, iborani qaysi vaziyatda ishlatishni ham o‘rganing!

❤️ Shunday foydali turkcha postlar ko‘proq bo‘lishini istasangiz, reaksiya qoldiring!
@TurkishLexora
86001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

🇹🇷 BIR TURKCHA SO‘Z — BIR NECHTA O‘ZBEKCHA MA’NO! 🤯

Turk tilida shunday so‘zlar borki, bitta so‘z turli vaziyatlarda butunlay boshqa ma’noni anglatishi mumkin. Bugun shunday so‘zlardan birini ko‘rib chiqamiz. 👇

🔥 “ÇEKMEK” — faqat “tortmoq” emas!

1️⃣ Tortmoq
👉 Kapıyı çekme!
— Eshikni tortma!

2️⃣ Suratga olmoq 📸
👉 Fotoğraf çekmek istiyorum.
— Suratga olmoqchiman.

3️⃣ Azob chekmoq
👉 Çok sıkıntı çekti.
— U juda ko‘p azob chekdi.

4️⃣ Pul yechmoq 💳
👉 Bankadan para çektim.
— Bankdan pul yechdim.

5️⃣ E’tiborini tortmoq 👀
👉 Bu konu çok dikkat çekti.
— Bu mavzu katta e’tibor tortdi.

6️⃣ Chekish 🚬
👉 Sigara içiyor musun?
— Chekasanmi?

Bu yerda çekmek so‘zi sigaret bilan bog‘liq boshqa birikmalarda ham uchrashi mumkin, lekin kundalik turk tilida “sigaret chekmoq” uchun odatda sigara içmek ishlatiladi.

📌 XULOSA:
Turk tilida so‘zni alohida yodlashdan ko‘ra, uni birikma va kontekst bilan o‘rganish ancha samarali.

❌ çekmek = tortmoq deb yodlab qo‘ymang.

✅ fotoğraf çekmek
✅ sıkıntı çekmek
✅ para çekmek
✅ dikkat çekmek

Shunda so‘zning haqiqiy “xazinasi” ochiladi. 🧠🇹🇷

🔥 Shunaqa foydali turk tili kontentlari uchun kanalga qo‘shiling:

👉

📌 Saqlab qo‘ying — keyin kerak bo‘lib qolishi mumkin!
77000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

🇹🇷 TURK TILIDAN SERTIFIKATGA TAYYORLANAYAPSIZMI? UNDA GRAMMATIKANI E’TIBORSIZ QOLDIRMANG! 📚

Sertifikat imtihonida grammatikadan yuqori natija olish uchun qoidalarni shunchaki yodlab olish yetarli emas. Muhimi — ularni tushunish va gapda to‘g‘ri qo‘llay olish. 🎯

🔹 1. Qo‘shimchalarni puxta o‘rganing
Turk tilida qo‘shimchalar juda muhim. Ayniqsa, kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini yaxshilab mustahkamlang.

🔹 2. Fe’l zamonlarini aralashtirmang
-yor, -di, -miş, -ecek, -ir kabi shakllarning ma’nosi va qo‘llanishidagi farqlarni aniq biling.

🔹 3. Shart va istak mayllarini takrorlang
-sa/-se va -a/-e shakllari imtihonda ko‘p uchraydi. Ularning ma’nosi va qo‘llanish holatlarini alohida mashq qiling.

🔹 4. Fe’l nisbatlarini farqlashni o‘rganing
Edilgen, ettirgen, dönüşlü va işteş fe’llarini bir-biridan ajrata olishga e’tibor bering.

🔹 5. Bog‘lovchi va murakkab gaplarni mashq qiling
çünkü, fakat, ancak, rağmen, -dığı için, -mesine rağmen, -meden önce kabi tuzilmalarni gaplarda qo‘llashni o‘rganing.

🔹 6. Har kuni test ishlang 📝
Faqat qoida o‘qish bilan cheklanib qolmang. Test ishlang, xatolaringizni tahlil qiling va noto‘g‘ri javoblaringizni alohida yozib boring.

🔹 7. Grammatikani KONTEKSTDA o‘rganing
Har bir yangi qoidaga kamida 3–5 ta o‘zingizning gapingizni tuzing. Shunda grammatika yodlangan qoida emas, haqiqiy ko‘nikmaga aylanadi. 💯

📌 ESLAB QOLING:
Sertifikatga tayyorgarlikda grammatika — qoidalarni yodlash emas, ularni to‘g‘ri qo‘llash mahorati.

Grammatikangiz qanchalik mustahkam bo‘lsa, testdagi ko‘plab savollar shunchalik oson ko‘rinadi. 🔥

📥 Saqlab qo‘ying va turk tilini o‘rganayotgan do‘stlaringizga yuboring!

🇹🇷 Turk tilini o‘rganamiz. Birgalikda yuqori natijaga erishamiz!

✅
68001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

Photo
5 çocuk babası Cristiano Ronaldo: "Daha fazla çocuk sahibi olmaya asla hayır demem."
85000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

— “Hayat kısa.”
— “Benimki kısa değil, boş.”
135002
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

Photo
#Chet_tili_malaka_imtihoni

📢 DIQQAT, E'LON!

🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi

😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi:

🇬🇧 Ingliz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇫🇷 Fransuz tili
🇹🇷 Turk tili
🇸🇦 Arab tili

📝 Ro‘yxatdan o‘tish:

🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — http://my.gov.uz/ orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi.

📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz.

📍 Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi.

👨‍💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
https://t.me/BaholashUz | https://www.facebook.com/dtmuzb/ | https://instagram.com/dtmuzb/ | https://www.youtube.com/@BaholashUz
124000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

🚀 Kichik xashar bor. 😊

Shu kanal rivoji uchun yordamingiz kerak.

Maqsad — 100 ta obunachi. Agar shu marraga birga yetsak, minnatdorchilik sifatida pullik paketini random 2 nafar obunachiga 100% chegirma (ya'ni bepul) taqdim qilaman. 🎁

Bir-ikki do'stingizga ulashsangiz, katta yordam bo'ladi. Oldindan rahmat! 🤝

👉 👈
97001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

11 Eyl 2026 10:06

Photo
🧿 Turklarning "Nazar Boncuğu"ga ishonishi qayerdan kelgan?

🇹🇷 Nazar boncuğu — Turkiyaning eng mashhur ramzlaridan biri. Bu ko‘k rangli ko‘z shaklidagi tumor qadimiy Anadolu va O‘rta Yer dengizi xalqlarining "yomon ko‘z" (hasad va salbiy nazar) haqidagi e'tiqodidan kelib chiqqan.

Ko‘pchilik uni hasad va yomon nazardan himoya qiladi, deb ishonadi. Bugungi kunda turklar uni uy, mashina, ish joyi va taqinchoqlarda keng qo‘llashadi. Ammo uning himoya kuchi ilmiy jihatdan isbotlanmagan, u asosan xalq e'tiqodi va Turkiya madaniyatining bir qismi hisoblanadi.

Siz-chi, nazar boncuği haqida bilarmidingiz? 👀
118002
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

10 Eyl 2026 21:54

🇹🇷 TURK TILIDA KO‘P CHALKASHADIGAN 5 TA SO‘Z

Turk tilini o‘rganayotganda ba’zi so‘zlar juda oson ko‘rinadi, lekin ularni noto‘g‘ri ishlatib yuborishadi. 👀
1️⃣ Fark etmek — payqamoq, anglamoq
Bir şey fark ettim.
Bir narsani payqadim.
2️⃣ Karar vermek — qaror qilmoq
Üniversiteye gitmeye karar verdim.
Universitetga borishga qaror qildim.
3️⃣ Merak etmek — qiziqmoq, bilishni xohlamoq
Seni merak ettim.
Sendan xavotir oldim / Seni o‘ylab qoldim.
4️⃣ Özlemek — sog‘inmoq
Seni çok özledim. ❤️
Seni juda sog‘indim.
5️⃣ Alışmak — ko‘nikmoq
Yeni hayatıma alışıyorum.
Yangi hayotimga ko‘nikyapman.
💡 Bonus: Turk tilida fe’llarni alohida emas, birikma sifatida yodlash juda foydali.
Masalan:
❌ sadece karar
✅ karar vermek
❌ sadece merak
✅ merak etmek
Shunday qilsangiz, gap tuzish ancha osonlashadi. 🚀


Agar shunday kundalik hayotda eng ko‘p ishlatiladigan turkcha iboralar kerak bo‘lsa, reaksiyangiz bilan qo‘llab-quvvatlang. ❤️
🇹🇷 @TurkishLexora
86002
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

09 Eyl 2026 21:37

🇹🇷 BUNI TURKCHADA QANDAY AYTISHADI? 🤔
🇺🇿 “Mayli, o‘zing bilasan.”
Ko‘pchilik buni so‘zma-so‘z tarjima qilib yuboradi. Ammo tabiiy turkchada:
🇹🇷 “Tamam, sen bilirsin.” ✅
🗣 Misol:
— Bu akşam sinemaya gidelim mi? 🎬
— Ben gelemem, çok işim var.
— Tamam, sen bilirsin. 😌
📌 Ma’nosi:
“Mayli, o‘zing bilasan.” / “Xo‘p, o‘zing hal qil.”
🔥 Bonus: Yana tabiiyroq variant:
“Sen bilirsin.” — “O‘zing bilasan.”
Turk tilida hamma narsani so‘zma-so‘z tarjima qilish shart emas. Tabiiy gapirish — alohida mahorat! 🇹🇷

❤️ Agar sizga shunday kundalik va foydali turkcha iboralar yoqsa, reaksiyangiz bilan qo‘llab-quvvatlang!
📌 Reaksiyalar ko‘p bo‘lsa, bu seriyani davom ettiramiz. 😉
👉 @TurkishLexora
71001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

08 Eyl 2026 22:26

🔮 “Ertaga boraman”, “keyin qilaman”, “bir kun kelaman” — bularni turk tilida qanday aytamiz?

Bugun Gelecek Zaman — ya’ni turk tilidagi kelasi zamonni o‘rganamiz. 🇹🇷

📌 Asosiy qoida

Fe’l + -acak / -ecek + shaxs qo‘shimchasi

🔹 a, ı, o, u → -acak
yap → yapacak
oku → okuyacak

🔹 e, i, ö, ü → -ecek
gel → gelecek
gör → görecek

Fe’l unli bilan tugasa, y qo‘shiladi:

«oku + yacak → okuyacak
bekle + yecek → bekleyecek»

👤 Shaxslar

gelmek →

- Ben geleceğim
- Sen geleceksin
- O gelecek
- Biz geleceğiz
- Siz geleceksiniz
- Onlar gelecekler

❌ Inkor

-ma/-me + -acak/-ecek

«gelmeyeceğim — kelmayman
gitmeyecek — bormaydi
çalışmayacağız — ishlamaymiz»

❓ So‘roq

mı / mi / mu / mü alohida yoziladi:

«Gelecek misin? — Kelasanmi?
Yarın çalışacak mısın? — Ertaga ishlaysanmi?
Bizi bekleyecek mi? — U bizni kutadimi?»

🗣️ Tabiiy gaplar

«Yarın görüşeceğiz. — Ertaga ko‘rishamiz.
Ne zaman geleceksin? — Qachon kelasan?
Bir gün Türkiye'ye gideceğim. — Bir kuni Turkiyaga boraman.
Merak etme, her şey güzel olacak. — Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi.»

🎯 Yodlab oling:

gel + ecek + im → geleceğim
oku + yacak + sın → okuyacaksın
yap + acak + ız → yapacağız

🇹🇷 Turk tilini bosqichma-bosqich o‘rganmoqchi bo‘lsangiz:

👉 @TurkishLexora
82001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

01 Eyl 2026 09:22

Bugün özgürce nefes alabiliyorsak, bu özgürlüğün değerini bilmek hepimizin sorumluluğudur.

🇺🇿 Bağımsızlığımız daim olsun!

Ülkemizde barış, gökyüzümüzde huzur, halkımızın kalbinde umut hiç eksilmesin.
Özbekistan’ın 35. Bağımsızlık Yılı kutlu olsun! ❤️🇺🇿

@TurkishLexora
99002
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

31 Ağu 2026 23:18

🇹🇷 Hamma oson deb o‘ylaydigan “-YOR” qo‘shimchasi 😏

Turk tilida Şimdiki Zaman — hozir ayni paytda davom etayotgan ish-harakatni bildiradi.
🇺🇿 Men kitob o‘qiyapman.
🇹🇷 Ben kitap okuyorum.

📌 Formula:

Fe’l + -(I)yor + shaxs qo‘shimchasi
Fe’lning oxirgi unlisiga qarab:
🔹 a / ı → -ıyor
bak → bakıyorum
🔹 e / i → -iyor
gel → geliyorum
🔹 o / u → -uyor
oku → okuyorum
🔹 ö / ü → -üyor
gör → görüyorum

👤 Shaxs qo‘shimchalari:

Ben: geliyorum
Sen: geliyorsun
O: geliyor
Biz: geliyoruz
Siz: geliyorsunuz
Onlar: geliyorlar

❌ Inkor:

gelmiyorum — kelmayapman
gitmiyorum — ketmayapman

❓ Savol:

Geliyor musun? — Kelyapsanmi?
Evet, geliyorum. — Ha, kelyapman.
⚠️ Lekin ayrim fe’llarda o‘zgarish bor:
demek → diyor
yemek → yiyor
başlamak → başlıyor

Xullas, “-yor qo‘shdim, tamom” deyishdan oldin biroz o‘ylab olamiz. 😂
Endi bu postni “Turk tili oson, shunchaki bir-ikki yorum qo‘shib qo‘ysang bo‘ldi” deydigan tanishlaringizga yuborib qo‘yamiz. 😂🇹🇷

📚 Turk tilini oson va qiziqarli o‘rganish uchun:
👉 @TurkishLexora
114000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

30 Ağu 2026 18:43

🇹🇷 TURK TILIDAGI -LI VA -LIK QO‘SHIMCHALARINI ADASHTIRMANG! 🔥


Turk tilida -lı/-li/-lu/-lü va -lık/-lik/-luk/-lük juda ko‘p ishlatiladi. Eng qizig‘i — ikkalasi ham bir xil unli uyg‘unligiga bo‘ysunadi, lekin ma’nosi boshqa-boshqa.
Keling, juda oson qilib tushunamiz 👇

🟢 1. -LI = «...li», «...ga ega», «...bor»

Bu qo‘shimcha odatda otdan sifat yasaydi.
Ya’ni biror narsada shu xususiyat borligini bildiradi.
📌 kitap — kitob
➡️ kitaplı — kitobli / kitobi bor
📌 para — pul
➡️ paralı — pulli / puli bor
📌 sakalı — soqolli
sakal + lı
📌 güçlü — kuchli
güç + lü
📌 renkli — rangli
renk + li
📌 dikkatli — ehtiyotkor
dikkat + li
📌 tehlikeli — xavfli
tehlike + li
👉 Demak:
-LI ≈ “...li / ...ga ega / ...bor”

🔥 2. -LIK = yangi OT yasaydi

-lık/-lik/-luk/-lük esa ko‘pincha ot yoki sifatdan yangi ot yasaydi.
Masalan:
📌 güzel — chiroyli
➡️ güzellik — go‘zallik
📌 genç — yosh
➡️ gençlik — yoshlik
📌 çocuk — bola
➡️ çocukluk — bolalik
📌 dost — do‘st
➡️ dostluk — do‘stlik
📌 mutlu — baxtli
➡️ mutluluk — baxt
📌 özgür — ozod
➡️ özgürlük — ozodlik
👉 Demak:
-LIK ≈ “...lik / ...chilik / mavhum tushuncha”

🧠 ENG OSON FARQLASH USULI

Bir so‘zda “bor, ega” degan ma’no bo‘lsa → -LI
Bir so‘zda “...lik”, ya’ni tushuncha yoki yangi ot hosil bo‘lsa → -LIK
Masalan:
🧔 sakal — soqol
➡️ sakallı = soqolli
➡️ sakallık = soqol uchun mos narsa / soqolga oid buyum kabi maxsus ma’no
Yana:
💪 güç — kuch
➡️ güçlü = kuchli
➡️ güçlük = qiyinchilik
📚 kitap — kitob
➡️ kitaplı = kitobli
➡️ kitaplık = kitob javoni / kitoblar uchun joy
Mana shu yerda farq juda aniq ko‘rinadi:
güç → güçlü → güçlük
kuch → kuchli → qiyinchilik

🔤 QAYSI SHAKLI QACHON ISHLATILADI?

Bu qo‘shimchalar 4 xil shaklga ega. Buni turk tilidagi unli uyg‘unligi (ünlü uyumu) belgilaydi.
So‘zdagi oxirgi unli-LI-LIKa, ı-lı-lıke, i-li-liko, u-lu-lukö, ü-lü-lük

Misollar:

a → -lı / -lık
para → paralı
kış → kışlık
e/i → -li / -lik
renk → renkli
güzel → güzellik
o/u → -lu / -luk
umut → umutlu
çocuk → çocukluk
ö/ü → -lü / -lük
güç → güçlü
özgür → özgürlük

⚡ YANA BIR MUHIM NARSA

-LI faqat «bor» degani emas. U ko‘plab sifatlarni hosil qiladi:
❤️ sevgi → sevgili — sevimli / sevgilisi bor
🎨 renk → renkli — rangli
💡 fikir → fikirli — fikrli
👨‍👩‍👧 aile → aileli — oilali
💰 para → paralı — pulli
⚠️ tehlike → tehlikeli — xavfli
-LIK esa turli ma’nolarda ishlashi mumkin:
🧠 çocuk → çocukluk — bolalik
❤️ dost → dostluk — do‘stlik
💪 güç → güçlük — qiyinchilik
👓 göz → gözlük — ko‘zoynak
🎧 kulak → kulaklık — quloqchin
📚 kitap → kitaplık — kitob javoni
🧂 tuz → tuzluk — tuzdon
Ya’ni -LIK faqat “-lik” tarjimasi bilan cheklanmaydi. U joy, buyum, mavhum tushuncha, kasb yoki boshqa turdagi yangi otlarni ham yasashi mumkin.

🎯 XULOSA

-LI = NIMA BILANDIR EGA / NIMADIR BOR
➡️ paralı — pulli
➡️ sakallı — soqolli
➡️ renkli — rangli
➡️ güçlü — kuchli
-LIK = YANGI OT / TUSHUNCHA / BUYUM / JOY
➡️ güzellik — go‘zallik
➡️ çocukluk — bolalik
➡️ özgürlük — ozodlik
➡️ gözlük — ko‘zoynak
➡️ kitaplık — kitob javoni
🔥 Bitta kichkina qo‘shimcha butun so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuborishi mumkin!

🇹🇷 Turk tilini shunaqa sodda va qiziqarli usulda o‘rganishni istasangiz:

👉 @TurkishLexora
99001
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

29 Ağu 2026 16:50

🇹🇷 BELİRSİZ GEÇMİŞ ZAMAN — “-MİŞ”

Turk tilida o‘tgan zamonning muhim shakllaridan biri — Belirsiz Geçmiş Zaman.

🔹 -di → voqeani aniq bilamiz yoki o‘zimiz guvoh bo‘lganmiz.
🔹 -miş → voqeani eshitganmiz, keyin bilib olganmiz yoki hayrat bilan anglaganmiz.

📌 Yasalishi:

-mış / -miş / -muş / -müş

👉 gelmek → gelmiş — kelibdi
👉 görmek → görmüş — ko‘ribdi
👉 okumak → okumuş — o‘qibdi

🤔 Farqini ko‘ring:

Ali geldi.
— Ali keldi. (Aniq bilaman.)

Ali gelmiş.
— Ali kelibdi. (Eshitdim yoki keyin bildim.)

🔥 Eng ko‘p ishlatiladigan holatlar:

🗣️ Ahmet evlenmiş.
— Ahmet uylanibdi. (Eshitilgan ma’lumot)

😲 Cüzdanımı evde unutmuşum!
— Hamyonimni uyda qoldiribman! (Keyin anglash)

🤯 Ne kadar büyümüşsün!
— Voy, qanchalik katta bo‘libsan! (Hayrat)

📌 Qisqasi:
-di → aniq/bevosita ma’lumot
-miş → bilvosita/keyin ma’lum bo‘lgan ma’lumot

🇹🇷 Turk tilini oson va tushunarli o‘rganish uchun:

👉 @TurkishLexora
83000
Turkish Lexora logo
Turkish Lexora

27 Ağu 2026 21:51

Bitta qiziq hobby boshladim shu yerda)
Har sohadan bir shingil deyishardi-yuu. Dunyo, davlatlar, tarix va shunga o‘xshash narsalarni kovlab yuribman o'zimcha.

Qiziquvchilar bo‘lsa, har ehtimolga qarshi: @Curiosity_Atlas 👀
71000

Showing 30 of 68 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Turkish Lexora Telegram kanalı ne hakkında?+

Turkish Lexora (@turkishlexora), tgdio üzerinde İlham Verici Sözler kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 314 abonesi var.

Turkish Lexora (@turkishlexora) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @turkishlexora abonesi olun.

Turkish Lexora iyi bir İlham Verici Sözler kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Turkish Lexora puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 314 abonesi var. Benzer İlham Verici Sözler kanallarla karşılaştırın.

Turkish Lexora istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @turkishlexora sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.