Özbek tili fidoyilari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi
Ona tili! Nega aynan ona?
🖌Çunki, mohiyatan avlodlar davomiyligini, millatning yaşovçanligini farzandlarni dunyoga keltirişdek muqaddas vazifa bilan siylangan onalar ta’minlaydilar.
Xotin-qizlarning özbek tili mavqeyini mustahkamlaşdagi roli beqiyosdir, çunki tilning yaşab qolişi, sofligi va avloddan avlodga ötişi eng avvalo oila hamda onaga boğliq.
Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi munosabati bilan bir guruh fidoyi xotin-qizlar “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Mukofotlanganlar qatoridan tilimiz nufuzini oşirişda çinakam ibrat bölayotgan olimalar, tilşunos ziyolilarning rafiqalari hamda hududlardagi fidoyi ona tili va adabiyot öqituvçilari örin olgan.
“Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar bilan tanişing!
1. Ğaniyeva Suyima – Özbekiston Qahramoni, atoqli özbek adabiyotşunosi, navoiyşunos olima, professor (marhum, 1932–2018 yillar);
2. Asqarova Mazluma Asqarovna – Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, özbek tilşunosi, filologiya fanlari doktori, professor (marhum, 1924–2010 yillar);
3. Xolmonova Zulxumor Turdiyevna – Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;
4. Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna – filologiya fanlari doktori, professor;
5. Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna – filologiya fanlari doktori, professor;
6. Mirzayeva Zulxumor Inomovna – filologiya fanlari doktori, professor;
7. Xudoyberganova Durdona Sidiqovna – filologiya fanlari doktori, professor;
8. Adizova Iqboloy Istamovna – filologiya fanlari doktori, professor;
9. Qurbonova Muxayyo Xoldarbekovna – filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovani onasi;
10. Sabirova Karima Sabirovna – Törtköl tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining özbek tili va adabiyoti öqituvçisi;
11. Qobulova Komila Akyulovna – Andijon viloyati, Andijon davlat universiteti qoşidagi akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
12. Asadova Muxabbat Xolmurotovna – Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
13. Alibayeva Barno Musurmonovna – Jizzax viloyati, Döstlik tumanidagi 10-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
14. Temirova Sadoqat Salimovna – Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
15. Şodiyeva Dilrabo Baxtiyorovna – Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
16. Kaxarova Rayxona Pulatjanovna – Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 46-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
17. Suvonova Jumagul Raşidovna – Samarqand viloyati, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;
18. Maxmaraimova Şoxista Tuxtaşevna – Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universitetining özbek tilşunosligi kafedrasi öqituvçisi;
19. Turdiboyeva Feruza A’zamovna – Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti öqituvçisi;
20. Usmanova Gulnoza Kadirovna – Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabi öqituvçisi;
21. Vaxobova Irodaxon Vaxobovna – Farğona viloyati, Qöqon şahridagi “Turon – ilm xazinasi” NTM ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;
22. Akramova Guliya Botirxonovna – Toşkent şahri, Bektemir tumanidagi 291-maktabning özbek tili fani öqituvçisi (rusiyzabon guruhlar uçun);
23. Xudayberganova Muxabbat Kenjayevna – Toşkent şahri, nafaqadagi pedagog-öqituvçi.
🔹
Telegram 🔹
Instagram 🔹
Facebook 🔹
Linkedin