Luna Khusan Telegram channel photo

Luna Khusan

@lunakhusanovaPublic Channel

Tinch odam Bu yerda qalbim va aqlimdagilarni bo‘lishaman. Bu kanalda postlar o‘rgatish uchun emas, o‘rganish uchun yoziladi

AnimeTürkçeTürkiye

415

Last views

1.6k (1,615 subscribers)
Üyeler
—
Rating
45
Total Posts
Oct 15, 2026, 8:02 PM
Güncellendi
Apr 11, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameLuna Khusan
Username@lunakhusanova
CategoryAnime
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler1,615
Channel TypePublic Channel
Created11 Nis 2026
Last Updated15 Eki 2026 • 6 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#146452+366
Dil Sıralaması
#1396+1
Kategori Sıralaması
#5804+16

Üye Büyümesi

Toplam: 1.6K30 Days growth: +100.6%
09/1609/2109/2610/0110/0610/1110/15
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
16:09:20261,605
17:09:20261,605
18:09:20261,606
19:09:20261,606
20:09:20261,606
21:09:20261,606
22:09:20261,606
23:09:20261,606
24:09:20261,606
25:09:20261,606
26:09:20261,606
27:09:20261,606
28:09:20261,606
29:09:20261,606
30:09:20261,606
01:10:20261,606
02:10:20261,606
03:10:20261,606
04:10:20261,606
05:10:20261,606
06:10:20261,606
07:10:20261,606
08:10:20261,606
09:10:20261,606
10:10:20261,606
11:10:20261,606
12:10:20261,606
13:10:20261,606
14:10:20261,606
15:10:20261,615
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20261,706
Week of 13:04:20261,696
Week of 20:04:20261,696
Week of 27:04:20261,682
Week of 04:05:20261,682
Week of 11:05:20261,682
Week of 18:05:20261,646
Week of 25:05:20261,646
Week of 01:06:20261,646
Week of 08:06:20261,646
Week of 15:06:20261,646
Week of 22:06:20261,646
Week of 29:06:20261,578
Week of 06:07:20261,578
Week of 13:07:20261,578
Week of 20:07:20261,578
Week of 27:07:20261,578
Week of 03:08:20261,578
Week of 10:08:20261,645
Week of 17:08:20261,612
Week of 24:08:20261,601
Week of 31:08:20261,601
Week of 07:09:20261,605
Week of 14:09:20261,606
Week of 21:09:20261,606
Week of 28:09:20261,606
Week of 05:10:20261,606
Week of 12:10:20261,615
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,696
May 20261,646
June 20261,646
July 20261,578
August 20261,601
September 20261,606
October 20261,615
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20261,615

Son Yazılar

Luna Khusan logo
Luna Khusan

18 Eki 2026 07:08

Bir qiziq voqea bo‘ldi..

Yaqinda jonli efir qilayotgandim. Bir inson savol berdi:

Ular: Zreniyangiz pastmi?
Men: Ha.
Ular: Men ham shundan qiynalaman.

O’sha paytda man ularga shunday javob berdim, keyin o’zim ham bu haqda o‘ylab qoldim.

— Yo’q, nimasi qiyin? Bu ham bir ne’mat-ku. Ko’zimiz mukammal ko’rmasligi mumkin, lekin baribir ko’ryapmiz. SubhanAllah, hatto yaxshiroq ko’rishimiz uchun ko’zoynak kabi vositalar ham bor.

Qizig’i, man bu haqda oldindan hech qachon chuqur o’ylab ko’rmagan ekanman. Bu shunchaki o’sha paytda aytgan javobim edi.

Lekin keyin o’ylab qoldim: rostdan ham shunday-ku.

Ba’zan biz biror narsaning yetishmayotgan tomoniga shunchalik ko’p e’tibor beramizki, uning o’zida bor ne’matni sezmay qolamiz.

Ko’zimiz tiniq ko‘rmasligi mumkin, lekin ko’rishning o‘zi katta ne’mat.

Qolaversa, Alloh bizga sabablarni ham bergan: ko’zoynak, tibbiyot, davolanish imkoniyatlari.

SubhanAllah, inson ba’zan bir narsaga boshqa tomondan qarashi uchun uzoq o’ylashi shart emas ekan. Ba’zan bir og’iz gapning o’zi ham o’ziga qaytib, nimanidir anglashga sabab bo‘ladi.

Man bu fikrni oldindan tayyorlamagan edim. O’sha paytda qalbimga kelgan javob edi. Uni Allohning ilhomi deb his qildim.

Va hozir yana bir bor o’ylayapman:
Balki shukr faqat bizda bor narsalarni sanash emas, balki kamchilik deb ko’rayotgan narsalarimiz ichida ham qanday ne’matlar borligini anglashdir.
4150047
Luna Khusan logo
Luna Khusan

17 Eki 2026 04:38

Bir muddat ba’zi iltimoslarga vaqtim bo‘lmasa ham rozi bo‘lib yurdim. Balki yordam bergim kelgandir, balki rad etish noqulay tuyulgandir. Har holda, “mayli, qilaman” dedim.

Lekin vaqt cheklangan. Bir ishga rozi bo’lsez, unga shunchaki yaxshi niyat emas, vaqt va mas’uliyat ham ajratishiz kerak.

Natijada vaqtim yetmadi. Ba’zi ishlarni kechiktirdim, ba’zilarini esa va’da qilgan vaqtimda bajara olmadim.

Eng yomoni, o’zimni oldimda ham, boshqalarni oldida ham noqulay vaziyatda qoldim.
Shunda bitta narsai tushundim: yordam berishni xohlash bilan yordam bera olish, ikki xil narsa.

Sizning niyatingiz yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin imkoniyatingiz yetmasa, bergan va’dangiz baribir bajarilmay qoladi.

Ba’zan “yo’q” desak, odamning ko’ngli qolishidan qo’rqamiz. Lekin o‘ylamay turib “ha” deyishimiz oxir-oqibat undan ham noqulay vaziyatga olib kelishi mumkin ekan ))

Hozir bitta narsani o‘rganyapman: har bir iltimosga darrov javob berishim shart emas. Avval vaqtimni, imkoniyatimni va boshqa majburiyatlarimni hisobga olishim kerak. Chunki zimmamizdagi ishlarni haqqi ham bor.

“yo’q” deyish ba’zan insonni xafa qilishi mumkin, lekin bajara olmaydigan ishga “ha” deyish ham to’g’ri emas.

Hamma uchun qulay inson bo’lishga harakat qilib, o’z so’zining ustidan chiqolmaydigan insonga aylanib qolmaslik kerak.
5170026
Luna Khusan logo
Luna Khusan

11 Eki 2026 14:36

Toshkentda nima taxi ishlayapti🥲?
933007
Luna Khusan logo
Luna Khusan

07 Eki 2026 18:36

Doimiylik.

Dinimizda amallarning eng sevimlisi, oz bo‘lsa ham doimiy bo‘lgani haqida aytiladi.
SubhanAllah, bu fikr hayotning juda ko’p joyiga to’g‘ri keladi.

Mediada o‘z brendingizni yaratmoqchimisiz?
Doimiy bo’ling.

Bir oyda 20 ta post chiqarib, keyin uch oy yo‘qolib ketishdan ko‘ra, uzoq vaqt davomida muntazam ravishda o‘z fikrlaringizni ulashish ko‘proq natija beradi.

Kitob o‘qimoqchimisiz?

Bir kunda 100 bet o’qib, keyin bir oy kitobga qaramaslikdan ko’ra, har kuni 10 bet o‘qish sizga ko‘proq kitob o’qish imkonini beradi

Biror hunarni o’rganmoqchimisiz?
Har kuni ozgina mashq qiling.

Til o‘rganmoqchimisiz?
Har kuni gapiring, o’qing, eshiting.

Munosabatlarni yaxshilamoqchimisiz?

Bir marta katta katta e’tibor yoki sovg’a qilishdan ko’ra, kichik g’ammxo’rliklarni doimiy qilish ko‘proq narsani anglatadi.

Menimcha, hayotda ko’p narsani aynan shu prinsip yutadi:

katta boshlash emas, davom ettirish.

Chunki boshida hamma narsa qiziq.
Motivatsiya bor. Energiya bor. Rejalar bor.

Asl natija esa bir necha hafta yoki oy o‘tgandan keyin, boshlang‘ich hayajon yo‘qolganda ham davom eta olganingizda paydo bo‘ladi.

Balki doimiylikning eng chiroyli tomoni ham shunda.

U sizdan har kuni juda ko‘p narsani talab qilmaydi.
Faqat bugun ham kechagidek ozgina harakat qilishni so‘raydi.

Va shu kichkina amallar yig’ilib, bir kuni katta o‘zgarishga aylanadi.
1,4900033
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eki 2026 03:26

Bir narsaning ustida qanchalik ko‘p va diqqat bilan ishlasangiz, oxir-oqibat unda nimagadir erishasiz.

Bu har doim ham darrov sezilmaydi.
Masalan, oldingizda tushunarsiz bir vazifa turibdi.

Birinchi qarashda miyangiz tabiiy ravishda undan qochishni xohlaydi. Boshqa ish topadi, telefonni tekshirgisi keladi, “keyinroq qilaman” degan bahona paydo bo‘ladi.

Chunki tushunarsizlikning o‘zi miyaga og‘ir.
Lekin vazifaning yoniga qaytib kelasiz.

O‘ylaysiz. Izlanasiz. Birinchi urinish qilasiz, chiqmaydi. Yana urinib ko‘rasiz. Nimadir tushunarli bo‘la boshlaydi.

Keyin boshqa tomondan qaraysiz.
Asta-sekin miyangizda alohida-alohida turgan narsalar bir-biriga ulanadi.

Va bir payt kelib, kecha tushunarsiz bo‘lgan narsa bugun ancha ravshan ko‘rinadi.
Keyin esa shunchaki tushunib qolmay, uning ustida ijod qila boshlaysiz.

O‘zgartirasiz. Sinaysiz. Xato qilasiz. Sayqallaysiz.
Va oxirida nimadir chiqadi.
Balki mukammal emasdir.

Lekin kecha umuman yo‘q bo‘lgan narsa bugun sizning qo‘lingizda turibdi.
Menimcha, ko‘p narsalar aynan shunday yaratiladi.

Avvaliga bizga qiyin tuyuladi. Keyin unga yetarlicha vaqt beramiz. Va bir nuqtada qiyin bo‘lgan narsa o‘zimiz qila oladigan narsaga aylanadi.

Shuning uchun ba’zan “men buni qila olmayman” degan fikrga juda tez ishonib yubormaslik kerak.
Balki siz hali shunchaki uning ustida yetarlicha uzoq qolmagandirsiz.
1,1800036
Luna Khusan logo
Luna Khusan

23 Eyl 2026 16:20

“Ko‘p ishlasangiz, albatta burnout bo‘lasiz.”

Bu gapni oxirgi paytlarda juda ko‘p eshitamiz.
“Ko‘p ishlama, burnout (hissiy charchash) bo‘lasan.”

Go‘yo burnoutning asosiy sababi ishning ko‘pligidek.
Lekin biroz o‘ylab qarasak, har doim ham unday emas.

Ba’zi insonlar kuniga juda ko‘p ishlaydi, lekin qilayotgan ishidan zavq oladi, uning ma’nosini ko‘radi va o‘z vaqtini qanday boshqarishni biladi.

Ba’zilar esa unchalik ko‘p ishlamasa ham, doim charchagan bo‘ladi.
Nega?

Chunki insonni faqat ishning miqdori charchatmaydi.
Ish ustidan nazorat qila olmaslik, qilayotgan narsangning ma’nosini ko‘rmaslik, doimiy bosim, tiklanishga vaqt topolmaslik, qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi, bular ham juda katta rol o‘ynaydi.

Menimcha, eng qiziq joyi ham shu.
Juda band bo‘lish va burnout bir xil narsa emas.

Ba’zan kun bo‘yi ishlaysiz, lekin kechqurun ichingizda yaxshi charchoq bo‘ladi: “Bugun nimadir qildim”, degan hissiyot.

Ba’zan esa atigi bir nechta ish qilasiz, lekin kun oxirida miyangiz butunlay tugagandek bo‘ladi.

Demak, masala faqat qancha ishlaganimizda emas.
Qanday ishlayotganimizda ham.

Balki shuning uchun hayotimizda faqat “qancha ishladim?” degan savol bo‘lmasligi kerak.

“Men nima uchun buni qilyapman?”
“Bu jarayonda o‘zimni qanchalik nazorat qila olyapman?”
“Qilayotgan ishim men uchun nimanidir anglatadimi?”
degan savollar ham kerak.

Chunki ba’zan bizga ko‘proq dam olish emas, qanday yashayotganimizni qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
1,4500025
Luna Khusan logo
Luna Khusan

12 Eyl 2026 19:41

Mas’uliyat bizni o‘zimizga ishonchliroq qiladi

Yoz oyida jamoamiz rahbari bilan o‘tirib, keyingi jarayonlar va vazifalarni kelishib oldik.

O‘sha paytdagi eng yomon kelishuvim, ertalab 09:00 dan aktiv bo‘lish edi :)

Bizda hech kim shtatda ishlamaydi. Lekin kelishuvimiz shunday edi: 09:00 dan boshlab uyg’oq va aktiv bo‘lishi kerak.

Birinchi hafta amallab 10:00 larda kunni boshlashga harakat qildim. Rahbarimiz esa har kuni 09:00 ni eslatib turdilar. Taxminan 10 kunlardan keyin asta-sekin bu odat shakllana boshladi.

Qiziq tomoni, 09:00 da ish boshlashning o‘zi hayotimni keskin o‘zgartirmadi. Lekin kunni ertaroq boshlash boshqa narsalarni tartibga sola boshladi.

Maishiy ishlar, mayda vazifalar, miyadagi tarqoq fikrlar, hammasiga vaqt topila boshladi.
Bu shunchaki ish rejimi emas, intizomning boshlanishi bo‘ldi.

Keyin yana bir shart bor edi: har kuni qaysidir filialda bo‘lish.

To‘g‘ri, jarayonning ichida bo‘lganingizda har doim ham eng effektiv ishlay olmaysiz. Lekin jarayonda bo‘lishning boshqa foydasi bor ekan, siz ishlash uchun kerakli resurslarni yig‘asiz.

Odamlarni ko‘rasiz, muammolarni joyida tushunasiz, nimani o‘zgartirish kerakligini his qilasiz.

Shuning uchun kun davomida filiallarda bo‘lib, kechqurun 2 soatlik deep work qilish men uchun juda yaxshi kombinatsiyaga aylandi.

Va shu jarayonda bir narsani tushundim:
Mas’uliyat odamga faqat vazifa yuklamaydi. U odamni o‘ziga ishontiradi.
Avval “buni qila olamanmi?” deb o‘ylaysiz. Keyin esa har kuni qilaverib, o‘zingiz haqingizdagi tasavvuringiz o‘zgaradi.

09:00 da turish. Jarayonda bo‘lish. Va’dada turish. Biror ishni oxirigacha yetkazish.
Bularning har biri kichkina narsadek ko‘rinadi. Lekin vaqt o‘tib, ichingizda: “Men o‘zimga bergan va’damni bajara olaman”, degan ishonch paydo bo‘ladi.

Bu yoz men uchun aynan shuning uchun juda yaxshi o‘rganishlar oyi bo‘ldi.

(Aytgancha, hozir istasam ham 11:00-12:00 gacha uxlay olmayman😭 )
1,8100023
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Yuqori standartlar hech qachon tashqi narsalar bilan o‘lchanmaydi.

Qanday mashina minishingiz, qayerda yashashingiz yoki qancha daromad topishingiz, bular insonning haqiqiy darajasini belgilamaydi.

Yuqori standart, avvalo, insonning shaxsiyati bilan o‘lchanadi.

Odamlarga adolatli munosabatda bo‘la olish, bergan va’dasida turish, yaxshilik qilish, birovning qalbini og‘ritmaslik, imkon topganda yordam qo‘lini cho‘zish, hurmatni mansabga emas, insonga qarab ko‘rsatish - mana shu haqiqiy yuqori standartdir.

Chunki axloq pul bilan sotib olinmaydi, insoniylik esa mavqe bilan kelmaydi.

Men tanigan moliyaviy jihatdan juda muvaffaqiyatli insonlarning aksariyatida aynan shu fazilatlarni ko‘rganman. Ular muvaffaqiyatga erishgani uchun odamlarga yaxshi munosabatda bo‘lishmaydi. Aksincha, odamlarga qanday munosabatda bo‘lishni bilganlari uchun ham muvaffaqiyatga erishishgan.

Haqiqiy yuqori standart, bu kiygan kiyimimizda emas, xarid qilgan buyumlarimizda emas.

U bizning axloqimizda, insoniyligimizda va ortimizdan odamlar qanday duo bilan eslashida namoyon bo‘ladi.
1,9000038
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Qanday qilib odam mas’uliyatdan bunchalik oson qochadi?

Bir freelancerga muhim video montajini topshirdik. Deadline ham biz emas, uning o’zi qulay deb aytgan sanaga qo’yildi, 30-iyun.

Muddat tugashiga bir necha soat qolganida hech bo’lmasa draftini ko’rsak deb bog’landik. Javob bo’lmadi.

Ertasi kuni yozdi: “Mazam yo’q edi. Bugun kechgacha aniq tugataman.”

Yana ishondik.

Kech keldi lekin video kelmadi.

Keyin yana bir va’da. Yana bir bahona. Yana kutish.

Uch marta bir xil holat takrorlangach, endi sabr ham tugaydi.

Uni tavsiya qilgan hamkasbimizdan qayerda bo’lsa ham topishini so’radik. Keyin bilsak, “mazam yo’q” degan odam boshqa syomkada bemalol ishlab yurgan ekan.

Eng alam qiladigani esa boshqa narsa.

Bitta odamning mas’uliyatsizligi butun soha haqida noto’g’ri tasavvur uyg’otadi. Shunday holatlardan keyin “freelancerlarga ishonib bo’lmaydi”, “media sohasidagi odamlar shunaqa” degan gaplar paydo bo’ladi.

Holbuki, bu kasbning emas, insonning tanlovi.

Iste’dod muhim. Tajriba ham muhim. Lekin ularning barchasi mas’uliyat bo’lmasa, qiymatini yo’qotadi.

Iltimos, kasbingizni hurmat qiling. Odamlarning ishonchini qadrlang. Va eng muhimi, bergan so’zingizga vafo qiling.
1,6400039
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Ba’zida odamlar aytishadi: “Doim o’zingni birinchi o’ringa qo’y.”

Men esa bu fikrga to’liq qo’shilmayman.

To’g’ri, insonning o’z maqsadlari, o’z qadri va o’z chegaralari bo’lishi kerak. Lekin hayot faqat “men” atrofida aylanmaydi.

Bilasizmi, ulamolar aytishadiki, dunyoni tushunish uchun Asr surasini o’qishning o’zi yetarli.

“Asr bilan qasam, Albatta inson ziyondadir.

Faqat iymon keltirganlar va solih amallar qilganlar, bir-birlarini haq yo’lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar mustasno.”

E’tibor bering, bu yerda insonning najoti faqat o’zi bilan bog’lanmayapti. Oyatda bir-birimizni haq yo’lga chaqirish va bir-birimizni sabrga undash ham najot sabablaridan biri sifatida zikr qilinmoqda.

Ya’ni, biz faqat o’zimiz uchun yashab emas, balki bir-birimizga bo’lgan munosabatimiz orqali ham ziyondan holi bo’lamiz.

Shuning uchun men “faqat o’zingni birinchi o’ringa qo’y” degan fikrni to’liq qabul qila olmayman.

Ha, o’z rejamiz, o’z maqsadimiz, o’z hayotimiz bo’lishi kerak. Ammo atrofimizdagi insonlar bilan go’zal muomala qilish, kerak bo’lganda ularga tayanch bo’lish, haqni eslatish va sabr bilan yonida turish ham insonni kamolga yetkazadigan fazilatlardandir.

Ba’zan insonning eng katta yutug’i faqat o’zi uchun yashashida emas, balki boshqalarning hayotiga ham oz bo’lsa-da yaxshilik qo’sha olishidadir.
1,9600045
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Bilasizmi, aslida bizni nima qadrli qiladi?

Insonning haqiqiy qiymati, uning
qarashlari qanchalik mustahkamligida va uzoq muddatli qaror qabul qila olishidadir.


Keling, tarixga qaraylik. Bundan 700 yil oldin Amir Temur oʻz saltanatini "Kuch - adolatdadir" degan yagona prinsip ustiga qurdi. Oʻsha asrda ham kuch adolatda edi, bugungi eng rivojlangan davlatlar poydevorida ham aynan shu qonun ustuvorligi turibdi.

Yoki Ibn Sino va Enshteynni olaylik. Ularning bundan asrlar oldin, bitta qogʻoz va qalam bilan chiqargan ilmiy xulosalari bugun - texnologiya asrida ham oʻz
toʻgʻriligini yoʻqotmadi.

Mana ularni abadiy qilgan narsa: ular bir muddatli fikrlar emas, vaqt sinovidan oʻtadigan haqiqatni koʻra olishgan.

Shuning uchun hayotda bugungi kunning mayda tashvishlariga chalinmay, uzoqni oʻylab qadam tashlash muhim. Bugun shoshilib qilingan oʻtkinchi tanlovlar unutiladi, uzoq muddatli va toʻgʻri prinsiplar esa doimiy qoladi.
1,6400035
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Biz o‘ylaganimizchalik odamlarga qiziq emasmiz.

Ko‘pincha o‘zimizni boshqalarning nigohi bilan baholaymiz. Nima kiyishimiz, qanday gapirishimiz, qanday ko‘rinishimiz, biror xato qilib qo‘ymasligimiz haqida ortiqcha o‘ylashimuz. Huddi hamma bizni kuzatayotgandek tuyuladi.

Aslida esa odamlarning ham o‘z hayoti bor. Ularning ham o‘z tashvishlari, maqsadlari, qo‘rquvlari va o‘ylari yetarli. Ko‘pchilikning bizni muhokama qilishga na vaqti bor, na ehtiyoji bor

Biz esa ba’zan boshqalarning xayoliy fikrlari uchun o‘zimizni cheklab qo‘yamiz. Gapirmaymiz. Boshlamaymiz. Urinmaymiz.

Shuning uchun xato qilishdan qo‘rqmang. Yiqilishdan qo‘rqmang. Nimadir birinchi urinishdayoq mukammal chiqmasligidan qo‘rqmang.

Chunki sizni eng ko‘p kuzatayotgan odam, o‘zingizsiz. Boshqalar esa siz o‘ylaganchalik uzoq to‘xtab qarashmaydi.

Hayotni boshqalarning nazari bilan emas, o‘zingizning orzularingiz bilan yashang. Axir bir kun ortga qaraganingizda, qilgan xatolaringizdan emas, jur’at etolmagan qadamlaringizdan ko‘proq afsuslanishingiz mumkin.
2,1300041
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Eyl 2026 20:02

Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument.

21 tasi tayyor. 9 ta eng kuchlisi oldinda.
ScaleUp arxividagi tayyor checklist:
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz
⚪️ https://t.me/scaleupuz

Har birida: nazariya + real loyihadan misol + qayerda qo'llash.
Oldinda - 9 ta eng kuchli instrument.

Mening kafolatim:
Bu 30 ta instrumentni ongli o'rganib, o'z mahsulotiga qo'llagan mutaxassis bozorda raqobatbardosh taklif bera oladi - buni shaxsan kafolat beraman.
Mahsulot, narx, paket, taklif tarkibi - hammasi boshqacha ko'rinadi.

21 ta post arxivda - bugundan o'qish mumkin.
9 ta yo'lda - bittasini ham o'tkazib yubormang.

Scaleup | https://t.me/scaleupuz
1,440000
Luna Khusan logo
Luna Khusan

03 Eyl 2026 08:24

Vaqt aslida nima?

Takrorlanishlar bizga vaqt o’tayotganini sezdiradi.

Yangi oy, yangi yil, o’quv yili, tug’ilgan kun, fasllar almashadi. Go’yo hayot vaqti-vaqti bilan: “Qara yana bir yil o‘tibdi”, deb eslatadi.

Lekin vaqtning o‘zini ko‘rmaymiz. Faqat uning izlarini sezamiz.

Bir yil oldingi rasmni ochamiz, qancha narsa o’zgarganini anglaymiz. Eski joyga boramiz, o’sha paytdagi insonlar, suhbatlar va hissiyotlar yodimizga tushadi.

O’ylab qolaman: balki biz vaqtni soat bilan emas, hissiyot va xotiralar bilan o‘lcharmiz. (Bu haqida oldin ham kimgadir aytgandim)

Bir xil kunlar takrorlansa, vaqt tez o‘tayotgandek tuyuladi. Yangi joylar, insonlar va tajribalar esa o‘sha davrni xotiramizda uzoqroq qoldiradi.

Inson hissiyotlari esa bundan ham qiziqroq.

Ba’zan o‘zimiz nima his qilayotganimizni ham tushunmaymiz. Bir qo‘shiq, eski joy yoki qandaydir nostalgik kod ichimizda nimanidir uyg‘otadi. Nima ekanini tushuntirib berolmaymiz.

Lekin his qilamiz.
Balki vaqt ham shuning uchun biz uchun shunchaki soniyalar emasdir.

U boshdan kechirganlarimiz va xotiramizda qolgan hissiyotlar yig‘indisi.

Vaqt o‘tib ketadi. Lekin uning hissi bizda qoladi.
2,1500026
Luna Khusan logo
Luna Khusan

31 Ağu 2026 18:35

Photo1/2
“Kimni ko‘p kuzatsang hayotda ham ko‘rishib qolasan”

📍Shavi coffee
1,8800053
Luna Khusan logo
Luna Khusan

30 Ağu 2026 08:13

Istanbul, Turkiya📍
4 kunlik eng ajoyib sayohat yakunlandi.
Juda ko‘p og‘riqli hissiyotlar.

Sizlar uchun kichik xatni bo‘lishmoqchiman, hatto sababini ham bilmayman)



Iyul…

Bilasizmi, man yana martdagi tuyg’ulani his qilyapman.

2-mart kuni Niagara😂 sharsharasida edik. O’sha paytda siz universitetga hujjat topshirayotgan edingiz. Ichimda birinchi marta “bir kun kelib ketadi” degan g’alati his paydo bo’gandi. Oradan bir necha soat o’tib Columbia’dan kelgan xabar esa o’sha hissiyotning ustidan bosib yuborgandek bo’gandi. Balki shuning uchunam uni unutib yuborgandirman.

Bugungi uchrashuvimiz davomida xayolim tinmadi. Siz ketganingizdan keyin shu ko’chalarda yana yolg’iz yursam, nimani his qilarkanman degan o’y fikr ketmadi.

Keyin hammasi bir boshidan ko’z oldimdan o’tdi.

2022-yil iyul Minordagi Ground Zero qo’lida skripka ko’targan bir qizidiz oshanda hich o’ylamagandim, tanishib ketishimizni.

Shunaqa oddiy boshlangan tanishuv odam hayotida bunchalik katta o’rin egallashini o’shanda tasavvur ham qilmagan ekanman.
Bugun o’zi shu narsalani etmoqchidimu etomadim)))

Xullas…
Esimni taniganimdan beri topgan yagona va eng yaxshi do’stimsiz.

Siz bilan hayotni ko’proq his qildim. Ba’zan oddiy bitta cofe, oddiy bitta piyoda yurish, bitta suhbat ham odamga qancha narsa bera olishini siz orqali bildim. Eng muhimi, manga oila degan tuyg’uning qanaqa iliqliginu his qildirdiz

Ketayotganizni sababi mani xursand qiladi. Rostdanam bunga loyiqsiz. Faqat… moslashishim oson bo’lmasa kerak.

Ichimda nimagadir ishonaman bir kun kelib yashayotgan joylarimiz yana bir biriga yaqin bo’ladi. Balki yana birga katta ishlar qilarmiz. Inshaalloh.

Qizimmi ismi Marifat bo’ladi. Endi ortga yo’l yo’q. Shunaqa ekan yaxshi yashashiz, kerek qizim keyin ismim qo’yilgan opa qanaqa ekan? deb qiziqib qolishi mumkin.

Siz juda yaxshi qizsiz. Men ko’rgan eng ko’ngli toza, eng xotirjam, eng “pofigist”, lekin aynan kerak paytda hammadan ko’proq qayg’uradigan odamsiz. Bu juda kam uchraydigan kombinatsiya.

Sizzi juda sog’inaman.

Ishonchim komil, endi Shevchenko yoki Yakkasaroy taraflarda yursam, shu yerda bir paytlar Marifat bilan yurgandik degan o’y albatta xayolimdan o’tadi.

Faqat bitta iltimos.
Qaysi davlatda bo’lishingizdan qat’i nazar, xabarlashib turaylik. dunyoning narigi chekkasiga ketgan bo’lsezam, Telegram ishlaydi!

Rahmat.
Hayotimning juda chiroyli davrida bor bo’lganingiz uchun.
1,7900049
Luna Khusan logo
Luna Khusan

22 Ağu 2026 12:10

Ba’zi narsalar bor, men ularni aslo kamchilik deb hisoblamayman.

Masalan, hozircha mukammal ovqat pishira olmasligimni...
Ilgari uy ishlarini mutlaqo yoqtirmasdim, shunchaki majburlikdan bajarardim. Lekin vaqt o‘tishi bilan qarashlarim butunlay o‘zgardi. Bugun uy tozalash men uchun shunchaki yumush emas, o‘ziga xos “terapiyaga” aylangan: charchagan bo‘lsam ham, kayfiyatim bo‘lmasa ham, jarayonda o‘zimni qayta yig‘ib olaman, chalg‘iyman.

Hozir ovqat pishirish masalasi ham xuddi o‘sha davrdagi uy ishlaridek gap, hozircha bunga ichimda na xohish, na ehtiyoj bor.
Lekin bu mening qo‘limdan kelmasligini anglatmaydi. Istasam va chin dildan kirishsam, albatta o‘zim uchun eng yaxshisini qila olishimni bilaman.
Bugun kutilmaganda aytilgan bir gap biroz ichimga tegdi. Lekin vaziyatga tahliliy ko‘z bilan qarasam, hammasi joyida ekanligini ko‘ryapman: men eplay olmayotganim yo‘q, shunchaki ichki ehtiyojim va chin istagim hali uyg‘ongani yo‘q.

Har bir narsaning hayotimdagi o‘z vaqt-soati bor. Odamlar ko'pincha o'zlarining tayyorlik taymlaynlari bilan boshqalarnikini solishtirishni yaxshi ko'rishadi. Bu barchamizda bor..

Siz nimalarni hozir qilishni hoxlamaysiz?😅
1,7400031
Luna Khusan logo
Luna Khusan

22 Ağu 2026 12:10

Umuman olganda, haqiqiy o'zingiz bo'lish — butun umrlik imtiyozdir.

© Karl Yung
1,8600067
Luna Khusan logo
Luna Khusan

22 Ağu 2026 12:10

Tashqarida yashang.

Hislaringizni, fikrlaringizni, quvonchingizni ham, og’riqlaringizni ham faqat ichingizda saqlab yuravermang.

O’zingizni doim kengroq qiling. Har qanday vaziyatda.
Chunki inson ichiga qamalib qolsa, bir muddatdan keyin o’zining fikrlari bilan yolg’iz yashay boshlaydi. Dunyo torayadi. Hamma narsa faqat ong ichida sodir bo’layotgandek tuyuladi.

Buni o’zimdan bilaman.
Ba’zan shunchalik ichimda yashaymanki, hayotimning eng muhim lahzalari ham tashqariga chiqmay qoladi. Quvonchlarim ham, qo’rquvlarim ham, orzularim ham faqat menga ma’lum bo’lib qoladi. Go’yo butun bir hayotni ichimda yashab o’tayotgandek bo’laman.

Lekin inson buning uchun yaratilmagan.
Biz his qilish, bo’lishish, gapirish, kulish, yig’lash va iz qoldirish uchun yaratilganmiz. Ichimizdagi hamma narsani sukutga topshirib qo’ysak, uning og’irligi bir kun kelib tanamizga ham, ruhiyatimizga ham ta’sir qila boshlaydi.

Shuning uchun ba’zan tashqariga chiqing. Odamlar bilan gaplashing. Fikrlaringizni yozing. Sevgan insonlaringizga mehringizni ayting. Ichingizdagi dunyoni faqat o’zingiz yashaydigan joyga aylantirib qo’ymang.

Hayot ichkarida emas, tashqarida davom etadi. Va ba’zan insonning eng katta yengilligi, qalbida olib yurgan narsalarini dunyo bilan bo’lishishidadir.
2,3700039
Luna Khusan logo
Luna Khusan

20 Ağu 2026 23:24

Hissiyotlarni his qilish va yetkazish

Juda emotsiyasiz bo‘lish ham qiyin. Va bir paytning o‘zida biroz kutilmagan.

Chunki tashqaridan qaraganda bunday insonlar hech narsani kuchli his qilmaydigandek, hammasini sovuqqon qabul qiladigandek ko‘rinadi. Lekin menimcha, eng chiroyli hissiyotlarni aynan shunday odamlar bera oladi.

Men o‘zim ham hissiyotlarimni juda ko‘p namoyon qiladigan inson emasman. Lekin bir narsani yaxshi ko‘raman, hissiyotni chiroyli yetkazishni.

Bu menga ishda ham juda kerak.
Ayniqsa marketing va kontentda.

Chunki odamlar har doim ham ma’lumotni eslab qolmaydi. Lekin o‘zini qanday his qilganini eslab qoladi.

Siz biror mahsulot haqida yuzta fakt aytishingiz mumkin. Lekin odam unda o‘ziga tegishli biror hissiyotni topmasa, bularning bari tezda unutiladi.

Shuning uchun yaxshi kommunikatsiya men uchun shunchaki ma’lumot berish emas.
Bu hissiyot yetkazish.

Ota-onaga farzandining kelajagini his qildirish.
Biror brendning dunyosini his qildirish.
Bir hikoyada odamga o‘zidan nimanidir topdirish.
Va buning uchun juda tashqi jihatdan emotsional bo‘lish shart emas.

Ba’zan hissiyotlarini ichida chuqur his qiladigan, lekin ularni tashqarida tartibli va chiroyli ifodalay oladigan inson kuchliroq kommunikator bo‘ladi.

Balki hayotda ham, ishda ham eng kerakli ko‘nikmalardan biri shu: hamma narsani baland ovozda his qilish emas, kerakli hissiyotni kerakli insonga kerakli shaklda yetkaza olish.
1,7900046
Luna Khusan logo
Luna Khusan

06 Ağu 2026 01:46

Oxirgi oylar men uchun xuddi bir turnirga o’xshab qoldi.

Go’yo oldimda aniq bir musobaqa bor. Sovrini ham ma’lum, muddati ham ma’lum. Endi faqat harakat qilish, chidash va g’alaba qozonish kerak.

Bu hissiyotning yaxshi tomoni ham bor.
U meni har kuni uyg’onishga, ishlashga, o’rganishga va o’zimni majburlashga undaydi. Ba’zan motivatsiya bo’lmasa ham, maqsadning o’zi harakat qilishga yetadi.

Lekin boshqa bir tomoni ham bor ekan.
Men xotirjamlikni keyinga qoldirib qo’yayotganimni sezdim.

Go’yo ichimda bir ovoz: “Shu musobaqa tugasin, keyin dam olaman. Keyin xotirjam bo’laman. Keyin hayotim iziga tushadi”, deb turadi.

Aslida esa bu juda xavfli fikrlash usuli.
Chunki hayotda “oxirgi musobaqa” deyarli bo’lmaydi. Bu bosqich tugasa, boshqasi boshlanadi. Bir maqsadga erishasiz, keyingisi paydo bo’ladi. Agar xotirjamlikni faqat kelajakka bog’lasak, bugunni yashamay qo’yamiz.

Men asta-sekin shuni tushunyapman: xotirjamlik manzil emas, ko’nikma.

Uni barcha ishlar tugagandan keyin emas, aynan ishlar orasida ham saqlashni o’rganish kerak.

Shunday bo’lsa ham, bu davr uchun shukr qilaman.
Chunki aynan mana shu oylar menga ko’p narsani o’rgatyapti. O’zim haqimda, sabr haqida, intizom haqida va bosim ostida ham harakat qilish mumkinligi haqida.

Balki eng katta sovrin ham manzilning o’zi emasdir.
Balki yo’l davomida shakllanayotgan insondir.
2,0100036
Luna Khusan logo
Luna Khusan

01 Ağu 2026 00:25

Odatda inson tabiatan barqarorlikni yaxshi ko’radi.

Hammasi bir xil ketishini istaydi. Kayfiyat ham, motivatsiya ham, daromad ham, intizom ham doim bir xil bo’lishini xohlaydi.

Lekin hayot unday ishlamaydi.
Va bu - normal.

Siz doim ham o’zingizni yaxshi his qilmaysiz.
Doim ham katta daromad qilolmaysiz.
Doim ham ertalab soat beshda uyg’onolmaysiz.
Doim ham sportga chiqolmaysiz.
Doim ham ibodatingiz, diqqatingiz yoki unumdorligingiz bir xil bo’lmaydi.

Muammo shunda emaski, siz ba’zi kunlari yiqildingiz.

Muammo - o’sha kunni o’zingizning kimligingizga aylantirib qo’yishingizda.

Biz ko’pincha bitta yomon kunni “Men intizomsizman”, bitta muvaffaqiyatsizlikni “Mendan hech narsa chiqmaydi”, bitta xatoni esa “Men o’zgara olmayman” degan xulosaga aylantirib yuboramiz.

Aslida esa rivojlanish to’g’ri chiziq emas.
U ba’zan oldinga, ba’zan orqaga, ba’zan esa bir joyda turgandek tuyuladigan yo’l.

Muhimi - to’xtab qolmaslik.

Hayot keyingi bosqichga aynan mana shu kurashlar orasidan olib chiqadi. Intizom mukammal bo’lgan kunlarda emas, intizom yo’qolgan kunlardan keyin yana o’rningizdan turganingizda shakllanadi.

O’zingizdan har kuni mukammallik kutmang.

Har kuni qaytishni kuting.

Chunki insonni muvaffaqiyatga olib boradigan narsa hech qachon yiqilmasligi emas, har safar yiqilgandan keyin yana yo’lini davom ettira olishidir.
2,3300045
Luna Khusan logo
Luna Khusan

30 Tem 2026 12:19

Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol. ⚪️Yakor…
1,690004
Luna Khusan logo
Luna Khusan

30 Tem 2026 12:18

Video
Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument

Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol.

⚪️Yakor effekti
⚪️Decoy (aldov varianti)
⚪️Yo'qotish og'rig'i
⚪️Egalik effekti
⚪️Ijtimoiy dalil
⚪️Taqchillik
⚪️Veblen effekti
⚪️IKEA effekti
⚪️To'lov og'rig'i
⚪️Eksklyuzivlik
⚪️Tanlov falaji
⚪️Ramka effekti
⚪️Von Restorff
⚪️Avtoritet
⚪️Qarz hissi
⚪️Yoqimli kutilmaganlik
⚪️Charm pricing (9 effekti)
⚪️Default effekt
⚪️Zeigarnik effekti
⚪️FOMO
⚪️Pratfall effekti
⚪️Yangilik effekti
⚪️Aniqlik effekti
⚪️Halo effekti
⚪️Kognitiv yengillik
⚪️Kontrast prinsipi
⚪️Maqsad yaqinligi
⚪️Hikoya ustunligi
⚪️Goodhart tuzog'i
⚪️30 ta instrumet bitta promptda

Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi.

Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi.

Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak.

Scaleup | @scaleupuz
1,720005
Luna Khusan logo
Luna Khusan

29 Tem 2026 00:39

“Yaxshi odamlar erta o’ladi…”

Bu gapni deyarli hammamiz eshitganmiz. Ba’zida esa bunga ishonib ham qolamiz. Chunki atrofimizda juda mehribon, pokiza insonlarning erta ketganini ko’ramiz.

Lekin biz sabablar dunyosida yashaymiz. Va ba’zan his-tuyg’ularimiz aytayotgan narsa ilmiy kuzatuvlar bilan bir xil bo’lmaydi.

Shu haqida qiziq bir tadqiqot bor.

1921-yilda Stenford universiteti olimlari minglab insonlarni kuzatishni boshlashgan. Bu tadqiqot qariyb 90 yil davom etgan va inson umriga ta’sir qiluvchi omillar o’rganilgan.

Eng qiziq xulosalardan biri shunday bo’lgan: “Hech narsani o’ylama, faqat xursand bo’l” degan hayot falsafasi uzoq umr bilan bog’liq emas ekan. Aksincha, eng uzoq yashagan insonlar vijdonli, mas’uliyatli, o’z burchini his qiladigan, hayotida ma’no va vazifa topgan odamlar bo’lgan.

Bu menga bir narsani o’ylatadi.

Umr faqat genetikaga yoki omadga emas, yashash sababimizga ham bog’liq bo’lishi mumkin.

Har kuni uyg’onishga arziydigan maqsad, yaqinlar oldidagi mas’uliyat, halol mehnat, o’ziga e’tibor, sog’lom turmush tarzi, bularning barchasi umrning nafaqat davomiyligiga, balki sifatiga ham ta’sir qiladi.

Albatta, har bir insonning umri Allohning taqdiri bilan belgilanadi. Hech bir tadqiqot kimning qancha yashashini ayta olmaydi.

Lekin Alloh bizni sabablar dunyosida yashatmoqda. Sog’lig’imizga e’tibor berish, tanamizni omonat deb bilish, foydali odatlar orttirish va hayotimizni ma’noli o’tkazish, bular ham tavakkalning bir qismi.

Balki savol “Qancha yashayman?” emasdir.
Balki eng muhim savol: “Menga berilgan umrni qanday yashayapman?”


(Bu fikr g‘oyasi Dr.Amenning bergan intervyusidan hayolga keldi)
1,9000058
Luna Khusan logo
Luna Khusan

26 Tem 2026 22:15

Ba’zida o’ylab qolaman: koinotdagi shuncha jarayonlar, harakatlar va qonuniyatlar aslida nima uchun?

Menimcha hammasi inson yashashi uchun xizmat qiladi. Havo, suv, quyosh, yer, fasllar… Son-sanoqsiz ne’matlar bir-biri bilan mukammal uyg’unlikda ishlaydi. Shunday ulkan olamning markazida esa inson turadi.

Shu o’rinda Qur’ondagi bir oyat yodga tushadi:

“Men jinlar va insonlarni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.”
(Zoriyot surasi, 56-oyat)

Go’yo butun olam bizning asl vazifamiz - Allohga ibodat qilishimiz uchun sharoit yaratib berayotgandek.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir hadislari ham shu ma’noni yanada chuqurroq anglatadi. U zot mo’minning holatiga hayrat bildirganlar: unga yaxshilik yetsa, shukr qiladi va buning uchun ajr oladi. Agar sinov kelsa, sabr qiladi va buning uchun ham ajr oladi.

Shunday ekan, inson uchun hayotning o’zi ibodat maydonidir. Quvonch ham, qiyinchilik ham, ne’mat ham, sinov ham - barchasi Allohga yaqinlashish va ajr topish uchun berilgan imkoniyatdir.
1,8500041
Luna Khusan logo
Luna Khusan

23 Tem 2026 23:04

Qalbim shuni yozishni istayapti…

Ba’zan hayotdagi eng qimmatli narsalar ortidan quvib topilmaydi. Ular nasib qilinadi.

Chin sevgi ham, samimiy do‘stlik ham shunday. Ularni qanday topish haqida yuzlab maslahatlarni o‘qish mumkin, lekin bu tuyg‘ularni hech bir qoida yoki formula yarata olmaydi.

Kecha kichik safar davomida yonimdagi insonlarga qarab bir narsani chuqur his qildim. Haqiqiy samimiyat mayda holatlarda bilinadi: bir-biringni kutib turishda, charchaganingni sezib yordam berishda, o‘zingdan oldin qarshingdagi insonning holatini o‘ylashda, uning quvonchini o‘zingnikidek his qilishda.

Shunda angladimki, bunday munosabatlar mehnat bilan asraladi, ammo ularning o‘zi mehnat bilan yaratilmaydi. Bunday qalblarni hayotimizda uchratish Allohning eng go’zal ne’matlaridan biridir.
1,9100054
Luna Khusan logo
Luna Khusan

19 Tem 2026 03:42

Anchadan beri bu narsa haqida yozishni istardim…

Insonni nima go’zal qiladi?

Tashqi chiroy ilk taassurotni uyg’otishi rost.
Ammo bolaligimdan beri bir narsani ko’p kuzataman: qachonki bir insonni yaxshiroq tanisam, uning tushunishni boshlasam, unga mehr qo’ysam, o’sha odam mening ko’zimga tobora chiroyliroq ko’rina boshlaydi. Har bir suhbatdan keyin huddi unga yana bir nur qo’shilgandek bo’ladi.

Shunda tushunganman: biz odamlarni faqat ko’zimiz bilan emas, qalbimiz bilan ham ko’rar ekanmiz.

Shuning uchun ham ba’zan hammaga oddiy ko’ringan inson kimningdir nigohida dunyodagi eng go’zal odam bo’ladi. Chunki go’zallik faqat yuzda emas, biz u inson bilan bog’lagan ma’nolarda.

Menimcha, atrofimiz bizning ichki dunyomizning oynasi. Biz insonlarda ko’pincha o’z munosabatimizni, o’z fikrlarimizni va o’z qalbimizni ko’ramiz.

Balki shu sababdan ham umr davomida eng esda qoladigan insonlar, yonida o’zingni xotirjam his qilgan, qalbingni yengil qilgan, mehri bilan seni o’zgartirgan insonlar bo’ladi.

Oxir-oqibat, insonni eng go’zal qiladigan narsa uning qalbi, axloqi va boshqalarning hayotida qoldirgan iliqligi shekilli)
1,9300033
Luna Khusan logo
Luna Khusan

16 Tem 2026 21:12

Video
Bu reels shunchaki reklama emas - pozitsiya. Nodavlat maktablar bozori ‘rus sinfisiz o’quvchi yig’ilmaydi’ qo’rquvida yashaydi. Biz shu qo’rquvni his emas, raqam bilan yengishga qaror qildik: mutaxassislik tili allaqachon ingliz, qadriyat esa faqat ona tilida singadi.

Bozorga emas, faktga ergashing.

Scaleup | @scaleupuz
1,610009
Luna Khusan logo
Luna Khusan

03 May 2026 07:57

Photo
Alhamdulillah, Columbia 🎉🎉❤️ (one of 8 Ivies)
2,7600068

Showing 30 of 45 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Luna Khusan Telegram kanalı ne hakkında?+

Luna Khusan (@lunakhusanova), tgdio üzerinde Anime kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.615 abonesi var.

Luna Khusan (@lunakhusanova) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @lunakhusanova abonesi olun.

Luna Khusan iyi bir Anime kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Luna Khusan puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.615 abonesi var. Benzer Anime kanallarla karşılaştırın.

Luna Khusan istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @lunakhusanova sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.