🅰 Qibray tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot
✔️ Bugun, 22-oktyabr kuni soat tahminan 12:20 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan D006 “Toshkent sh.-Chirchiq sh.-Chimyon” avtomobil yo‘lining 8-kilometrida “Damas”, “Lasetti”, “Spark” va “Toyota Camry” rusumli 4 ta transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
✔️ Ushbu hodisa natijasida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Barcha transport vositalari texnik jihatdan shikastlangan.
✔️ Hodisa oqibatida avtomobil yo‘li yopilib qolgan va boshqa harakat ishtirokchilari aylanma yo‘llar orqali harakatlangan. Hozirda transport vositalari avtomobil yo‘lidan olib ketilgan va harakat tiklangan.
✔️ Holat yuzasidan hozirda Qibray tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
📱Telegram 📱
Instagram 📱
YouTube 📱
Facebook