http://Checkout.uz/'da yangilanish taqdim etildi.
Saytning birinchi dizayni 2026-yil 20-fevral sanasida taqdim etilgan bo'lsa, oradan bir necha oy o'tib, 2026-yil 13-iyul sanasida saytning ikkinchi yirik dizayn yangilanishi amalga oshirildi.
Yangilanishlar quyidagicha:
Saytning dizayni tubdan yangilandi va barcha sahifalar yangi ko'rinishga ega bo'ldi.
Foydalanuvchilarning Sozlamalar bo'limiga bir nechta yangi imkoniyatlar qo'shildi.
Jumladan:
- akkaunt parolini almashtirish;
- ikki bosqichli himoya (2FA) ni yoqish;
- bildirishnomalarni boshqarish;
- Telegram hisobini ulash.
Tizimga kirish sahifasida parolni tiklash imkoniyati ishga tushirildi.
API hujjatlari sahifasi to'liq saytning yangi dizayniga integratsiya qilindi. Shuningdek, shu vaqtgacha api hujjatlarini taqdim etishda ishlatilgan scalar tizimi olib tashlandi.
Kassalar endilikda tasdiqlanganlik nishonini olishlari mumkin.
Ushbu imkoniyat Kassa sozlamalari bo'limi orqali boshqariladi.
Yordam bo'limiga Push bildirishnomalar integratsiya qilindi.
Agar siz ushbu funksiyaga ruxsat bersangiz, administrator sizga javob yuborganida, sayt ochiq bo'lmasa ham qurilmangizga avtomatik ravishda bildirishnoma yuboriladi.
Avval xabar berganimizdek, kassalar uchun bir nechta turdagi to'lov sahifasi dizaynlarini almashtirish imkoniyati ishga tushirildi.
Saytning barcha ma'lumotlarni saqlash tizimi muvaffaqiyatli ravishda Cloudflare R2 infratuzilmasiga ko'chirildi.
Bunga:
- kassa rasmlari;
- chatlarda yuborilgan rasmlar (har ikki tomon uchun);
- foydalanuvchilarning kassalariga yuborilgan webhook ma'lumotlari kiradi.
Ko'chirish jarayonida sizga tegishli hech qanday ma'lumot o'chirilmadi.
Barcha fayllar xavfsiz tarzda yangi tizimga ko'chirildi.
Yordam bo'limiga sun'iy intellekt integratsiya qilindi.
Administrator ushbu funksiyani sizning chattingiz uchun yoqishi mumkin.
Bu esa administrator yordami talab qilinmaydigan murojaatlarda sizga avtomatik va tezkor javob olish imkoniyatini beradi.
Hozirda rejalashtirilgan yangilanishlardan faqat bittasi qolmoqda — API orqali amalga oshirilgan to'lovga tegishli fiskal chek (soliq cheki) ma'lumotlarini olish imkoniyati.
Ushbu imkoniyat ham tez orada foydalanishga topshiriladi.
Yangilanishlar shu bilan cheklanmaydi.
Kelgusida ham
http://checkout.uz/ tizimiga yangi imkoniyatlar va qulayliklar bosqichma-bosqich qo'shib boriladi.
🌐 Sayt:
http://checkout.uz/☎️ Admin:
https://t.me/checkout_help