1/20🌌🌌🌌🌌🌌
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌
⚡️Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi.
📍Shu munosabat bilan Zarafshon shahridagi Yulduz madaniyat markaziga qarashli Yoshlar madaniyat saroyida bitiruvchi yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash hamda kelgusidagi rejalarini amalga oshirishda ko‘maklashish maqsadida “Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
➡️Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, shahar DXX rahbari G‘ofur Musurmonov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipov, shahar DSI boshlig‘i Rashid Baxranov, tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari hamda bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi.
💬Ochiq muloqot davomida yoshlarning ish bilan ta’minlanishi, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishi hamda boshqa sohalarda duch kelayotgan muammo va takliflari tinglandi.
📌Har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha esa amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar taqdim etildi.
✔️Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarga amaliy ko‘mak berish muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
🟢Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etish va har bir yoshning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
📣Zarafshon shahar hokimligi
Axborot xizmati
✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |









