Jalilov. Qaydlar Telegram channel photo

Jalilov. Qaydlar

@jalilovqaydlarPublic Channel

Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot

1.3k

Last views

4.9k (4,910 subscribers)
Üyeler
—
Rating
49
Total Posts
Oct 16, 2026, 11:27 PM
Güncellendi
Apr 22, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameJalilov. Qaydlar
Username@jalilovqaydlar
CategoryPinay İçerikleri
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler4,910
Channel TypePublic Channel
Created22 Nis 2026
Last Updated16 Eki 2026 • 6 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#108805+271
Dil Sıralaması
#1102+6
Kategori Sıralaması
#1130+8

Üye Büyümesi

Toplam: 4.9K30 Days growth: +801.7%
09/1709/2209/2710/0210/0710/1210/16
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
17:09:20264,830
18:09:20264,830
19:09:20264,837
20:09:20264,837
21:09:20264,837
22:09:20264,837
23:09:20264,837
24:09:20264,837
25:09:20264,837
26:09:20264,837
27:09:20264,837
28:09:20264,837
29:09:20264,837
30:09:20264,837
01:10:20264,837
02:10:20264,837
03:10:20264,837
04:10:20264,837
05:10:20264,837
06:10:20264,837
07:10:20264,837
08:10:20264,837
09:10:20264,837
10:10:20264,837
11:10:20264,837
12:10:20264,837
13:10:20264,837
14:10:20264,837
15:10:20264,837
16:10:20264,910
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 20:04:20264,703
Week of 27:04:20264,703
Week of 04:05:20264,778
Week of 11:05:20264,778
Week of 18:05:20264,778
Week of 25:05:20264,778
Week of 01:06:20264,778
Week of 08:06:20264,778
Week of 15:06:20264,778
Week of 22:06:20264,778
Week of 29:06:20264,778
Week of 06:07:20264,725
Week of 13:07:20264,725
Week of 20:07:20264,725
Week of 27:07:20264,725
Week of 03:08:20264,725
Week of 10:08:20264,725
Week of 17:08:20264,747
Week of 24:08:20264,747
Week of 31:08:20264,740
Week of 07:09:20264,830
Week of 14:09:20264,837
Week of 21:09:20264,837
Week of 28:09:20264,837
Week of 05:10:20264,837
Week of 12:10:20264,910
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20264,703
May 20264,778
June 20264,778
July 20264,725
August 20264,740
September 20264,837
October 20264,910
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20264,910

Son Yazılar

Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 09:10

Photo1/2
Umid qilamanki, oʻzbek tili bayramida oʻzbek tili uchun eng yomon sovgʻa boʻlmaydi

Ertaga - oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, oʻzbek tili kuni. Oxirgi bir asrdan sal koʻproq vaqt davomida oʻzbek alifbosi juda koʻp oʻzgardi: arab yozuvidan isloh qilingan arab yozuviga, soʻng lotin yozuvi asosidagi yanalifga (u ham oʻn yilcha vaqt davomida bir necha marta oʻzgartirildi), soʻng kirill va soʻng lotinga. Kirilldan lotinga oʻtilayotganda bir alifbo qabul qilindi, soʻng oradan ikki-uch yil oʻtib boshqasi (amaldagisi) qabul qilindi. Menimcha, hech qaysi til alifbosi bu qadar beqaror va tez oʻzgaruvchan boʻlmagan boʻlsa kerak. Hozirga qadar oʻzbek tili uchun mamlakat ichkarisida ikki alifbodan (kirill va amaldagi lotin), mamlakat tashqarisida esa bunga qoʻshimcha ravishda yana arab alifbosidan ham (masalan, Afgʻonistondagi oʻzbeklar) foydalaniladi. Bu borada ham oʻzbek tili unikal boʻlsa kerak - hech bir til uchun parallel ravishda uch alifbodan foydalanilmasa kerak.

Shu bilan birga, oʻtgan yillar davomida hozirgi lotinda oʻqiydigan va yozadigan avlod shakllandi, adabiyotlar va manbalar bazasi yaratildi, internet va sunʼiy intellekt ham hozirgi alifboni "tushunadigan" boʻlib qoldi. Koʻp noshirlar oʻzbek tilini "ikki alifbo oʻrtasida sarson boʻlish" balosidan qutqarish va amaldagi, qonun bilan tasdiqlangan alifbosida adabiyotlar koʻpayishiga hissa qoʻshish maqsadida kitoblarini faqat lotin yozuvida bosishga qaror qilishdi.

Mana endi, "bir tovushga bir harf" va "noqulay" degan oʻxshamagan bahonalar bilan oʻzlari lotin yozuvidan amalda foydalanmaydigan avlod yana yozuvni almashtirmoqchi. Eng qizigʻi - qonun bilan amaldagi lotin yozuvi oʻzbek tili uchun yagona yozuv standarti etib tasdiqlanganiga qaramasdan, davlatning eng yuqori idoralarida hujjatlar kirill yozuvida (va hatto aksar hollarda - boshqa davlat tilida) yuritiladi, bu alifboni tasdiqlab qonun qabul qilgan partiyalarning nashrlari ham "shapkasi" lotincha, ichi kirillcha chiqadi. Yaʼni, real olib qaraganda, oʻzbek tilining uzil-kesil yagona, qonun bilan tasdiqlangan yozuvga oʻtmagani sababi - aslida alifboning "noqulayligi" emas, qaror qabul qiluvchilar orasida uni qabul qilishni istamayotganlarning koʻpligi.

Agar ayrim "saroyga yaqin" bloger - amaldorlar taxmin (bashorat?) qilganidek, oʻzbek tili bayramiga "sovgʻa" sifatida alifboni yana oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qonun tasdiqlab yuborilsa, bu - oʻzbek tili uchun eng yomon "sovgʻa" boʻladi. Bu qaror yagona standartga oʻtishni taʼminlash oʻrniga tilni endi uch alifbolilik balosiga roʻbaroʻ qiladi, tilning turli hujjatlar, kitoblar, OAV va internet makonida ifodalanishida xaos yaratadi va oʻzbek tilining mamlakat ichida ham, tashqarisida ham nufuziga jiddiy putur yetkazadi - axir har nechadir yilda alifbosi oʻzgaradigan tilga ishonib boʻladimi?

Shunday ekan, umid qilamanki, oʻzbek tiliga uning bayramida bunday "sovgʻa" tortiq qilinmaydi. Qandaydir lobbilar manfaati va / yoki absurd bahonalar oʻzbek tiliga hurmatdan ustun kelmaydi.
1,3100022
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 01:29

Photo1/4
Va kun oxirida (yoki yangi kun boshida?) kitob tavsiyasi.

Yaqinda uygʻur shoiri Tohir Hamut Izgilning "Tunda hibsni kutib" ("Waiting to be arrested at night") asari mutolaasini (aniqrogʻi, audiokitob variantini eshitishni) tugatdim. Oʻz uyingda erkin boʻlmaslik, shunchaki oʻz ona tilingda gapirganing, oʻz madaniyating, diningga amal qilib yashashni xohlaganing uchun taʼqiblarga duchor boʻlish - dahshat. Inson birinchi navbatda erkin boʻlishi kerak - qolgan hammasi erkinlikdan keyingi masala.

Kitobda bir qiziq - mohiyatan, dahshatli! - epizod bor. Muallif bir serialni suratga olayotgan paytida prodyuser telefon qilib, oddiy "Assalomu alaykum" kalimasi - salomlashishda ishlatiladigan soʻz birikmasi taqiqlanganini, senzuraga uchraganini aytadi. Oʻylab koʻring: salomlashishda ishlatiladigan oddiy ibora taqiqqa uchragan. Negaligini hech kim aniq bilmaydi, tushuntirmaydi. Absurd emasmi?

Baʼzan oʻzimizda juda bu darajada boʻlmasa ham, shunga yaqin absurd va tushunarsiz taqiqlar - 404 boʻlgan maqolalar va oʻchir(tir)ilgan postlar uchrab turadi, lekin. Negadir oxirgi paytlarda koʻpaymoqda ham.

Inson eng avvalo erkin boʻlishi kerak. Ayniqsa, oʻz uyida, oʻz vatanida. "Ki sen ham hur tugʻilgʻonsen".
9440016
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 01:04

Masalan, hozirning oʻzida menga ta’limdagi natija va oqibatlar uchun oxirida kim javobgar ekani qiziq, supervazirlikmi yoki PA?
899000
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 00:48

Yoki matbuot anjumani oʻtkazish kerak, haliyam kechmas, tashkil qilishsa.
889007
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 00:14

Video
Kelishsa, Gazeta.uz’da platforma berishga biz tayyor. Hamma gap ularda, kelisharmikan?)
923004
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 00:12

Gap shundaki, bizning ta’limda podkastlarimiz muhokama qilganimizdek, maqsad va falsafa aniqlab olinmagan hali.
944003
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

20 Eki 2026 00:07

Samarqanddagi tadbirlar oʻtib olsin endi)
982000
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

19 Eki 2026 23:57

Sanjar Mirzaaliyev va Mehriniso Pardayeva Ta’lim va ilm-fan vaziri oʻrinbosarlari etib tayinlanishi kutilmoqda.
953008
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

19 Eki 2026 23:14

Photo1/2
X tarmog'ida juda ajoyib (va juda to'g'ri) fikrga duch keldim:

"Mutolaa performativ aktga, kimo‘zar musobaqasiga va yodlab pul ishlash vositasiga aylantirilayotgan joy bolalarning o‘qish savodxonligi bo‘yicha dunyoda oxirgi o‘rinlarda turishi yoki natijalari umuman tan olinmasligi ajablanarli emas". (Madina Musayeva)

Kontekst:
PISA-2022 tadqiqotlarida O'zbekiston o'quvchilari o'qish savodxonligi bo'yicha dunyoda 91 davlatdan 90 o'rinni egallashdi.
PISA-2025 taqdiqotlarida esa O'zbekistonning o'qish savodxonligi natijalari umuman tan olinmadi.
Katta-katta sovrinlar qo'yilgan kitobxonlik musobaqalari esa haqiqiy kitobxonlikka aloqasi yo'q, shunchaki xotirani tekshiradigan shoularga aylangan.
1,1900032
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

19 Eki 2026 19:54

Oʻzbekiston oʻzbek shoirasi haqida nimadir deydimi?

Axborot nashrlarining yozishicha, Afgʻonistonning xalqaro hamjamiyat tomonidan legitim hukumat sifatida tan olinmagan Tolibon hukumati shoira Mujda Oʻzbekni hibsga olgan. Shoira Tolibon hukumatini tanqid qilgan sheʼrlari uchun qamalgan, deyiladi xabarda.

Umuman, Afgʻonistonda Tolibon hukumatni qayta egallaganidan keyin inson huquqlari boʻyicha vaziyat juda ham abgorligicha qolmoqda. Qizlar va ayollarning taʼlim va erkin harakatlanish huquqini cheklashdan tashqari, Tolibon "islomiy qoidalar" niqobi ostida soʻz erkinligi, ifoda erkinligi, vijdon erkinligi va boshqa koʻplab fundamental inson huquqlariga nisbatan cheklovlar oʻrnatishgan. Afgʻonistonning Islom Respublikasi paytida amal qilgan Konstitutsiyada oʻzbek tiliga berilgan rasmiy maqom ham olib tashlangan.

Oʻzbekiston oʻzbek millatiga mansub shoira haqida ham, umuman mamlakatdagi inson huquqlarining ahvoli boʻyicha hozircha biron-bir rasmiy munosabat bildirgani maʼlum emas.

KabulNow

Taliban Detain Female Poet in Northeastern Afghanistan Over Critical Poems – KabulNow

KABUL, AFGHANISTAN - Taliban intelligence forces have detained and imprisoned Muzhda Uzbek, a poet from northern Afghanistan, sources in Takhar province confirmed to KabulNow. The sources said on Sunday, October 4, that Uzbek was arrested four days ago in…

1,1600020
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

19 Eki 2026 18:35

“Tuzilmalar emas, boshqaruv uslubi va niyati muhim”. Ta’lim qanday boshqarilishi kerak?

Ta’lim tizimi deyilganda, butun dunyoda bog‘chadan tortib oliygoh va undan keyingi bosqichlardagi jarayonlar nazarda tutiladi. Lekin uning boshqaruvi haqida gap ketsa-chi? U nimalarni qamrab oladi? Ayni soha tizimini idealda qanday boshqarilishi kerak? Bunda vakolatlar taqsimoti, sifat nazorati qay shaklda olib boriladi?

Gazeta "Ta’lim 360" podkastining 4-sonini ayni mavzuga bag‘ishladi. Unda doimiy ekspert Komil Jalilov hamda yana ta’lim masalalarida mutaxassis Azamat Akbarov ishtirok etdi.

Matn: https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/19/talim360-podkast/

Video: https://youtu.be/WQKvWlHbpP0?si=UvAjXWxea4AZZKzs

Dilshoda Shomirzayeva, Ma’murjon Obrahmatov, Behzod Habibullayev

Telegram | Instagram | YouTube
Video Thumbnail
1,110004
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

19 Eki 2026 09:20

"Oblono" va "Rayono"lar tugatilmaydi. Sobiq MMTV tizimidagi faqat bitta tashkilot boshqa bir agentlikka qo'shib yuborilishi hisobiga tugatilyapti.
1,370003
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

18 Eki 2026 22:40

Umuman olganda, six ham, kabob ham kuymaydigan tuzilma tashkil qilinyapti.
1,470007
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

18 Eki 2026 18:47

Taʼlim qanday boshqariladi? Bogʻcha va maktabdan tortib universitetlar va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimigacha butun taʼlimni bitta vazirlik samarali boshqarishi mumkinmi va qanday qilib? Vazirlik oʻz ishi sifatiga xolis baho bera oladimi?

Shu va shu kabi savollarni oliy taʼlim boʻyicha ekspert Azamat Akbar bilan birgalikda "Taʼlim 360" podkastining navbatdan tashqari - va noodatiy - sonida muhokama qildik. Podkastni, odatdagidek, jurnalist Dilshoda Shomirzayeva olib boradi.

Nega podkastning bu soni noodatiy - koʻrganda bilib olasiz. Albatta fikr-mulohazalaringizni podkast tagida qoldiring - bu biz uchun juda muhim.
Video Thumbnail
1,4900013
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

18 Eki 2026 16:36

Photo1/2
Ta’lim vazirligiga katta vakolatlar berilgani ham yordam bermagan ko‘rinadi
1,5000025
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

16 Eki 2026 19:11

Menimcha, Navoiy muzeyi atrofidagi voqealar yana bir narsani koʻrsatadi. Bizda qaror qabul qiluvchilarda qarorlarining oqibatlarini yoki bu qarorlarga munosabatni oldindan hisoblay olish qobiliyati aksar hollarda yoʻqqa oʻxshaydi. Xoʻp, mayli, deylik, niyat xayrlidir - myzeyni zamonaviy, muhtasham binoga koʻchirmoqchidir (buning qay darajada kerakligi - boshqa masala). Lekin, "Toshkentning markazidan, Navoiy koʻchasi, Navoiy metrosi, Navoiy haykali oldidan Navoiy muzeyini koʻchirtirishni odamlar qanday qabul qiladi?" degan savolni nahotki hech kim oʻylab koʻrmagan?
1,6600020
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

16 Eki 2026 18:57

Alisher Navoiy ko‘chasi, Navoiy haykali, Navoiy kinoteatri bor hududdan muzey yulib olinishini nega to‘g‘ri deb hisoblayapsizlar? Ya'ni butun bir ko‘chaning ramziy qiyofasi buzilmaydimi?
1,570009
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

16 Eki 2026 14:27

Photo1/2
Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziq fikrlardan:

Avvaliga yangi tashkil etilgan gigant vazirlikni kim boshqarishi ancha shov-shuv bo‘lib, taxminlar yomg‘irday yog‘ildi.
So‘ngra Sirdaryo viloyati hokimi kim bo‘lishi kun tartibiga chiqdi.
O‘ndan so‘ng hokim qolib, O‘zAning tasdiqlanmagan xabar tarqatgani atrofida bahslar boshlandi.
Va har bir tayinlov bir muncha kutib turildi, turfa saytu bloglarda har xil xabarlar tarqalishiga qo‘yib berildi go‘yo. Oxiri kechagi tayinlovlar bo‘ldi.

Endi esa aksar telegram kanallar, feyzbuk sahifalarida ma’lumotlar turfaligi, har xilligi, qaysi biriga ishonish kerakligi, odamlar to‘g‘risini qayerdan olishi lozimligi haqdagi qarashlar shunday tez bolalab boshladiki...

G‘arib o‘ylarim, bunday jarayonning nihoyasi barcha OAV ning bir qo‘l ostida birlashtirilishi, MTRK, O‘zA kabi gigantlar ham qaytadan tashkil etilishi va qo‘shib yuborilishi hamda bularning bari “aybdor” bo‘lmagan bir kishining qaramog‘iga o‘tishidan shubhada.

Tag‘inam kim bilsin. Bular bir mayda odamning bekorchilikdagi mayda o‘ylari, xolos ...

P.S. Bizni yagona "OʻzA - Oʻzbekiston 24" axborot makoni kutmoqdami? Omon boʻlsak - koʻramiz.
1,810008
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Xoʻp, vaʼda berayotganlar berayotgan vaʼdalari amalga oshirish https://t.me/muhrim2022 ekanligini tushunyaptimi - yoʻqmi, bir masala, lekin bu vaʼdalarni qabul qilayotganlar-chi, ular shu oddiy, SI tushunayotgan qonuniyatlarni tushunishmayaptimi?
1,370005
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Photo
Avgustning javobsiz baxsi: Imtiyoz imkoniyatmi yoki ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishi?

Agar yetim yoki kam taʼminlangan bola repetitorga borolmagani uchun imtiyozga muhtoj boʻlsa, bu – maktab taʼlimi tizimi ishlamayotganidan dalolat. Muammoni OTMga kirish paytida sunʼiy ball ulashish bilan emas, maktab davridayoq hammaga sifatli va bepul taʼlim berish orqali hal qilish kerak.​

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4980

Rasmiy sahifalarimiz👇

https://t.me/oyinauz | https://www.instagram.com/oyina.uz/ | https://x.com/oyinauz?s=21&t=7bF5JuXOxTxKuFObVtJnww | https://www.youtube.com/channel/UC-ldIOmQ6zSalis9azXTOWA
1,4200024
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Photo
Milliy o'quv dasturi muhokamasi

E'lon qilingan fan dasturlariga e'tibor berilsa, boshlang'ich sinflarda (1-4) "O'qish savodxonligi" fani saqlanib qolinganini ko'rib mumkin. Masalan, 2021-yilgi dasturda ona tilini kommunikativ maqsadlarda o'qitishga (til ko'nikmalarini rivojlantirish, tildan real vaziyatlarda foydalanishni o'rgatish) urg'u berilgani sababli, boshlang'ich sinflarda "o'qish" fani ona tiliga qilingan edi (umumiy soatlarni saqlab qolgan holda). Chunki matnni tushunish - bu nutq ko'nikmalaridan biri va mohiyatan ona tili darslarida rivojlantiriladigan ko'nikma. Qolaversa, o'qish ko'nikmasining til darsida rivojlantirilishi til qoidalarini matn asosida (kontekstda) imkonini beradi.

Lekin 2026-yilgi (muhokamaga qo'yilgan) dasturlarda "o'qish" ("o'qish savodxonligi") yana alohida fan sifatida ajratilgan, shu bilan birga, DTS loyihasiga ilova qilingan o'quv rejada 2-4 sinflarda ona tili va o'qish uchun umumiy soatlar hajmi 1 soatga https://www.gazeta.uz/ru/2026/08/24/school-program/. Va "o'qish savodxonligi" fani mohiyatan boshlang'ich adabiyot faniga aylantirilgan. Fanga oid kompetensiyalarning yo'nalishlari ham (5ta yo'nalish) 5-9 va 10-11 sinflardagi adabiyot fani yo'nalishlari bilan bir xil.

Lekin xalqaro tadqiqotlarga qarasak, "o'qish savodxonligi" = "adabiyot" (badiiy matnlarni tushunish) emas. Boshlang'ich ta'limni bitirayotgan o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholaydigan PIRLS taqdiqotlarida "o'qish savodxonligi" tushunchasiga "jamiyat talab qiladigan va/yoki shaxsning o'zi qadrlaydigan tilning yozma shakllarini tushunish va ishlata olish; turli shakllardagi matnlardan ma'no yaratish" deb https://timssandpirls.bc.edu/pirls2026/frameworks/chapter-1-reading-assessment-framework.html. PIRLS tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchisining matnni o'qish maqsadini ikki katta kategoriyaga bo'ladi: badiiy tajriba uchun o'qish hamda ma'lumot olish va ishlatish uchun o'qish. Va tadqiqotga har ikki maqsadga teng e'tibor beriladi, teng baholanadi.

O'zbekiston 2021-yilgi PIRLS taqdiqotlarida o‘rtacha balldan sezilarli past natija qayd qilgan va 57 mamlakat orasida 49-o‘rinni https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/17/pirls/ edi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, O‘zbekistonlik o‘quvchilar axborot matnini badiiy matnga qaraganda yomonroq tushunishlari qayd etilgan. Shuningdek, o'quvchilar yuqoriroq darajadagi ko‘nikmalarda (talqin qilish, integratsiya va baho berish) oqsashlari qayd etilgan. 2021-yilda o'tkazilgan EGRA taqdiqotlarida o'quvchilarning matnni tushunishi 5-sinfga borib keskin tushishi https://www.gazeta.uz/ru/2022/05/06/egra-egma/.

Badiiy matnning o'qish ko'nikmalari, so'z boyligi va tilni bilishni rivojlantirishdagi, shuningdek, insonni tarbiyalashdagi rolini inkor etmagan holda, o'qish savodxonligini faqat badiiy matnlar bilan cheklash noto'g'ri va xalqaro tadqiqotlarga zid. Maktabda o'quvchi bilimning katta qismini matn o'qish (darsliklarni o'qish, qo'shimcha adabiyotlarni o'qish) orqali oladi va bu matnlar faqat badiiy bo'lmaydi. Agar o'quvchiga boshlang'ich maktabdan badiiy bo'lmagan, hatto chiqizli bo'lmagan (masalan, infografika, jadval va hokazo shakllarda) matnlarni tushunish, talqin qilish, solishtirish, ulardan o'ziga kerakli axborotlarni olish, hatto matnning ishonchligiga baho berishni o'rgatmasak, o'quvchi yuqori sinflarga o'tgan sari - fanlar mazmuni murakkablashgan sari - darsliklar, o'quv adabiyotlari, qo'shimcha manbalardagi ma'lumotlarni tushunmay boraveradi va boshqa fanlar bo'yicha ham bazaviy savodxonlik darajasiga chiqa olmaydi (buni PISA-2022 https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/pisa/ ham ko'rsatib berdi).

Shunday ekan:

1) nega boshlang'ich sinflarda "o'qish savodxonligi" fani faqat badiiy matnlarni tushunishni qamrab olgan va mohiyatan adabiyot fanining boshlang'ich sinflar uchun variantiga aylanib qolgan?

2) modomiki ona tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv (2021-yilgi, ayrimlar hech qanday tadqiqotlarsiz "musor" deya ta'riflayotgan dasturlarda olib kirilgan) yondashuv saqlab qolingan ekan, o'qish ko'nikmalarini (xoh u badiiy matn bilan ishlash bo'lsin, xoh badiiy bo'lmagan) ona tili darslarida rivojlantirish mantiqan to'g'ri va samaraliroq bo'lmaydimi?
1,730007
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Oʻzi aslida, menimcha, RTM tashkil qilgan muhokama portalida izohlarni hammaga koʻrinadigan qilish kerak edi, bu - shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, qaysi fikrlar loyiha mualliflari tomonidan qabul qilingani, qaysilari rad qilingani va nima uchun rad qilinganini bilish uchun juda muhim edi. Lekin RTM negadir izohlarni koʻrinmaydigan qilish yoʻlini tanlagan va bu, istaysizmi yoʻqmi, maʼlum bir shubhalar uygʻotadi.
1,410002
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Photo
Milliy o'quv dasturi muhokamasi

"Davlat va huquq asoslari" fani dasturi loyihasi boʻyicha. Pedagog Jalol Boltayev eʼlon qilgan https://t.me/TESTLIDER qoʻshilaman. Bu haqidagi fikrlarimni "Xalq taʼlimi info" bildirganman.

1. Dasturdagi oʻquv maqsadlarida Blum taksonomiyasining quyi darajalariga - bilish (yodlash) va tushunishga eʼtibor haddan tashqari kuchayib ketgan. Ayniqsa, tayanch taʼlim (8-9 sinflar) bosqichida. Yuqori darajadagi koʻnikmalarga juda kam oʻrin ajratilgan.

2. Dasturning hozirgi tahririda oʻquvchini ongli inson, ongli fuqaro sifatida koʻrib, huquq va uning manbalari mohiyatini tushunishiga eʼtibor qaratish oʻrniga, uni potensial jinoyatchi sifatida koʻrib, jazo bilan qoʻrqitish ustunlik qilmoqda. Maqsad, misol uchun, bezorilikni bu ishi notoʻgʻri ekani uchun, ongli ravishda qilmaydigan shaxsni emas, bezorilikka qonunda belgilangan sanksiya tufayli, qoʻrquv tufayli qilmaydigan shaxsni tarbiyalash boʻlib qolgan. Yaʼni huquqni oʻqitishga nisbatan demokratik jamiyatning emas, totalitar davlatning yondashuvi ustuvor boʻlib qolgan. Bu - fundamental jihatdan notoʻgʻri.

P.S. Britaniya, xususan, Kembrijning oʻrta maktablar uchun huquq dasturi bunday tamoyil asosida tuzilmagan.
7,5100010
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Milliy o'quv dasturi muhokamasi

Yuqoridagi boʻyicha qisqacha izoh. Bu postda bildirilgan fikrlar muallifi - biologiya mutaxassisi, men emas. Agar taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari loyihalari boʻyicha boshqa fikrlar boʻlsa, ularni ham eʼlon qilishga tayyorman, chunki bunday muhim hujjatlar imkon qadar kengroq va atroflicha muhokama qilinishi kerak deb hisoblayman. Oʻzi aslida, menimcha, RTM tashkil qilgan muhokama portalida izohlarni hammaga koʻrinadigan qilish kerak edi, bu - shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, qaysi fikrlar loyiha mualliflari tomonidan qabul qilingani, qaysilari rad qilingani va nima uchun rad qilinganini bilish uchun juda muhim edi. Lekin RTM negadir izohlarni koʻrinmaydigan qilish yoʻlini tanlagan va bu, istaysizmi yoʻqmi, maʼlum bir shubhalar uygʻotadi.

Va, nazarimda, juda muhim jihat. Qandaydir loyihani eʼlon qildingizmi - tanqidlarga ham tayyor turing. Muhokama degani faqat ura-ura va maqtovlardan iborat boʻlishi shart emas. Muhokama aynan loyihaning bu loyihani yaratganlar eʼtiboridan chetda qolgan muammo va kamchiliklari haqida bilish uchun kerak. Fikr bildiradiganlar va bu fikrlarni umumiy muhokamaga olib chiqqanlarni "koʻrolmaydiganlar" deb tamgʻalash - sizning muloqotga tayyor emasligingizni koʻrsatadi va loyihaning yaxshilanishi, takomillashtirilishi yoʻllarini yopadi. Muhokamada eʼtiborni fikr bildirganlarga emas, muhokama obyektiga qarating.

Standartlar va oʻquv dasturlari loyihalari boʻyicha oʻzimning fikrlarimni alohida yozaman.
1,3800013
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Photo
Milliy o'quv dasturi muhokamasi

Respublika ta'lim markazi e'lon qilgan Milliy o'quv dasturlari muhokamasi davom etmoqda. Biologiya dasturi loyihasiga oid murojaat kelib tushdi. Murojaat muallifi - maktab biologiya o'qituvchisi. Uning yozishicha, dastur loyihasidan biologiya o'qituvchilari norozi bo'lishmoqda. Quyida mutaxassisning fikrlari to'liq keltirilgan:

Milliy dastur (Biologiya) bo'yicha o'qituvchilar norozi bo'lishmoqda.

Dastur xalqaro Cambridge IGCSE Biology (0610) dasturidan deyarli so‘zma-so‘z tarjima qilingan va mexanik ravishda ko‘chirilgan. Kembrij ta’lim tizimida IGCSE (0610) − bu 14-16 yoshli o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan boshlang‘ich va umumiy ta’lim bosqichidir. Kembrijda chuqurlashtirilgan ta’lim AS & A Level (9700) bosqichida o‘tiladi. Ishchi guruh xalqaro tajribaning faqat boshlang‘ich (IGCSE) qismini ko‘chirib, uni O‘zbekistonning 7, 8, 9, 10 va 11-sinflariga sun’iy ravishda yoyib chiqqan. A-Level darajasidagi asosiy va fundamentallashgan bilimlar tushirib qoldirilgan. Natijada milliardlab mablag‘ evaziga mualliflik ishlanmasi emas, balki xalqaro dasturning yuzaki va chala tarjimasi yaratilgan.

11-sinf dasturida genetika faqat monoduragay chatishtirish, Pennet katagida genotiplarni aniqlash, qon guruhlari va jins genetikasi bilan cheklangan. Diduragay va poliduragay chatishtirish (Mendelning 3-qonuni), Morgan qonunlari (genlarning birikib irsiylanishi va krossingover), xromosoma nazariyasi hamda genlarning o‘zaro ta’siri (komplementarlik, epistaz, polimeriya) butunlay chiqarib tashlangan. Maktabni bitirayotgan o‘quvchi murakkab irsiy masalalarni yechish ko‘nikmasiga ega bo‘lmaydi. Bu holat bitiruvchilarning milliy hamda xalqaro biologiya olimpiadalarida (IBO) sharmandali muvaffaqiyatsizlikka uchrashiga olib keladi.

Dasturga "hajm" berish va soat hajmini to‘ldirish uchun bir xil tushunchalar sun’iy ravishda maydalangan. Masalan, 11-sinf TF bo‘limida gameta, DNK, gen, allel, genotip, fenotip, gomozigota kabi oddiy lug‘at atamalarining har biriga alohida natija kodi ajratilgan (B11.TF.06–22). Gullarning changlanishi va tuzilishi 9, 10 va 11-sinf dasturlarida uch xil bo‘lim (TF, HJ, ES) ostida bir xil mazmunda qayta-qayta berilgan.

Shuningdek, 11-sinfda fundamental Genetika va Molekulyar biologiyaga bor-yo‘g‘i 15-20 ta natija ajratilgani holda, ma’lumot xarakteridagi Ekologiyaga 54 ta maqsad (B11.ES.01–54) berilgan. Bu o‘quvchi va o‘qituvchini monoton, zerikarli va samarasiz mehnatchiga aylantiradi.

Dasturda xalqaro tajriba deya ko‘rsatilgan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari respublikadagi maktablarning moddiy-texnik bazasiga mutlaqo mos emas:
Dasturga kiritilgan Benedikt eritmasi, Biuret reaksiyasi, DXFIF (2,6-dixlorofenolindofenol) bilan C vitaminini titrlash, dializ naychalari orqali osmosni o o‘rganish, EKG va puls-oksimetr uskunalaridan foydalanish kabi laboratoriyalar respublikamizdagi 10 000 dan ortiq maktabning 95 foizida mavjud emas.
Reaktiv va asbob-uskunalar bilan ta’minlanmagan maktabda bu o‘quv topshiriqlari amalda bajarilmaydi. Natijada o‘qituvchilar qog‘ozda "o‘tildi" deb hisobot berishga, o‘quvchilar esa amaliyotni shunchaki quruq yodlashga (abstrakt tasavvur qilishga) majbur bo‘ladi.

Bir gap bilan aytganda, shu dasturni tuzgan pedagog o'zi yaxshi bilmaydigan mavzularni chiqarib tashlagan. O'zi yaxshi bilgan mavzularni suniy ko'paytirgan.

Yana bir muammo: dasturda faqat quyi kognitiv darajalarini qoldirilgan, yaʼni dastur faqat bilishga qaratilgan.

Shu dastur bo'yicha jiddiyroq ish olib borish kerak deb o'ylayman. Chiqarib tashlangan mavzularni nima sababdan chiqarilganini, qaysidir mavzularni suniy ko'paytirilganini huquqiy, amaliy tamomlama asoslab berishsin.

P.S. Yuqoridagilar - mutaxassisning fikri. Yuqorida bildirilgan fikrlar bo'yicha va umuman, dastur loyihasi bo'yicha qo'shimcha fikrlar, vazirlik yoki RTMning munosabati bo'lsa - ularni ham berishga tayyorman.
3,7300032
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Tasavvur qiling, yashab turgan uyingizga qaysidir mansabdor “tozalik reydi” bahonasida kirib, sizni jarimaga tortmoqchi. Yoki nizo chiqdi, shu payt siz ikkinchi tarafni haqorat qilib qo‘ydingiz yoki qandaydir laqab ishlatdingiz. Bunday holatlarda o'zini qanday tutishni bilish uchun ham huquqiy savodxonlik kerak. Mehnat, xizmat ko‘rsatish sohalari, oldi-sotdi munosabatlari, iste’molchilarning huquqlari, qarz oldi-berdisi, kredit, oilaviy munosabatlar - bularning hammasida ham yana huquqiy savodxonlik muhim o'rin egallaydi. Lekin biz ko'p hollarda huquqimizni bilmaymiz, yoki bilsak ham uni himoya qila olmaymiz.

Shu sababli Gazeta insonlarga o‘z huquqlarini yaxshiroq anglashi, bu orqali o‘zlarini himoya qilishlari va xavfsizroq, ishonchliroq yashashlari uchun yangi loyiha — “AdvoKast” huquqiy podkastini boshladi. Podkastning birinchi soni matnini maqola tarzida https://www.gazeta.uz/oz/2026/08/25/advokast/, https://www.youtube.com/watch?v=zhcc4v8Xvcs Gazeta'ning YouTube kanalida ko'rishingiz mumkin.

Huquqlaringizni biling!
Video Thumbnail
1,480007
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Konstitutsiyaning ochiq oydin buzilishi - davlat maktabida oylik toʻlovi 29 milliongacha boʻlgan pulli sinflar ochilishiga munosabat bildirgan Bakiroo bira toʻla feodalizm joriy etib qoʻya qolishni - bu maktablar bitiruvchilariga bir umrlik immunitet berishni kinoya bilan https://t.me/the_bakiroo.

"Singan oynalar nazariyasi"ni shu holatga tadbiq qiladigan boʻlsak, Konstitutsiya bir holatda, qaysidir guruh yoki qatlam manfaati uchun buzilgan boʻlsa, "barcha teng, lekin kimlardir tengroq" tamoyili ishga tushirilgan boʻlsa, nega endi boshqalarga nisbatan buzish mumkin emas?

Lekin agentlikka qoyil qolsa arziydi. Yopiq qarorni pesh qilib (oʻzi taʼlim sohasida qanday XDFU hujjat boʻlishi mumkin - bu davlat siri yoki tor idoraviy manfaat emas-ku, hammaga taalluqli soha-ku?) Konstitutsiyani ham, xalqni ham bu darajada qilish - hammaga ham emas.
1,8100018
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

04 Eyl 2026 22:07

Milliy o'quv dasturi muhokamasi

"Xalq taʼlimi info" nashri ham yangi Milliy oʻquv dasturi loyihasi boʻyicha oʻzining kichik https://t.me/xalqtaliminfo eʼlon qildi. Unda, xususan, "davlat va huquq asoslari" fani dasturining ayrim jihatlariga eʼtibor qaratilgan.
1,530005
Jalilov. Qaydlar logo
Jalilov. Qaydlar

25 Nis 2026 00:33

“Таълимда ёдлаш тизими ҳамон ҳукмрон ва мактаблар табақалаштирилган”
7790010

Showing 30 of 49 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Jalilov. Qaydlar Telegram kanalı ne hakkında?+

Jalilov. Qaydlar (@jalilovqaydlar), tgdio üzerinde Pinay İçerikleri kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 4.910 abonesi var.

Jalilov. Qaydlar (@jalilovqaydlar) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @jalilovqaydlar abonesi olun.

Jalilov. Qaydlar iyi bir Pinay İçerikleri kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Jalilov. Qaydlar puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 4.910 abonesi var. Benzer Pinay İçerikleri kanallarla karşılaştırın.

Jalilov. Qaydlar istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @jalilovqaydlar sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.