Qizingiz yozdi... Telegram channel photo

Qizingiz yozdi...

@qizingizyozdiPublic Channel

Qizingiz yozdi... shares Siyaset updates and media on Telegram. Join to stay updated.

SiyasetTürkçeTürkiye

1.7k

Last views

7k (7,048 subscribers)
Üyeler
—
Rating
20
Total Posts
Oct 18, 2026, 11:52 AM
Güncellendi
May 27, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameQizingiz yozdi...
Username@qizingizyozdi
CategorySiyaset
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler7,048
Channel TypePublic Channel
Created27 May 2026
Last Updated18 Eki 2026 • 4 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#32951+65
Dil Sıralaması
#356+2
Kategori Sıralaması
#573+3

Üye Büyümesi

Toplam: 7.0K30 Days growth: +64710.1%
09/1909/2409/2910/0410/0910/1410/18
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
19:09:20266,401
20:09:20266,401
21:09:20266,634
22:09:20266,634
23:09:20266,634
24:09:20266,634
25:09:20266,634
26:09:20266,634
27:09:20266,634
28:09:20266,634
29:09:20266,634
30:09:20266,634
01:10:20266,634
02:10:20266,634
03:10:20266,634
04:10:20266,634
05:10:20266,634
06:10:20266,634
07:10:20266,634
08:10:20266,634
09:10:20266,634
10:10:20266,634
11:10:20266,634
12:10:20266,634
13:10:20266,634
14:10:20266,634
15:10:20266,634
16:10:20266,634
17:10:20266,634
18:10:20267,048
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 25:05:20264,904
Week of 01:06:20264,904
Week of 08:06:20264,904
Week of 15:06:20264,904
Week of 22:06:20264,904
Week of 29:06:20264,904
Week of 06:07:20263
Week of 13:07:20263
Week of 20:07:20263
Week of 27:07:20263
Week of 03:08:20263
Week of 10:08:20263
Week of 17:08:20266,125
Week of 24:08:20266,125
Week of 31:08:20266,392
Week of 07:09:20266,401
Week of 14:09:20266,401
Week of 21:09:20266,634
Week of 28:09:20266,634
Week of 05:10:20266,634
Week of 12:10:20267,048
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
May 20264,904
June 20264,904
July 20263
August 20266,125
September 20266,634
October 20267,048
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20267,048

Son Yazılar

Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

21 Eki 2026 20:20

«Ўғилларимни уйли қилдим»,«катта ўғил наварамгача уй солганман!»

Нега шундоқ ҳам кучли бўлган, ўзи уй қила оладиган ўғилга уй солиниб, қиз шўрлик биргина бошпанасиз қолмаслик учун калтак остида яшашга мажбур қилинар экан?!

Эсимда, қишлоғимизда бир ёлғиз ўғил, отадан қолган, ўзи бир дона мих қоқмаган дабдабали ҳовлида яшарди.

Кичкина синглиси жуда ноинсоф одамга тушиб қолиб, маълум муддат болалари билан ота ҳовлига сиғинишга мажбур бўлган. Ака жанавор хотини билан шу синглисини амаллаб кетказиш учун бошига солмаган куни қолмаганди.

Бир сафар ўша ҳовлига ўйнаб чиққанимда турмуши ўхшамай турган опа: "Ўғлимга узиб егани қўйишмади-ю, ўша гилос дарахтини дадам билан ўзим эккандим", - деганди.

Унчалик тушунмасам ҳам, хафа бўлиб кетгандим.

Шу кунларда бир танишим болалари билан бошпанасиз сарсон, дадаси эса ўғил неварасигача ҳовли қилган.

Мезонларимизни ҳеч тушунмайман.

@qizingizyozdi
1,680000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

17 Eki 2026 21:12

Tan olish qiyin, lekin aslida har narsani haddan ziyod anglashga urinish bir xastalikdir.

Bu, bir voqeani shunchaki boshdan kechirish o‘rniga, uni zehnan minglab bo‘laklarga bo‘lib tashlashdir.

Bir gulning shunchaki go‘zalligidan zavqlanish o‘rniga, uning bir kun kelib so‘lishini o‘ylashdir.

Bir samimiy tabassumni shunchaki his qilish o‘rniga, uning zamiridagi ehtimoliy sabablarni so‘roqqa tutishdir.

Bu qarash har bir boshlanish ortida muqarrar bir yakunni ko‘rishga aylanadi.

Bu dastlab bir boylik, teranlikdek tuyulsa-da, hayotni to‘laqonli his qilish yo‘lida katta to‘siqqa aylanishi mumkin.

Haqiqiy donolik har narsani tahlil qilishda emas, balki ba’zi narsalarni boricha qabul qila olishdadir.

Hayot har bir tafsiloti anglab yetilishi kerak bo‘lgan tenglama emas.

Ba’zan eng to‘g‘ri yo‘l chuqur tahlildan voz kechib, shunchaki his qilish, yashash va ayni lahzaning o‘ziga ishonishdir.

©Fyodor Dostoyevskiy, “Yer ostidan maktublar”

@qizingizyozdi
5,750000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

17 Eki 2026 20:04

Video
I wish there were another day between Sunday and Monday.

I would have called it «Hushday» or «Breatheday» or «Damshanba» 😂
5,290000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

14 Eki 2026 12:29

Photo1/2
Shu uycha Gangadagi korzinkacha oldiga qo‘yilgan. Unda shu atrofda yashaydigan mushuk ovqatlanadi.

Do‘kon xodimlari unga qarab turadi, gohida xaridorlar mushuk yemishidan xarid qilib, qarovchilarga tashlab ketadi.

Mushuk ham bejizga qo‘rqmas va tannoz bo‘lib ketmagan. Eʼtibor o‘zgartirmagan jonzot yo‘q, deydilar.)

Hazil hazil bilan-u, lekin ko‘cha hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilish, ularga yaxshi muomala madaniyatini shakllantirish, ayniqsa, bizning jamiyatimizda shakllantirish muhim. Qolaversa, bu savobli amal.

Hikmatda aytilganidek: «Har bir jigari xo‘lda (joni borda) ajr bor».

@qizingizyozdi
7,410000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

13 Eki 2026 18:34

Photo1/6
Kichkinaligimizda katta qizlar unashtirilgach, nikoh to‘yidan burun «to‘qqiz to‘yi» degan to‘y bo‘lardi. Lekin taklifnomaga «fotiha to‘yi» deb yozilardi.

O‘shanda mehmonlarga, kelin dugonalariga qo‘l ro‘molchaga o‘ralgan oyna, baʼzan soddagina oroyish anjomlari qo‘shib berilardi.

Katta oyam to‘ydan kelsalar, menga oynacha berardilar. Barmoqlaridan tilla uzuk, yonlaridan ro‘molcha, sadaf tasbeh va oynacha ayrilmasdi. Paranjilari ham doimo oppoq, pokiza turardi.

Tokchadagi toshoynalar oldida surmadon bo‘lardi.

Hozir fotiha qutisidan nuqul shirin narsalar chiqadi. Eskida qo‘llanishli, kerakli narsalar chiqardi.

Yuqoridagidek suratlarni ko‘p yaxshi ko‘raman. Ular o‘tmishga tekin sayohatga o‘xshaydi.

@qizingizyozdi
6,680000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

12 Eki 2026 17:30

#thinkingoutloud
Va oxirida odamlar sendan nimani kutsa, shuni xohlaydigan bo‘lib qolasan.

Kamiga o‘sha narsani o‘zim istayman deb o‘ylaysan.

Dunyoga qaraysan, lekin boshqalarning ko‘zi bilan.

Yolg‘iz qolganingda ham seni ichki senzura (self-censorship) nazorat qiladi.

Yerning tortishish kuchimi (gravitation) kuchliroq, muhitning o‘ziga tortish kuchimi, bilmaysan.

Balki uni «yutib yuborish kuchi» deyish kerakdir?

Kimdan taʼsirlanishingni ehtiyot bo‘lib tanla, chunki odam-odamdan rang oladi. Busiz iloji yo‘q.

Insonning insonga taʼsiri mana shu o‘rindadir.

@qizingizyozdi
6,300000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

11 Eki 2026 16:50

Photo1/2
Opamning 8-9 yoshli qizi biznikiga tez-tez kelib turardi. Men uydan chiqishda eshikni qulflab, kalitni chetroq joyga qo‘yib ketardim. Bir kuni ishdan qaytib qarasam, kalit joyida yo‘q, o‘rniga ikki dona momaqaymoq turibdi.

Kim bo‘ldi ekan?! O‘g‘rimi? Shunaqayam nazokatli o‘g‘ri bo‘ladimi?

Keyin xayolimga jiyanim keldi.

Qo‘lida telefon yo‘q. Kalit joyida yo‘qligini ko‘rib qo‘rqib ketmasligim uchun belgi qoldirishni va buni zarofat bilan bajarishni istagan.
Bo‘yi yetib-yetmay, tuflichasining uchida turib kalitni olgan va o‘rniga ikki dona sariq gulcha qo‘ygan.

Subhanalloh!

Uning shu harakati xotiramda aql va zarofatning uyg'unlashuvi sifatida qolib ketgan. Eslasam kayfiyatim ko‘tariladi.

Ilohim umri uzun, amali chiroyli, baxtli qiz bo‘lsin. Amin.

@qizingizyozdi
6,570000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

11 Eki 2026 16:45

Photo1/2
11-oktyabr — Xalqaro Qiz farzandlar kuni ekan.

Qizaloqlar o‘ldirilmasin, zo‘rlanmasin, qiz bola ekanligi yoki tanlagan libosi sababli taʼlimdan mahrum qilinmasin, kamsitilmasin.

Qizlarimiz hazrati inson etib yaratilganining hamda qalbidagi iymon nurining viqori bilan ulg‘aysin.

Har bir qizaloqning dunyoqarashi keng, maqsadlari yuksak va baxti butun bo‘lsin✨
6,600000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

11 Eki 2026 14:10

Munosabatlar, ekstrovertlar bilan osonroq boshlansa ham, introvertlar bilan sifatliroq davom etadi.

***
Ko‘ngildagidek chiqishini xohlasang, o‘zing qil.

***
O‘qitish eng qiyin mavjudot — o‘qituvchining o‘zidir.

@qizingizyozdi
5,230000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

11 Eki 2026 12:08

Agar muhabbat faqat mehnat bilan hosil bo‘lganda edi, hayvonlar ichida sevimlisi ohu yoki mushuk emas, eshak bo‘lardi.

Mehr-muhabbat — rizqdir.

Rizqning taqsimotiga esa aralashib bo‘lmaydi.

@qizingizyozdi
7,270000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

11 Eki 2026 12:03

Photo1/10
«Kimga rayhon berilsa, uni qaytarmasin».
5,570000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

09 Eki 2026 23:38

Gohida Qur’on yodlayotgan talabalar «O‘zimga o‘qib bergandim, keyingi darsga o‘tib ketaveraman. Xato chiqmadi, chiqsa, bilardim», deyishlarini kuzatamiz.

Rostdan shundaymi?

«Qori» deb Qur’oni karimni yod olib, yodlaganlarini muqri’dan (Qur’on o‘qituvchi ustozdan) o‘tkazgan, unga eshittirgan kishiga aytiladi.

Agar to‘g‘ri yod olgan bo‘lsa, ustoz uni tasdiqlaydi. Bu tajvid ilmida — «taqrir» deyiladi.

Agar xato yodlagan bo‘lsa, to‘g‘rilab qo‘yadi. Bu esa, «tas’hih» deyiladi.

Agar kishi Qur’onni to‘liq yod olib, keyin qolgan barcha qiroatlarni ham yod olib, suvdek ichib yuborsa ham, agar ularni Qur’on ustozidan o‘tkazmagan, ustozsiz o‘zlashtirgan bo‘lsa, qori deyilmaydi.

Bu gap «Ulumul Qur’on» kitobining «Qiroatlar va qorilar» bobida yuqoridagi gap qoida sifatida keltiriladi.

Chunki, Alloh taolo Payg‘ambariga: «Sizga kitob beraman, o‘zingiz o‘qib oling», demagan. Balki u kishiga ustoz vositasida o‘rgatgan.

Qorilarning birinchisi sollallohu alayhi vasallam Qurʼonni ustozdan (Jabroildan) eshitib qabul qilganlar, so‘ng unga o‘qib berganlar.

Bu narsa butun ummatga Qurʼon yodlash namunasi bo‘lib qolgan. Qolaversa, yodlash ishi oldin bu yo‘lni bosib o‘tgan, uslubni biluvchi kishilar bilan barakali bo‘ladi.

Shuningdek, kishi o‘qiyotganda o‘zining hamma xatosini sezmaydi. Xato emas deb bilganlari ham katta ehtimol to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin.

Kimdir shu tarzda yod olgan bo‘lsa, o‘zini qori sifatida tanitmasligi, yodlaganini ustozga o‘qib berib, undan tasdiqlatib olishga harakat qilishi zarur.

Alloh taolo Kalomini talab qilib yurgan barchaga yengilliklar bersin✨

@qizingizyozdi
5,270000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

09 Eki 2026 13:56

Odam o‘ziga bahoni baland qo‘ygandan ko‘ra, sifati va qiymatini oshirgani maʼqul.

Tajvidda «التجويد على السامع» dеgan qoida bor — «Kishining Qurʼonni qanday o‘qishi, uni eshitganning bеrgan bahosiga ko‘ra (belgilanadi)», dеgani.

Yaʼni, odam o‘zini o‘zi baholamaydi. Bahoni baholashga qodir, xolis va tajribali odam beradi.

Borini boricha aytgan odamdan o‘pkalash, ko‘ngil uchun yo‘q narsalar bilan maqtaydiganlarga ishonish, o‘zida yo‘q narsa bilan sifatlanishni sеvish — ixtiyoriy aldanishdir.

Qurʼoni karimda bunday kishilar:
        {وَيُحِبُّونَ أَنْ يُحْمَدُوا بِمَا لَمْ يَفْعَلُوا}
«Qilmagan narsalariga maqtalishni suyadiganlar»* dеb nomlanadi.

Bizni xatolarimizni tekshirish saviyasida bo‘lmagan, ishqiboz kishilarning madhlari aldab qo‘ymasin.

Inson chindan o‘sishni, oldinga siljishni istasa, kamchiliklarini qabul qilishi, xolis (!) va mutaxassis (!) kishi bildirgan mulohazaga quloq tutib, o‘z ustida ishlashi kеrak.

Tajviddami, boshqa narsadami, to‘g‘rilanish — kamchilikni tan olishdan boshlanadi, doimo.

*Oli Imron/188

@qizingizyozdi
12,100000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

30 Ağu 2026 15:28

Photo
Mayli endi, bugun kanalda kulinariya kuni ekan-da)
2,330000
Qizingiz yozdi... logo
Qizingiz yozdi...

30 Ağu 2026 15:28

Photo
Ha, mavlono Surayyo topganidek, bu shivit oshi edi.
Qizlar, xamiriga e'tirozlar bo‘lmasin, plz. Birinchi marta qilishim. Va ko‘kat bilan unning aralashuvi bo‘lganiga o‘ta mo‘rt+shivit tufaylimi judayam yopishqoq xamir bo‘lar ekan.

Suvga tushgach shishib ham ketdi🌚

Ammo ovkatni mazası dım mozzı chıktı😌
2,500000

Showing 20 of 20 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Qizingiz yozdi... Telegram kanalı ne hakkında?+

Qizingiz yozdi... (@qizingizyozdi), tgdio üzerinde Siyaset kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 7.048 abonesi var.

Qizingiz yozdi... (@qizingizyozdi) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @qizingizyozdi abonesi olun.

Qizingiz yozdi... iyi bir Siyaset kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Qizingiz yozdi... puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 7.048 abonesi var. Benzer Siyaset kanallarla karşılaştırın.

Qizingiz yozdi... istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @qizingizyozdi sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.