Yaqinda jonli efir qilayotgandim. Bir inson savol berdi:
Ular: Zreniyangiz pastmi?
Men: Ha.
Ular: Men ham shundan qiynalaman.
O’sha paytda man ularga shunday javob berdim, keyin o’zim ham bu haqda o‘ylab qoldim.
— Yo’q, nimasi qiyin? Bu ham bir ne’mat-ku. Ko’zimiz mukammal ko’rmasligi mumkin, lekin baribir ko’ryapmiz. SubhanAllah, hatto yaxshiroq ko’rishimiz uchun ko’zoynak kabi vositalar ham bor.
Qizig’i, man bu haqda oldindan hech qachon chuqur o’ylab ko’rmagan ekanman. Bu shunchaki o’sha paytda aytgan javobim edi.
Lekin keyin o’ylab qoldim: rostdan ham shunday-ku.
Ba’zan biz biror narsaning yetishmayotgan tomoniga shunchalik ko’p e’tibor beramizki, uning o’zida bor ne’matni sezmay qolamiz.
Ko’zimiz tiniq ko‘rmasligi mumkin, lekin ko’rishning o‘zi katta ne’mat.
Qolaversa, Alloh bizga sabablarni ham bergan: ko’zoynak, tibbiyot, davolanish imkoniyatlari.
SubhanAllah, inson ba’zan bir narsaga boshqa tomondan qarashi uchun uzoq o’ylashi shart emas ekan. Ba’zan bir og’iz gapning o’zi ham o’ziga qaytib, nimanidir anglashga sabab bo‘ladi.
Man bu fikrni oldindan tayyorlamagan edim. O’sha paytda qalbimga kelgan javob edi. Uni Allohning ilhomi deb his qildim.
Va hozir yana bir bor o’ylayapman:
Balki shukr faqat bizda bor narsalarni sanash emas, balki kamchilik deb ko’rayotgan narsalarimiz ichida ham qanday ne’matlar borligini anglashdir.










