
«O‘zmetkombinat» AJ boshqaruv raisi Baxodir Abdullayev «Metallurg» futbol klubi futbolchilari hamda futbol akademiyasining yosh tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi.
Akademiyada Xitoy, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan kelgan yosh sportchilar tahsil olayotgani uchrashuvga alohida quvonch bag‘ishladi.
Uchrashuvning eng yorqin lahzasi esa Xitoydan kelgan ikki nafar yosh futbolchi bilan muloqot bo‘ldi. Baxodir Abdullayev shaxsan maydonga chiqib, xitoylik futbolchilarga bir necha bor to‘p uzatdi!
Uchrashuv yakunida bo‘lajak chempionlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelajakdagi yutuqlariga ishonch va motivatsiya bag‘ishlandi.
Futbol — shunchaki o‘yin emas. U chegara bilmas do‘stlik va hamjihatlik ramzidir!
www.uzbeksteel.uz lFacebook l Instagram l Twitter lTelegram l You Tube










