MAGISTRATURA NATIJALARI E'LON QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi (DSBA)da davlat buyurtmasi va ochiq tanlov asosida ishlab chiqarishdan ajralgan hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 2026-2027 o'quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari imtihon natijalari e'lon qilindi.
🗣 Davlat buyurtmasi asosida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalari bilan
bsa.dsba.uz elektron platforma orqali tanishishlari mumkin.
🗣 Ochiq tanlov asosida imtihon topshirgan talabgorlar natijalarini
qabul.dsba.uz elektron platformasidagi shaxsiy kabineti orqali ko‘rishlari mumkin.
🗣Shuningdek, Akademiyaning rasmiy Telegram boti —
@natijadsbabot orqali ham o'z natijalarini bilib olishlari mumkin.
Qabul natijalari yuzasidan savollaringiz bo'lsa Call-markazga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:
+998 (71) 239 12 98
+998 (71) 239 49 02
Qo'ng'iroqlar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.
Shuningdek, imtihon natijalaridan norozi bo'lgan nomzodlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli
qaroriga ko'ra ikki ish kunida appelyatsiya yuzasidan
bsa.dsba.uz va
qabul.dsba.uz platformalari orqali ariza yo'llashlari mumkinligi ma'lum qilinadi.
*Arizalar joriy yilning 21-oktyabr kuni soat 11:00ga qadar qabul qilinadi.