Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 Telegram channel photo

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿

@dkattakhanovaPublic Channel

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) Taklif va murojaatlaringizni @dkattakhanova_bot ga yuboring

OnlyFansTürkçeTürkiye

511

Last views

4.5k (4,488 subscribers)
Üyeler
—
Rating
57
Total Posts
Oct 22, 2026, 6:00 AM
Güncellendi
Apr 5, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameDilnozaxon Kattaxonova🇺🇿
Username@dkattakhanova
CategoryOnlyFans
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler4,488
Channel TypePublic Channel
Created5 Nis 2026
Last Updated22 Eki 2026 • evvelsi gün
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#71417+257
Dil Sıralaması
#745+10
Kategori Sıralaması
#2245+17

Üye Büyümesi

Toplam: 4.5K30 Days growth: +1583.6%
09/2309/2810/0310/0810/1310/1810/22
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
23:09:20264,330
24:09:20264,330
25:09:20264,330
26:09:20264,330
27:09:20264,330
28:09:20264,330
29:09:20264,330
30:09:20264,330
01:10:20264,330
02:10:20264,330
03:10:20264,330
04:10:20264,330
05:10:20264,330
06:10:20264,330
07:10:20264,330
08:10:20264,330
09:10:20264,330
10:10:20264,330
11:10:20264,330
12:10:20264,330
13:10:20264,330
14:10:20264,500
15:10:20264,500
16:10:20264,500
17:10:20264,500
18:10:20264,500
19:10:20264,500
20:10:20264,500
21:10:20264,500
22:10:20264,488
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 30:03:20264,253
Week of 06:04:20263,902
Week of 13:04:20263,902
Week of 20:04:20263,902
Week of 27:04:20262,810
Week of 04:05:20262,810
Week of 11:05:20262,474
Week of 18:05:20262,474
Week of 25:05:20262,474
Week of 01:06:20262,255
Week of 08:06:20262,255
Week of 15:06:20262,255
Week of 22:06:20262,255
Week of 29:06:20262,113
Week of 06:07:20262,113
Week of 13:07:20262,113
Week of 20:07:20262,647
Week of 27:07:20262,647
Week of 03:08:20264,050
Week of 10:08:20264,050
Week of 17:08:20264,143
Week of 24:08:20264,253
Week of 31:08:20264,253
Week of 07:09:20264,282
Week of 14:09:20264,330
Week of 21:09:20264,330
Week of 28:09:20264,330
Week of 05:10:20264,330
Week of 12:10:20264,500
Week of 19:10:20264,488
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20262,810
May 20262,474
June 20262,113
July 20262,647
August 20264,253
September 20264,330
October 20264,488
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20264,488

Son Yazılar

Photo1/6
🇺🇿Ayni vaqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi aytildi.
1,2900034
Photo1/2
Özbek tili fidoyilari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi

Ona tili! Nega aynan ona?

🖌Çunki, mohiyatan avlodlar davomiyligini, millatning yaşovçanligini farzandlarni dunyoga keltirişdek muqaddas vazifa bilan siylangan onalar ta’minlaydilar.

Xotin-qizlarning özbek tili mavqeyini mustahkamlaşdagi roli beqiyosdir, çunki tilning yaşab qolişi, sofligi va avloddan avlodga ötişi eng avvalo oila hamda onaga boğliq.

Oila va xotin-qizlar qömitasi tomonidan Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37-yilligi munosabati bilan bir guruh fidoyi xotin-qizlar “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar qatoridan tilimiz nufuzini oşirişda çinakam ibrat bölayotgan olimalar, tilşunos ziyolilarning rafiqalari hamda hududlardagi fidoyi ona tili va adabiyot öqituvçilari örin olgan.

“Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar bilan tanişing!

1. Ğaniyeva Suyima – Özbekiston Qahramoni, atoqli özbek adabiyotşunosi, navoiyşunos olima, professor (marhum, 1932–2018 yillar);

2. Asqarova Mazluma Asqarovna – Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, özbek tilşunosi, filologiya fanlari doktori, professor (marhum, 1924–2010 yillar);

3. Xolmonova Zulxumor Turdiyevna – Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori;

4. Qurbonova Muhabbat Matyaqubovna – filologiya fanlari doktori, professor;

5. Teşaboyeva Ziyodaxon Qodirovna – filologiya fanlari doktori, professor;

6. Mirzayeva Zulxumor Inomovna – filologiya fanlari doktori, professor;

7. Xudoyberganova Durdona Sidiqovna – filologiya fanlari doktori, professor;

8. Adizova Iqboloy Istamovna – filologiya fanlari doktori, professor;

9. Qurbonova Muxayyo Xoldarbekovna – filologiya fanlari doktori, professor Munavvara Qurbonovani onasi;

10. Sabirova Karima Sabirovna – Törtköl tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining özbek tili va adabiyoti öqituvçisi;

11. Qobulova Komila Akyulovna – Andijon viloyati, Andijon davlat universiteti qoşidagi akademik litseyning ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

12. Asadova Muxabbat Xolmurotovna – Buxoro viloyati, Kogon tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

13. Alibayeva Barno Musurmonovna – Jizzax viloyati, Döstlik tumanidagi 10-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

14. Temirova Sadoqat Salimovna – Qaşqadaryo viloyati, Qarşi tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

15. Şodiyeva Dilrabo Baxtiyorovna – Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

16. Kaxarova Rayxona Pulatjanovna – Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi 46-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

17. Suvonova Jumagul Raşidovna – Samarqand viloyati, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Özbek tili va adabiyoti kafedrasi professori;

18. Maxmaraimova Şoxista Tuxtaşevna – Surxondaryo viloyati, Termiz davlat universitetining özbek tilşunosligi kafedrasi öqituvçisi;

19. Turdiboyeva Feruza A’zamovna – Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 16-umumiy örta ta’lim maktabining ona tili va adabiyoti öqituvçisi;

20. Usmanova Gulnoza Kadirovna – Toşkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 1-umumiy örta ta’lim maktabi öqituvçisi;

21. Vaxobova Irodaxon Vaxobovna – Farğona viloyati, Qöqon şahridagi “Turon – ilm xazinasi” NTM ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi;

22. Akramova Guliya Botirxonovna – Toşkent şahri, Bektemir tumanidagi 291-maktabning özbek tili fani öqituvçisi (rusiyzabon guruhlar uçun);

23. Xudayberganova Muxabbat Kenjayevna – Toşkent şahri, nafaqadagi pedagog-öqituvçi.

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
9140040
Photo1/20
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev Qamashi tumanidagi Chim mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari va aholi bandligini taʼminlash choralari bilan tanishdi.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #mahalla
1,5800025
Photo1/20
Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan butunjahon sammiti o‘z ishini boshladi

Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlarning barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” butunjahon sammiti boshlandi. Unda xorijiy davlatlarning birinchi xonimlari hamda xalqaro tashkilotlar (BMT, UNICEF, Jahon banki, JSST) vakillari ishtirok etmoqda.

Sammitning ochilish marosimida davlatimiz rahbarining anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Davlatimiz rahbari murojaatida har bir bola mehr, xavfsizlik, sifatli ta’lim va tibbiy yordamga haqli ekani, shu bois bolalikka sarmoya kiritish davlat siyosatida barqaror o‘rin egallashi zarurligi ta’kidlandi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetgani, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravarga qisqargani qayd etildi.

Murojaatda ona va bola salomatligini asrash, bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ularni zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda xavfsiz raqamli muhit yaratish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.

Prezidentimiz kelgusidagi hamkorlikni davom ettirish uchun Samarqand platformasini amaliy muloqot mexanizmi sifatida shakllantirish taklifini bildirdi.
2,4500035
Photo1/14
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi

Vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruhi bilan Qashqadaryo (Qarshi shahri, Qamashi tumani) hamda Navoiy viloyatida (Navoiy shahri, Karmana, Qiziltepa, Navbahor tumanlari) xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish masalalarini o‘rgandik.

Jarayonlarda zamonaviy kasblar, tadbirkorlikka o‘qitish, tikuvchilik va gilamchilik korxonalarida, biznes loyihalarini qo’llab-quvvatlash orqali ayollar uchun barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda daromad manbalarini kengaytirish istiqbollarini tahlil qildik.

Navbahor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul va xonadonlardagi muloqotlar jarayonida aniqlangan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi. Shuningdek, mas’ullarga xotin-qizlar muammolari hal etish, bandligini ta’minlash bilan bog’liq aniq vazifalar belgilab berildi.

@dkattakhanova
1,4800043
Photo1/2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—
Распоряжением Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан Курбонова Азиза Абдусабитовна назначена на должность первого заместителя начальника Департамента коммуникаций Администрации Президента Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
1,45000103
Photo1/2
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi.

Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi.

Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi.

Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart.

—

Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах.

Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений.

Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет.

Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.
1,7100066
Photo1/2
Muloqotda Prezidentimiz sarmoyadorlarni “xorijlik” va “mahalliy” deb ajratishga munosabat bildirdi.
“Kapitalning, ilg‘or g‘oyaning va halol mehnatning millati yo‘q!”,
- dedi davlatimiz rahbari va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi g‘oya – “O‘Z” falsafasini ilgari surdi.

“O‘Z” – O‘zbekiston, O‘zgarish, O‘zlik va Mas’uliyat degani. Kimki yurtimizga sarmoya kiritib, zamonaviy texnologiya olib kelsa va odamlarga ish o‘rni yaratsa, qaysi mamlakat yoki shahardan kelganidan qat’i nazar, umumiy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

– Kimki Yangi Toshkentni yoki Shirinni biz bilan birga qursa, demak, u to‘laqonli o‘zimizniki!
– dedi Prezidentimiz. Sarmoyadorlarning mulki va biznesi qonun, davlat va shaxsan o‘zining qat’iy himoyasida bo‘lishini qayd etdi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz investorlar bilan muloqot qildi. Uchrashuvda bildirilgan takliflar e’tiborsiz qolmasligi, tez kunlarda tegishli qaror qabul qilinishi aytildi. Mamlakatimiz yetakchisi bir oydan so‘ng Yangi Toshkentga yana kelib, berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘rib chiqishini ta’kidladi.

Yakunda davlatimiz rahbari investor va tadbirkorlarni “O‘z g‘oyang! O‘z sarmoyang! O‘z kelajaging! Yangi O‘zbekiston, Yangi Toshkent – o‘zimizniki!” degan yangi shior atrofida birlashishga chaqirdi. Yangi Toshkentda mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ko‘plab o‘ziga xos loyihalar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Facebook|Instagram|X
2,1800036
Photo1/2
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasidan investor va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi oyda ular bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan takliflar, yer ajratish, ruxsat olish va to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar o‘rganilganini ta’kidladi.

Uch yil avval boshlangan ushbu loyiha doirasida davlat infratuzilma, stadion, universitet va kutubxona kabi muhim obyektlarga yirik mablag‘ yo‘naltirmoqda. Hozirga qadar Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investitsiya kiritildi. Shu bilan birga, qurilishga xususiy sektorni jalb etish sur’atlari mavjud imkoniyatlarga mos emasligi qayd etildi.

Yangi shahar uchun jami 20 ming gektar yer ajratilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektar maydonda 50 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Yangi aeroport bilan birga hududning investitsiya salohiyatini 200 milliard dollargacha yetkazish mumkin.

Hozir ming gektardan ortiq maydonda asosan davlat mablag‘i hisobidan qurilish ketmoqda. Tadbirkorlarga esa bor-yo‘g‘i 94 gektar yer ajratilgan.

Facebook|Instagram|X
1,7400029
Photo1/2
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni

Qizlarning munosib ta’lim-tarbiya olib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi — nafaqat bitta oilaning, balki butun mamlakatning ulkan yutug‘idir. E’tibor qurshovida va sog‘lom muhitda ulg‘aygan qizlardan kelajakda kuchli mutaxassislar hamda tashabbuskor yetakchilar yetishib chiqadi.

🇺🇳BMT tomonidan 2012-yildan buyon nishonlab kelinayotgan mazkur sananing asosiy maqsadi ham butun dunyoda qizlar duch kelayotgan ijtimoiy tengsizlik, ta’limdagi to‘siqlar hamda erta nikoh kabi muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratishdan iborat.

Qizlarimizning ta’limi, salomatligi va shaxsiy rivojlanishiga bugun qaratilayotgan e’tibor — ertangi farovon jamiyat uchun eng mustahkam poydevordir!

💐“Xalqaro qizlar kuni” muborak bo‘lsin!

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹 Linkedin
16,0000095
Video
🇺🇿🇹🇲O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston
3,6000058
Photo1/2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 7-9-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Mamlakatimiz yetakchisi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
—
По приглашению Президента Туркменистана Сердара Бердымухамедова Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 7-9 октября посетит эту страну с рабочим визитом. Лидер нашей страны примет участие в восьмой Консультативной встрече глав государств Центральной Азии и Азербайджана, а также в очередном саммите Содружества Независимых Государств.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #Maslahatuchrashuvi #MDH

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3,1200041
Video
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
"O‘qituvchining qadri ulug‘langan yurtda ilmga intilish, qonunga hurmat, mehnatga munosabat va Vatanga sadoqat hamisha yuksak bo‘ladi. Chunki ustozni e’zozlash butun bir millat kelajagini e’zozlash demakdir".
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«В стране, где высоко чтут учителя, всегда сильны стремление к знаниям, уважение к закону, отношение к труду и преданность Родине. Ибо ценить учителя – значит ценить будущее целого народа».

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
3,6800034
Photo1/2
Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!

Sizlarni bugungi qutlug‘ ayyom — 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman.

🇺🇿Davlatimiz rahbari o‘z tabriklarida ta’kidlaganlaridek, xalqimizning kuch-qudrati, qalbimizdagi yuksak insoniy tuyg‘ular hamda Vatanimizning yorug‘ kelajagi, avvalo, siz tarqatayotgan bilim va ma’rifat ziyosidan quvvat oladi. Har bir insonning kamolotga yetishida, hayotda qo‘rqmasdan o‘z yo‘lini topishida o‘z halovatidan kechib, mehrini bergan muallimlarning o‘rni beqiyos.

Ayniqsa, yurtimiz xotin-qizlariga, aziz farzandlarimizga ilm o‘rgatib, ularni mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk shaxslar etib tarbiyalayotganingiz uchun sizlarga cheksiz hurmat va ehtirom bilan ta’zim qilamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va sharafli kasbingizda yuksak zafarlar tilayman.

💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
14,1000076
Photo
Yangi vazifalar — joylarda, odamlar bilan birga amalga oshiriladi

Kecha Prezidentimiz tomonidan aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashda hududlardagi tadbirkorlar salohiyatidan keng foydalanish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi.

Bugun Oqqo‘rg‘on tumanida tadbirkor xotin-qizlar hamda mahalla “yettiligi” vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ularni joylarda amalga oshirish mexanizmlarini muhokama qildik.

Asosiy maqsadimiz — davlat imkoniyatlari, mahalla salohiyati va tadbirkorlar tajribasini birlashtirib, xotin-qizlar uchun yangi daromad manbalari va barqaror ish o‘rinlarini yaratish.

Tadbirkorlarimizni bu jarayonda faol hamkorlikka chaqirdim. Chunki yangi ish o‘rinlarini yaratishda davlat bilan bir qatorda, hududni, uning imkoniyatlarini va odamlarning ehtiyojini yaxshi biladigan mahalliy tadbirkorlarning o‘rni juda muhim.

Muloqot davomida tadbirkor xotin-qizlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar, faoliyatini kengaytirish, kredit va boshqa masalalarda duch kelayotgan muammolarini ochiq aytdilar. Quvonarlisi, ko‘tarilgan qator masalalarga shu yerning o‘zida mutasaddilar bilan birgalikda amaliy yechim topildi.

Biz uchun eng muhim natija — xotin-qizni shunchaki band qilish emas, balki unga barqaror daromad topishi, o‘z biznesini boshlashi va uni kengaytirishi uchun real imkoniyat yaratishdir.

Bu boradagi ishlarni har bir mahalla kesimida davom ettiramiz.
2,6500064
Photo
Endi murojaat va takliflarni yo‘llash yanada oson!

🇺🇿Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi aholi bilan tezkor va samarali aloqani ta’minlash maqsadida o‘zining rasmiy Telegram botini ishga tushirdi.

Endi siz nafaqat shaxsiy murojaatlaringizni, balki oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan takliflaringizni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llashingiz mumkin.

Har bir fikr va murojaat e’tibordan chetda qolmaydi.

✅Murojaatlar uchun: https://t.me/oilavaxotinqizlarbot

🔹 https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.facebook.com/oilavaxotinqizlar 🔹 https://www.linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz
2,3200028
Photo
⚡️Diqqat, e’lon! Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladi

Xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning murojaatlariga manzilli va qonuniy yechim topish maqsadida Sirdaryo viloyatida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

Unda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilnozaxon Kattaxonova bevosita ishtirok etib, xotin-qizlarning murojaat hamda takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul davomida ayollar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish hamda “Ayollar daftari” va “Xotin-qizlar balansi” tizimlariga doir masalalar atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Sayyor qabul 24-avgust kuni 15:00da Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

✔️Taklif va murojaatlaringizni quyidagi https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfvgvM9BQ8jVYM1T1mY12ypp2qAUicYfy1fGT50gicxbxT60Q/viewform?usp=dialog https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfvgvM9BQ8jVYM1T1mY12ypp2qAUicYfy1fGT50gicxbxT60Q/viewform?usp=dialog ham mumkin!

🔹 https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.facebook.com/oilavaxotinqizlaruz/ 🔹 https://www.linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz
1,3600044
Photo
⚡️Homilador va yosh ona bo‘lgan talaba-qizlar uchun ta’limda qanday yengilliklar bor?

Qonunchilikka muvofiq, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab homilador hamda 3 yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash https://gov.uz/oz/wcu/news/view/206794.

Yangi tizimdagi asosiy qulayliklar:

✔️Kursda qolgan yoki “talabalar safidan chiqarilgan” qizlarga istisno tariqasida o‘qishni davom ettirish imkoni beriladi;

✔️Fanlar farqini mustaqil o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha muddat ajratiladi;

✔️“Akademik ta'til” davrida talabaning xohishiga ko‘ra masofaviy ta'lim shaklida o‘qishni davom ettirish mumkin bo‘ladi.

Mazkur choralar yosh onalarning uzluksiz ta'lim olishini ta’minlash va ularning jamiyatdagi imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🔹 https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.facebook.com/oilavaxotinqizlaruz/ 🔹 https://www.linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz
17,80000101
Video
✅Respublikamiz bo‘ylab oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini kompleks o‘rganish hamda sohaga yangi mexanizmlarni joriy etishga qaratilgan amaliy ishlar Qashqadaryo viloyatida davom etdi.

Shahrisabz shahri va G‘uzor tumanida mutasaddilar, mahalla “yettiligi” hamda “xotin-qizlar faollari” ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, tizimni isloh qilish bo'yicha qator jiddiy takliflar ilgari surildi.

Xususan, ayollarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini ko‘paytirish va hunarmandlik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash, erta nikoh va tug‘ruq holatlari oldini olish, “himoya orderi” berish tizimini takomillashtirish, “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi ehtiyojmand xotin-qizlarga uy-joy ta’mirida yordam ko‘rsatish hamda mahallalarda psixologlar faoliyatini kengaytirish.

O‘rganishlar faqat muloqotlar bilan cheklanmadi. G‘uzorda “Xotin-qizlar balansi”ni shakllantirish jarayoni chuqur tahlil qilingan bo‘lsa, Shahrisabzda ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan ayollar holidan xabar olindi. Shuningdek, tadbirkor ayollarning oilaviy biznesi bilan tanishilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Endigi vazifa — ko‘tarilgan barcha masalalar va bildirilgan takliflarni qat’iy nazoratga olgan holda, amaliy yechimlarga erishishdir!

🔹 https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.facebook.com/oilavaxotinqizlaruz/ 🔹 https://www.linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz
2,97000118
Photo
⚡️ Yosh oilalar diqqatiga: Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun yangi qulaylik!

Endilikda http://my.gov.uz/ portalida ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.

Xususan, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan yosh oilalar turar joy ijarasi xarajatlarini qoplash uchun uydan chiqmagan holda onlayn ariza yuborishlari mumkin.

🔗Ariza yuborish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1394

Mablag‘ 12 oygacha bo‘lgan muddatga, har oylik ijara to‘lovining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda ajratiladi. Bunda qoplab beriladigan mablag‘ning yuqori chegaralari quyidagicha belgilangan:

Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida: BHMning 3 baravarigacha (1 mln 236 ming so‘m);

Boshqa hududlarda: BHMning 2 baravaridan (824 ming so‘m) oshmagan miqdorda.

🔹 https://t.me/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.instagram.com/oilavaxotinqizlar_uz 🔹 https://www.facebook.com/oilavaxotinqizlar 🔹 https://www.linkedin.com/company/oilavaxotinqizlaruz
7,7400052
Photo
🇺🇿Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

💬Toshkent shahrida xotin-qizlar bilan tizimli ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🇺🇿Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Raisi Q.Rafikov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari D.Kattaxonova, Respublika komissiyasi a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi rahbariyati, banklar rahbarlari, tuman hokimlari va ularning tegishli o‘rinbosarlari, mahalla raislari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

📈Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, sohadagi mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda har bir ayolga manzilli va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

🟡Ochiq muloqot davomida mahalla raislari, xotin-qizlar faollari va jamoatchilik vakillari tizimni takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va tashabbuslarini bildirdilar.

➡️Ta’kidlanganidek, xotin-qizlar bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan bunday keng qamrovli ochiq muloqot ilk bor o‘tkazildi. Muhokamalar jarayonida bildirilgan barcha taklif va mulohazalar mas’ul rahbarlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

⸻

🇺🇿В Ташкенте состоялся открытый диалог по вопросам дальнейшего повышения эффективности системной работы с женщинами

💬В городе Ташкенте был организован открытый диалог, посвящённый вопросам дальнейшего повышения эффективности системной работы с женщинами, обсуждению существующих проблем и укреплению сотрудничества в этой сфере.

🇺🇿В мероприятии приняли участие Председатель Сената Олий Мажлиса Т. Нарбаева, Председатель Федерации профсоюзов Узбекистана К. Рафиков, заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан Д. Каттаханова, члены Республиканской комиссии, руководители министерств и ведомств, руководство хокимията города Ташкента, руководители банков, хокимы районов и их соответствующие заместители, председатели махаллей, активистки махаллей по вопросам женщин, а также представители общественности.

📈Основная цель встречи заключалась в дальнейшем повышении эффективности системы работы с женщинами, открытом обсуждении существующих в данной сфере проблем, укреплении сотрудничества между ответственными организациями, а также определении приоритетных задач по оказанию адресной и практической помощи каждой женщине.

🟡В ходе открытого диалога председатели махаллей, активистки по вопросам женщин и представители общественности высказали ряд предложений и инициатив, направленных на совершенствование системы.

➡️Как было отмечено, такой широкомасштабный открытый диалог, посвящённый вопросам работы с женщинами, был проведён впервые. Все предложения и мнения, высказанные в ходе обсуждений, были поддержаны ответственными руководителями, и были определены соответствующие задачи по их практическому внедрению.

https://www.youtube.com/channel/UC0lSmuOGz7tujTQIoop4UbA | https://www.facebook.com/Toshkenthokimligi | https://www.instagram.com/toshshaharhokimlik/ | https://www.tashkent.uz/ | https://t.me/poytaxtuz_bot
5,1700078

Showing 30 of 57 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 Telegram kanalı ne hakkında?+

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 (@dkattakhanova), tgdio üzerinde OnlyFans kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 4.488 abonesi var.

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 (@dkattakhanova) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @dkattakhanova abonesi olun.

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 iyi bir OnlyFans kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 4.488 abonesi var. Benzer OnlyFans kanallarla karşılaştırın.

Dilnozaxon Kattaxonova🇺🇿 istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @dkattakhanova sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.