Sarvar Zaynutdinov Telegram channel photo

Sarvar Zaynutdinov

@savdo_bolimiPublic Channel

Bu yerda Sotuv Bo'limi qurish, biznesda o'sish uchun olgan insight'larim va albatta shaxsiy fikrlarim haqida yozaman. Sotuv bo’limi auditi / Konsultatsiya uchun: @sarvarzaynutdinov_admin

483

Last views

1.8k (1,769 subscribers)
Üyeler
—
Rating
53
Total Posts
Oct 15, 2026, 11:30 PM
Güncellendi
Apr 12, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameSarvar Zaynutdinov
Username@savdo_bolimi
Categoryİş Dünyası Haberleri
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler1,769
Channel TypePublic Channel
Created12 Nis 2026
Last Updated15 Eki 2026 • 6 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#154673+320
Dil Sıralaması
#1446+3
Kategori Sıralaması
#2410+11

Üye Büyümesi

Toplam: 1.8K30 Days growth: +80.5%
09/1609/2109/2610/0110/0610/1110/15
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
16:09:20261,761
17:09:20261,761
18:09:20261,771
19:09:20261,771
20:09:20261,771
21:09:20261,771
22:09:20261,771
23:09:20261,771
24:09:20261,771
25:09:20261,771
26:09:20261,771
27:09:20261,771
28:09:20261,771
29:09:20261,771
30:09:20261,771
01:10:20261,771
02:10:20261,771
03:10:20261,771
04:10:20261,771
05:10:20261,771
06:10:20261,771
07:10:20261,771
08:10:20261,771
09:10:20261,771
10:10:20261,771
11:10:20261,771
12:10:20261,771
13:10:20261,771
14:10:20261,771
15:10:20261,769
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 06:04:20261,660
Week of 13:04:20261,648
Week of 20:04:20261,648
Week of 27:04:20261,649
Week of 04:05:20261,649
Week of 11:05:20261,649
Week of 18:05:20261,718
Week of 25:05:20261,718
Week of 01:06:20261,718
Week of 08:06:20261,718
Week of 15:06:20261,718
Week of 22:06:20261,718
Week of 29:06:20261,740
Week of 06:07:20261,740
Week of 13:07:20261,740
Week of 20:07:20261,740
Week of 27:07:20261,740
Week of 03:08:20261,740
Week of 10:08:20261,749
Week of 17:08:20261,762
Week of 24:08:20261,771
Week of 31:08:20261,771
Week of 07:09:20261,761
Week of 14:09:20261,771
Week of 21:09:20261,771
Week of 28:09:20261,771
Week of 05:10:20261,771
Week of 12:10:20261,769
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,648
May 20261,718
June 20261,718
July 20261,740
August 20261,771
September 20261,771
October 20261,769
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20261,769

Son Yazılar

Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

17 Eki 2026 10:40

O‘z qadrini bilishmi yoki ego?

Buni ba’zan bitta gapdan ham bilsa bo‘ladi.

Do‘stingiz:
— Lavash yegani boraylik.

Siz:
— Bugun lavash yegim kelmayapti. Boshqa narsa yesak bo‘ladimi?

Bu — o‘z xohishingizni hurmat bilan aytish.

Ammo:

— Lavash ham ovqatmi? Yaxshiroq narsa ayt. Odamga o‘xshab ovqatlanaylik.

Bu — shunchaki rad etish emas. Boshqaning didini kamsitish va o‘z xohishingizni ustun qo‘yish.

O‘z qadrini bilish:
«Mening ham xohishim bor».

Ego:
«Mening xohishim senikidan muhimroq».

Tadqiqotlar ham o‘zini qadrlashning o‘zi tajovuzkorlikka olib kelmasligini ko‘rsatadi. Muammo o‘zini yaxshi ko‘rishda emas, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yishda. (pubmed.ncbi.nlm.nih.gov)

Buni o‘zingizda tekshirib ko‘ring:

Kimdir xatongizni aytsa, uni eshityapsizmi yoki darrov o‘zingizni oqlayapsizmi?

Birovning fikriga qo‘shilmasangiz, uni hurmat bilan rad etyapsizmi yoki ustidan kulyapsizmi?

Ego sabab maslahatdan foyda olish o‘rniga tortishamiz. Kechirim so‘rash o‘rniga bahona topamiz. Oxirida haq ekanimizni isbotlaymiz-u, yaqin insonimizni yo‘qotamiz.

O‘z qadrini bilgan odam «Men xato qildim» desa ham qadri tushmasligini biladi.

Bugun gaplaringizga e’tibor bering: o‘zingizni himoya qiling, lekin boshqalarni kamsitmang. O‘z qadringizni saqlang — egoingizni emas.
483000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

15 Eki 2026 10:33

Kecha bir odam bilan WHOOP haqida gaplashib qoldik.

«Man ham oldim, ishlatdim. Keyin stress berdi, tashavor dim», dedilar.

Uyqusi yaxshi emasligi, tanasi yaxshi tiklanmayotganini ko‘rib, siqilib ketibdilar.

Shunda bir savol tug‘ildi:

Shuni bilmasak, yaxshiroqmi?

Farzandimiz past baho olsa, bilmaganimiz yaxshimi?

Semirib borayotgan bo‘lsak, taroziga chiqmaganimiz yaxshimi?

Qon bosimimiz ko‘tarilsa, o‘lchamaganimiz yaxshimi?

Biznesimizda foyda qolmayotgan bo‘lsa, hisob-kitob qilmaganimiz yaxshimi?

G‘alati holat-a?

Ba’zida bizni muammoning o‘zidan ko‘ra, uning borligini bilish ko‘proq bezovta qiladi.

Chunki bilmagunimizcha «hammasi joyida» deb yashay olamiz. Bilganimizdan keyin esa ichimizda savol paydo bo‘ladi:

«Endi nima qilaman?»

Uyquni to‘g‘rilash kerak. Ovqatlanishni o‘zgartirish kerak. Farzandimizga vaqt ajratish kerak. Biznesdagi ayrim qarorlarimiz xato bo‘lganini tan olish kerak.

Bularning hammasi harakat talab qiladi. Ba’zilari esa o‘zimiz haqimizdagi chiroyli tasavvurdan voz kechishni.

Shuning uchun ba’zida ma’lumotdan qochamiz.

Bu holat ilmda «information avoidance» — ma’lumotdan qochish deb ataladi. Golman, Hagmann va Loewensteinning 2017-yilda chop etilgan ilmiy sharhida odamlar hatto foydali va bepul ma’lumotni ham bilishni istamasligi ko‘rsatilgan. Ya’ni ma’lumot foydali bo‘lishining o‘zi uni bilishni xohlashimiz uchun yetarli emas. (pubs.aeaweb.org⁠)

Albatta, bitta suhbatdan odamning ichidagi sababni aniq bilib bo‘lmaydi. Lekin bu voqea mani o‘zimga savol berishga majbur qildi:

Man ham qayerdadir haqiqatni bilishni ortga surmayapmanmi?

Qaysi hisob-kitobni ochmayapman?
Qaysi tanqidni eshitgim kelmayapti?
Qaysi savolga javob izlashdan qo‘rqyapman?

Balki javobini bilganimdan keyin avvalgidek yashashim qiyin bo‘lishini sezayotgandirman.

«Bilmayman» deb tan olish og‘ir. «Bilishni xohlamayapman» deb tan olish undan ham og‘ir.

Lekin taroziga chiqmasak, vaznimiz kamayib qolmaydi. Hisobotni yopib qo‘ysak, zarar foydaga aylanmaydi.

Ko‘zimizni yumish bizga bir muddat xotirjamlik berishi mumkin. Faqat shu vaqt ichida muammo o‘z holicha davom etadi.

O‘zgarish hammasini birdan tuzatishdan boshlanmaydi.

Avval bir haqiqatga tik qarab:

«Ha, bu bor. Endi bitta bo‘lsa ham qadam tashlayman», deyishdan boshlanadi.

www.aeaweb.org

Information Avoidance

(March 2017) - We commonly think of information as a means to an end. However, a growing theoretical and experimental literature suggests that information may directly enter the agent's utility function. This can create an incentive to avoid information,…

670000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

13 Eki 2026 01:25

Haq bo‘lish yoki haqni topish?

Qaysi biri bizga qulay?

Odatda o‘zimizni haq ekanimizni isbotlash uchun ancha harakat qilamiz. Fakt qidiramiz, misol keltiramiz, bizni qo‘llaydigan odamlarni topamiz.

Lekin bir savol bor: biz haqiqatni qidiryapmizmi yoki o‘zimizga yoqadigan javobnimi?

Bir odam bilan kelisholmay qolsak, voqeani yaqinimizga aytib beramiz. Qizig‘i, ko‘pincha shunaqa aytib beramizki, eshitgan odam: «Siz to‘g‘ri qilibsiz», — deydi.

Keyin yengil tortamiz. «Ana, man haq ekanman», — deymiz.

Lekin u odam voqeani ko‘rmadi-ku. Faqat biz aytgan tarafini eshitdi.

Man o‘zimda ham shuni sezaman. Birovni eshitayotib, gapini tushunishdan oldin unga nima deb javob berishni o‘ylab qolaman. U hali gapini tugatmagan, man ichimda o‘zimni himoya qilishni boshlab bo‘lganman.

Chunki «man adashibman» deyish og‘ir. Ayniqsa, shu fikrni oldin ko‘pchilikning oldida aytgan bo‘lsak.

Lekin xato fikrimni qancha yaxshi himoya qilmay, u to‘g‘ri bo‘lib qolmaydi-ku.

Haqni topishni xohlasak, «balki man ham adashayotgandirman», degan ehtimolga joy qoldirishimiz kerak ekan.

Keyingi safar tortishib qolsam, o‘zimga shu savolni bermoqchiman:

Hozir haqiqatni bilsam xursand bo‘lamanmi yoki faqat man haq bo‘lib chiqsammi?
684000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

10 Eki 2026 10:40

Jangchini yutgan yaxshimi yoki jangda yutgan yaxshimi?

Bir qarashda ikkalasi bir xilga o‘xshaydi. Lekin farqi bor.

Bahsda odamni gap bilan yengishingiz mumkin. Javob topolmay qoladi, jim bo‘ladi. Siz esa o‘zingizni g‘olib his qilasiz.

Lekin shu bilan maqsadingizga erishdingizmi?

Xodimingizga kim rahbarligini isbotladingiz. Lekin u endi xatosini sizdan yashiradigan bo‘ldi.

Mijozga uning nohaqligini isbotladingiz. Lekin mijoz ketdi.

Yaqin insoningizni bahsda yutdingiz. Lekin orangizdagi mehr kamaydi.

Jangchini yutdingiz. Xo‘p, jangda-chi?

Ba’zida kim haq ekaniga shunchalik berilib ketamizki, o‘zi bu suhbatni nima uchun boshlaganimiz esimizdan chiqadi.

Muammoni hal qilmoqchi edik. Oxirida bir-birimizga muammo bo‘lib qoldik.

Man ham ba’zida o‘zimga shu savolni berishim kerak: hozir man nimani xohlayapman — bu odamni yengishnimi yoki masalani hal qilishnimi?

Chunki ba’zi joyda eshitish kerak. Ba’zi joyda yon berish. Ba’zi joyda esa “shu joyida man xato qilibman” deyish kerak.

Bu gapni aytish og‘ir. Lekin har safar oxirgi gapni aytgan odam ham g‘olib bo‘lavermaydi.

Sheflar, odamni yutaman deb, asl maqsadimizni yutqazib qo‘ymaylik.
883000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

07 Eki 2026 15:03

«Yonimda ustozim bor-ku», degan ishonch ham ba’zida qimmatga tusharkan.

Bir tanishim biznesini o‘stirish uchun o‘ziga yaqin tadbirkor akaga:
«Mani shogird qilib oling», debdi.

U kishi ham yo‘q demabdi. Maslahatlashib, birga ayrim ishlarni boshlashibdi. Tanishim «Biznesda ustozim bor», deb faxrlanib yurardi.

Bir kuni ustozi kattaroq loyihaga qo‘shilishni taklif qilibdi.

Tanishimning o‘zi bu ishga hali kuchi yetmasligini sezgan. Lekin bir tomondan «Ustozimning taklifini qanday rad etaman?» degan o‘y, ikkinchi tomondan «Yonimda o‘zlari bor-ku», degan ishonch bilan rozi bo‘libdi.

Oradan vaqt o‘tib, bir suhbatda tanishim nojo‘ya hazil qilib qo‘yibdi. Ustozi ranjibdi va u bilan aloqani butunlay uzibdi.

Loyiha esa davom etayotgan edi.

Tanishim bu ishga kirishayotganda o‘zining kuchidan ko‘ra ustozining bilimi va yordamiga ko‘proq suyangan ekan. Endi esa qarorlarni ham, muammolarni ham o‘zi hal qilishi kerak bo‘lib qolibdi.

Oxiri loyiha o‘xshamadi. Tanishim qarz bilan qoldi.

Bu voqea manga bitta narsani o‘rgatdi: birovning «Yonindaman» degan gapiga ishonib, o‘zimiz ko‘tarolmaydigan yukni yelkamizga olmasligimiz kerak ekan.

Ustoz bo‘lsin, sherik bo‘lsin, yaqin inson bo‘lsin — maslahatini olish, yordamiga suyanish yaxshi. Lekin bir savolni oldindan o‘zimizga berishimiz kerak:

«Ertaga shu odam yonimda bo‘lmasa, bu ishni davom ettira olamanmi?»

Balki, u bizdan ranjir. Balki, o‘zining muammolari chiqib qolar. Balki, shunchaki fikri o‘zgarar.

Biz boshlagan ishning javobgarligi esa bizda qoladi.

Birovga bo‘lgan hurmatimiz «yo‘q» deyishimizga xalaqit bermasin. Ishonchimiz esa o‘z imkoniyatimizni hisoblashni unuttirmasin.

Chunki maslahatni boshqa odam beradi. Qarorimizning oqibatini esa o‘zimiz yashaymiz.
822000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

07 Eki 2026 10:07

Bolaligimda bir narsaga ishonardim: bir kun hayotimda meni juda yaxshi tushunadigan odam paydo bo‘ladi.

Kimligini bilmasdim. Lekin qiynalsam, yonimga keladigandek tuyulardi. Hech kimga aytolmagan gaplarimni unga aytardim. U eshitardi, tushunardi.

Hatto eng yaqinlarim ham meni tushunmay qolganida, u yonimda turib: «Man sani bilaman», desa, shuning o‘zi yetadigandek edi.

Ko‘pchilikning oldida gapimni aytolmay qolsam, meni himoya qilishini kutardim. Yolg‘iz qolganimda esa yonimga o‘tirib, holimni so‘rashini…

Yillar o‘tdi. Man katta bo‘ldim. Lekin ichimdagi o‘sha kutish qolaverdi.

Keyin asta-sekin tushundim: man shuncha yildan beri kutgan odamning yuzi ham, ismi ham bor ekan.

U — o‘zim ekanman.

O‘zimni eshitishim, o‘zimga ishonishim, kerak paytda o‘zimni himoya qilishim kerak ekan.

Ichimdagi o‘sha bola hali ham kimdir yonida turishini kutyapti.

Endi uni yolg‘iz qoldirgim kelmaydi.
777000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

07 Eki 2026 00:03

Photo1/2
🧠 O'z bilimingizni grantga aylantiring!

Bilimingizga ishonasizmi? Unda uni isbotlash vaqti keldi.

🏅 «Grant Talaba» — talabalar uchun onlayn bilim olimpiadasi. Eng yuqori natija ko'rsatgan g'oliblarning kontrakt to'lovi loyiha tomonidan qoplanadi.

📚 Olimpiada barcha yo'nalish talabalari uchun teng sharoitda, 5 ta fan bo'yicha o'tadi: ona tili va adabiyot, matematika, O'zbekiston tarixi, mantiqiy fikrlash, ingliz tili.

🏆 Sovrin jamg'armasi:
🥇 1–3-o'rin — kontraktning 100%
🥈 4–6-o'rin — 50%
🥉 7–10-o'rin — 25%
💻 11–15-o'rin — noutbuk
📱 16–20-o'rin — smartfon

🤝 Kursdoshlaringizni ham olimpiadaga taklif qiling! Shaxsiy taklif havolangiz orqali ishtirok etgan har bir do'stingiz uchun bonus olasiz.

Bilimingiz qimmat. Uni isbotlash uchun tanish-bilish kerak emas — telefoningiz va o'zingizga ishonchingiz yetarli.

Grant Talaba — bilimingiz grantga aylansin!

👇 Olimpiadada qatnashish uchun botga : https://t.me/granttalabauz_bot?start=p_2V6PW2EV_13
805000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eki 2026 12:15

Prezident sizga qo‘ng‘iroq qilib:

«Bir odamga yordam kerak ekan, oldingizga yuboraman. Imkoningiz bo‘lsa, yordam bersangiz, xursand bo‘lardim», desa, yordam bergan bo‘larmidingiz?

Manimcha, ko‘pchilik ha desa kerak. Xuddi man kabi.

Prezident yuborgan odamga yordam bersak, ko‘p ishlarimizga yashil chiroq yonishini deyarli 100% bilamiz, to‘g‘rimi?

Unda Allohning roziligi uchun bir bandasiga yordam berishga nega ba’zida og‘rinamiz?

Har kuni kimdir bir yumush bilan yozadi yoki oldimizga keladi. Maslahat so‘raydi, yordam so‘raydi, bir hojatini aytadi.

Biz esa ba’zida: «Yana nimaga keldi ekan?» deb ensamizni qotiramiz.

Balki, Alloh shu inson orqali bizga yaxshilik qilish imkonini berayotgandir?

Axir o‘zimiz «Allohim, beruvchi qo‘llardan qilgin», deb duo qilamiz-ku. Balki, shu duoyimizning javobidir bu?

Shunaqa odamlar bor: «Qaniydi, manam odamlarga yordam beroladigan darajaga yetsam», deb yashaydi. Bizda esa bugun kimningdir og‘irini yengil qilish imkoni bor. Faqat ba’zida qadriga yetmaymiz.

Yordam degani faqat pul berishmas. Birovga maslahatimiz kerak, birovga tanishimiz, yana birovga ozgina vaqtimiz.

Bir odamning boshi qotganida xayoliga siz kelishingizni qarang. «Shu odamga aytsam, yordam beradi», deb sizga ishonishini qarang.

Shuning o‘zi ham katta ne’matmasmi?

Hamma muammoni hal qilib berolmasmiz. Lekin qo‘limizdan kelgan joyda yordamimizni ayamasak. Kelmagan joyda ham yaxshi gap bilan ko‘nglini ko‘tarsak.

Alloh hammamizni beruvchi qo‘llardan, odamlarga foydasi tegadigan, yaxshilikka xizmat qiladigan bandalaridan qilsin. Omin.
740000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

02 Eki 2026 18:11

Sotuv bo’limi rahbari qidirayotganlar uchun nomzod.
984000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

01 Eki 2026 18:54

Agar qilgan ishlarimiz to‘g‘ri bo‘lganida, natijamiz ham boshqacha bo‘lardi.

Shuning uchun hozirgi darajamni “daraja” deyishga arzisa, bunda ustozlarimning hissasi juda katta deb bilaman.

Man biror narsani “zo‘r qildim” deb aytishga qiynalaman. Chunki ko‘p holatda ustozlarim aytganidek mukammal qilolmaganman. Man faqat aytilgan yo‘lni imkonim boricha bosib o‘tganman.

Lekin aynan shu yerda ustozning qadri bilinadi.

Ustoz sen ko‘rmayotgan xatoni ko‘radi.
Sen adashayotganingda yo‘l ko‘rsatadi.
Tushkunlikka tushganingda suyanchiq bo‘ladi.
O‘zingga ishonmay qolganingda, sendagi imkoniyatni sendan oldin ko‘radi.

Bir gap bor:

Bu dunyoda faqat ikki inson sizning o‘zidan ham yaxshi bo‘lishingizni chin dildan xohlaydi — biri ota, biri ustoz.

Man uchun ustoz shamchiroqqa o‘xshaydi.

Qorong‘ida yo‘l ko‘rsatadi.
Sovuq paytda iliqlik beradi.
Qo‘rqqaningda esa: “Yur, bo‘ladi”, deb oldinga undaydi.

“Muvaffaqiyatli inson kim?” deb so‘rashsa, man faqat kuchli odam deb aytmagan bo‘lardim.

Manimcha, yaxshi ustoz topgan va ustozining gapini eshitishni bilgan odam — juda katta ne’matga ega odam.

Ustozlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin.
1,200000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

01 Eki 2026 11:22

Mani aytishnik qiyofadoshim ekan?

Rostan o’xshaydimi?
968000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

30 Eyl 2026 11:23

Video
Ofis qidirayotganlar uchun yaxshi variant — yonimizga qo‘shni bo‘ling!

Yaqinda o‘zimiz remont qilib, yangi va qulay ofisga ko‘chdik. Hozir yonimizdagi ofis joylariga ham qo‘shni kompaniya izlayapmiz.

📍 Joylashuv: Yunusobod-2 kvartal
🚇 Yunusobod metrosidan 800 metr
🚗 Birinchi liniya, kirib-chiqish juda qulay
🅿️ O‘zining parkingi bor — 15 ta mashinagacha
🏢 Yangi remont, tayyor va qulay ofis

Eng muhimi, ofisda yaxshi biznes muhit bo‘ladi — yoningizda biz, ProSales jamoasi 😊

Agar hozir yoki yaqin kunlarda ofis qidirayotgan bo‘lsangiz, aloqaga chiqing.

📩 @prosales_HR
1,870000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

23 Eyl 2026 13:25

“Feedbackni omma oldida berish, tanqid qilish — yosh avlod uchun o‘sish yo‘limi?” bo‘lsa, buni biroz aniqroq ajratish kerak.

Feedback — o‘sish vositasi. Lekin omma oldida tanqid qilish har doim ham o‘sish yo‘li emas.

• Shaxsiy feedback (birga bir holatda) → xatoni ko‘rsatadi, qanday yaxshilashni beradi.
• Omma oldida tanqid → odamni uyaltirishi, himoyaga o‘tishiga yoki xatosini yashirishiga olib kelishi mumkin.
• Omma oldida e’tirof + shaxsiy tuzatish → ko‘pincha sog‘lomroq yondashuv.
1,060000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

20 Eyl 2026 15:47

Eng xavfli gaplardan biri — “ertaga qilaman.”

Chunki hayotimizni katta xatolar emas, ko‘pincha shu “ertaga”lar sekin-sekin yeb bitiradi.

Ertaga boshlayman.
Ertaga gaplashaman.
Ertaga o‘zgaraman.
Ertaga ibodatimni to‘g‘rilayman.
Ertaga ota-onamga vaqt ajrataman.
Ertaga oilam bilan ko‘proq bo‘laman.

Lekin bizda aniq bor narsa — faqat bugun.

Kecha o‘tib ketdi.
Ertaga kelishiga esa hech kim kafolat bermagan.

Shuning uchun yaxshi ishni ham, muhim qarorni ham, insoniy va diniy vazifalarimizni ham imkon qadar bugunga qo‘yish kerak ekan.

Nafsning eng chiroyli aldovi ham shu bo‘lsa kerak:

“Hozir emas, keyin.”

Ba’zida hayotni o‘zgartirish uchun katta motivatsiya kerak emas.

Shunchaki o‘zingga bitta savol berish yetadi:

“Agar ertaga bo‘lmasa, bugun nima qilgan bo‘lardim?”

Mavlono Jaloliddin Rumiy rahimahullohning yuqoridagi fikridan olgan xulosam shu bo‘ldi.
1,180000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

30 yoshga yaqinlashganda hayotingdagi ko‘p narsalarga ikkinchi marta qaray boshlarkan odam.

Oldin maqsad juda tushunarli edi.

Pul topish kerak.
Uy olish kerak.
Mashina olish kerak.
Oila qurish kerak.
O‘zingni isbotlash kerak.

Yugurasan.

Keyin bir kuni qarasang, oldin juda katta tuyulgan narsalarning ayrimlari senda bor.

Lekin ichingda g‘alati savol paydo bo‘ladi:

“Xo‘sh, endi-chi?”

Menimcha, 30 yosh atrofidagi eng qiziq o‘zgarish ham shu.

Odamlar bilan ko‘p o‘tirgandan ko‘ra yolg‘iz qolish yoqimliroq bo‘lib qoladi.

Ba’zida mashinang eng tinch joyingga aylanadi.

Telefonni qo‘yib, shunchaki o‘tirging keladi.

Manfaat bo‘lmagan suhbatlarni sog‘inasan.

Hech kim sendan hech narsa kutmaydigan, sen ham hech kimga hech narsa isbotlamaydigan suhbatlarni.

Ishing yurishib turgan bo‘lsa ham, ba’zida ko‘ngling to‘lmaydi.

Chunki muammo ishda ham emasligini sekin tushuna boshlaysan.

Odamlarga so‘ramasa maslahat berishni ham kamaytirarkansan.

Kimdir yiqilayotgan bo‘lsa, darrov yugurib borib qutqarishga urinmay qo‘yarkansan.

Chunki vaqt o‘tib bitta narsani tushunasan:

hammaning hayotini ko‘tarib yurish sening vazifang emas.

Psixologiyada ham 20 yosh oxiri va 30 yosh boshlarida odamlarning maqsad, kasb, munosabat va o‘zligini qayta ko‘rib chiqishi ko‘p uchrashi qayd etiladi.

Lekin menimcha, buning tagida undan ham chuqurroq narsa bor.

Odam birlamchi ehtiyojlaridan biroz yuqoriga chiqqach, savol o‘zgaradi.

Oldin:

“Qanday yashayman?”

edi.

Keyin:

“Nima uchun yashayapman?”

bo‘lib qoladi.

Va mana shu savoldan qochish xavfli.

Uni yana ko‘proq ish bilan yopish mumkin.

Yangi loyiha bilan.

Yangi mashina bilan.

Safarlar, davralar, telefon, bandlik bilan.

Lekin odam o‘zidan qochib uzoqqa borolmaydi.

Bir joyda baribir o‘zing bilan gaplashishga to‘g‘ri keladi.

Nima menga haqiqatan kerak?

Nimani shunchaki boshqalarga ko‘rsatish uchun xohlaganman?

Kimlar bilan yo‘lim davom etadi?

Nimalarni endi qo‘yib yuborishim kerak?

Va eng muhim savol:

Alloh bilan munosabatim qayerda?

Chunki bir payt kelib faqat dunyoviy yutuqlar odamning ichini to‘ldirmay qo‘yarkan.

Menimcha, 30 yosh atrofidagi davr odamni sindirish uchun emas.

Qaytadan yig‘ish uchun keladi.

Lekin bu joyda odam o‘zini yo‘qotib qo‘ysa, “hayot shunaqa ekan” deb ma’nosizlik bilan kelishib olsa, keyingi yillar juda og‘ir o‘tishi mumkin.

Aksincha, aynan shu bosqichda o‘zining haqiqiy maqsadini topgan odamlarni ko‘rsangiz, ular boshqacha bo‘lib qoladi.

Go‘yo qaytadan tug‘ilgandek.

Oldin tezroq yugurardi.

Endi esa qayerga yugurayotganini biladi.

Men ham hozir shu bosqichdaman.

Shuning uchun bu postni sizga maslahat berish uchun yozmadim.

Shunchaki aytmoqchimanki:

agar sizda ham oxirgi paytlarda savollar ko‘paygan bo‘lsa, yolg‘izlik yoqa boshlagan bo‘lsa, oldingi maqsadlaringiz endi ichingizni qizdirmayotgan bo‘lsa —

balki siz yo‘qolmagandirsiz.

Balki eski hayotingiz sizga torlik qila boshlagandir.

Men ham shu yo‘ldaman.

Va qo‘limdan kelganicha, yoningizdaman.
861000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

Malomatchining malomatidan qo‘rqqan odam chin mo‘min bo‘lmaydi.

Bu post xizmat ko‘rsatish sohasida ishlayotganlar uchun.

2024-yilda 13 ta davlatda 9 500 nafar iste'molchi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, mijozlarning atigi 45% xizmatdan mamnunligini bildirgan. Qolganlarning 33% betaraf, 22% esa norozi bo‘lgan.

Demak, dunyodagi eng yaxshi kompaniyalar ham barcha mijozni rozi qila olmayapti.

Bu nimani anglatadi? Har doim ham muammo xizmatda emas. Ba'zida muammo mijozning kutuvi juda yuqori bo‘lganida yoki u kutgan natijani o‘zi ham aniq tasavvur qilmaganida bo‘ladi.

Agar biz bergan va'damizni bajargan bo‘lsak, demak vazifamizni bajarganmiz. Lekin meni boshqa narsa ko‘proq o‘ylantiradi.

Har bir loyiha oxirida mijozdan:
"Xizmatdan rozimisiz?" deb so‘raymiz.

"Ha, roziman", deydi. Aktga qo‘l qo‘yadi.

Oradan vaqt o‘tib esa eshitasiz:
"Mijoz sizlardan 50% rozi ekan."

Qiziq... Agar 50% rozi bo‘lsangiz, nega buni o‘sha kuni bizga aytmadingiz?

Biz hatto: "Agar ayb bizda bo‘lsa, pulingizni qaytarib beramiz." degan kafolat ham beramiz. Shunga qaramay, ayrim odamlar yuzingizga indamaydi, lekin orqangizdan gapiradi.

Men ham ko‘p joylarning mijoziman. Agar menga xizmat yoqmasa yoki sifat past bo‘lsa, buni o‘sha insonning o‘ziga aytaman. Chunki uning o‘sishini xohlayman.

Orqasidan gapirish esa uni kuchli qilmaydi. Aksincha, kamchiligini bilmagan odam uni hech qachon to‘g‘rilay olmaydi.

Shuning uchun sizdan bitta iltimos.

Agar bizdan norozi bo‘lsangiz yoki xatomizni ko‘rgan bo‘lsangiz, iltimos, avval o‘zimizga ayting.

Biz ham 10 yildan beri shu sohada emasmiz. Xato qilishimiz mumkin. Lekin xatoni tan olishga ham, uni to‘g‘rilashga ham tayyormiz.

Balki aynan siz aytgan bitta fikr bizni ertaga yuzlab mijozlarga yaxshiroq xizmat qilishimizga sabab bo‘lar.

Alloh barchamizga haq gapni ayta oladigan ham, eshita oladigan ham qalb bersin. Omin.
860000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

“Chala motivator.”
“Chala domla.”
“Chala usta.”

Qiziq…

Nega odamlar hech qachon tayyor natijani masxara qilmaydi?

Ular doim boshlanishni masxara qiladi.

Kimdir kontent chiqara boshlasa — “chala motivator.”

Kimdir ilm bera boshlasa — “chala domla.”

Kimdir ustachilikni boshlasa — “chala usta.”

Go’yoki dunyoga kelgan zahoti hamma professional bo’lishi kerak.

Shaxsan man ham buni boshdan o’tkazganman.

Sinfdoshlarim uzoq vaqt “motivator” deb ustimdan kulishardi.

Hatto bir paytlar shu sabab ayrim yig’ilishlarga ham borgim kelmasdi.

Keyin bitta narsani tushundim.

Mani hech qachon mandan kuchliroq odam masxara qilmagan.

Aksincha, mendan oldinda yurgan insonlar:

“Davom et.”

“Ko’proq qil.”

“Yaxshi ketvossan.”

deb qo’llab-quvvatlashgan.

Chunki ular bitta narsani bilishadi.

Har bir professional bir paytlar havaskor bo’lgan.

Mashina haydashni o’rganayotgan odamni ko’rib:

“Voy, chala haydovchi ekan”, deb kulmaymiz-ku.

Aksincha, normal hol deb qabul qilamiz.

Unda nega biznes boshlagan odamning, ustozlikni boshlagan odamning yoki kontent qilayotgan insonning xato qilishini normal qabul qilmaymiz?

Biz natijani yaxshi ko’ramiz.

Lekin o’sha natijagacha olib boradigan jarayonni yoqtirmaymiz.

Hop shu havaskir ham qachondir tajriba sabab professional bo’ladiku. Nega unga yordam berishni istamaymiz?

Axir shu uchun ham endi boshlagan odamlarda narx nisbatan arzonroq bo’ladi.

Eng qizig’i esa boshqa joyda.

Ko’p hollarda “chala” deb aytayotgan odamning o’zi ham bir vaqtlar xuddi shu bosqichdan o’tgan.

Faqat buni unutgan.

Yoki umuman harakat qilmagan.

Agar siz ham hozir biror sohada endi boshlayotgan bo’lsangiz, kimdir sizni kamsitsa, ortiqcha energiyangizni isbotlashga sarflamang.

Uni rivojlanishga sarflang.

10 000 soatni bosib o’tgan odam bilan birinchi 100 soatini yashayotgan odamni taqqoslashning o’zi adolatsizlik.

Faqat bitta narsani va’da qiling.

Ertaga kuchli mutaxassis bo’lganingizda, endi boshlayotganlarni masxara qilmang.

Qo’llab-quvvatlang.

Chunki kimningdir bitta og’iz iliq gapi ba’zan insonning yo’lda qolib ketmasligiga sabab bo’ladi.

Siz ham bir vaqtlar “chala” bo’lganingizni eslaysizmi yoki buni unitishni xohlaysizmi?
1,200000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

“Agar ho‘kizim harom o‘lmaganda, so‘yib yuborardim.”

Kulgili gap.

Lekin o‘ylab qarasam, ko‘pchiligimiz hayotimizning qaysidir joyida xuddi shunaqa yasharkanmiz.

Yaqinda bir mijozimiz bilan gaplashib qoldik. Biz u bilan 3 yil oldin ishlaganmiz.

Gap orasida eski vaqtlarni eslab:

— O‘shanda 800 ta lid uvol bo‘lmaganda, buncha pul topardim, — dedi.

Shu gapdan keyin bir zum o‘ylanib qoldim.

3 yil o‘tibdi.

800 ta lid allaqachon yo‘q.

O‘sha reklama yo‘q.

O‘sha vaziyat yo‘q.

Balki o‘sha xodimlar ham yo‘qdir.

Lekin odamning ichida o‘sha 800 ta lid hali ham bor.

Hali ham sotilyapti.

Hali ham pulga aylanyapti.

Faqat xayolida.

“Agar o‘shanda…”

O‘ylab qarasam, “agar” juda og‘ir so‘z ekan.

Agar o‘sha biznesni boshlaganimda…

Agar o‘sha odamga ishonmaganimda…

Agar o‘shanda sotmaganimda…

Agar o‘shanda olganimda…

Agar o‘shanda ketmaganimda…

Odam ba’zida bugungi kunini yashamaydi.

U allaqachon tugagan kechagi kunining boshqa variantini yashaydi.

Balki shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshimizga bir ish tushganidan keyin:

“Agar men bunday qilganimda, unday bo‘lardi”, demanglar. “Alloh taqdir qildi va xohlaganini qildi”, denglar. Chunki “agar” shaytonning ishiga eshik ochadi, deganlar.

Sahih Muslim, 2664.

Oldin bu hadisni oddiyroq tushunardim.

Hozir esa boshqacha tushunyapman.

Gap shunchaki “agar” degan so‘zda emas.

Gap Alloh yopib bo‘lgan eshikning oldida yillar davomida turib qolmaslikda.

Xato qildingmi — xulosasini ol.

Pul yo‘qotdingmi — sababini ol.

Noto‘g‘ri odamni tanladingmi — sabog‘ini ol.

Gunoh qildingmi — tavba qil.

Lekin o‘zingni o‘sha yerda qoldirma.

Qur’onda Hadid surasining 22-oyatida boshimizga keladigan narsalar sodir bo‘lishidan oldin yozilgani aytiladi.

Keyingi oyatda esa juda chuqur sabab keladi:

“Toki qo‘lingizdan ketgan narsaga qayg‘urib qolmang…”

Balki qadarni bilishning eng katta yengilliklaridan biri ham shudir.

Biz kechagi voqeani o‘zgartirishga mas’ul emasmiz.
Biz undan keyin qanday odam bo‘lib chiqishingga mas’ulmiz.

800 ta lid qaytmaydi.

Yo‘qotilgan pul qaytmasligi mumkin.

Ba’zi imkoniyatlar ham ikkinchi marta kelmaydi.

Lekin hayot hali davom etyapti.

Kecha bilan hisob-kitobni tugatmasang, bugunning ham hisobini kechaga berib qo‘yasan.

Shuning uchun o‘tmishga qaraganimda o‘zimga bitta savol berishga harakat qilaman:

*Agar…” emas.

Bu manga nimani o‘rgatdi?
1,110000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

Millioner bo‘lish sarobi yohud 25 yoshida pensiyaga chiqish istagi.

Hozir 20–25 yoshli tanishlarim, xodimlarim bilan gaplashsam, mavzu ko‘pincha bir joyga borib taqaladi:

Tezroq mashina olish.
Uy sotib olish.
Moliyaviy erkinlikka chiqish.
“Pensiyaga chiqish”.
Birinchi millionni ishlab topish.

Xuddi bularning hammasiga 25 yoshgacha erishilmasa, hayot yutqazilgandek.

Lekin statistika boshqa narsani ko‘rsatadi.

AQSh Milliy rieltorlar assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda birinchi marta uy sotib olganlarning median yoshi 40 yoshga yetgan.

Ramsey Solutions 10 mingdan ortiq millioner orasida o‘tkazgan tadqiqotda esa millioner maqomiga erishishning median yoshi 50 yosh bo‘lgan.

Demak, internet bizga ko‘rsatayotgan 21 yoshli millioner, 23 yoshida ota-onasiga uy olib bergan bola yoki 25 yoshida “pensiyaga chiqqan” tadbirkor — o‘rtacha holat emas.

Ular istisno.

Lekin biz istisnoni norma deb qabul qilib, oddiy hayotimizdan norozi bo‘lishni boshlayapmiz.

Bu gaplarim bilan:
“Hali vaqtingiz bor, yotavering”, demoqchi emasman.

Maqsad qilish kerak.
Harakat qilish kerak.
Ko‘proq pul topishga intilish ham yomon emas.

Lekin birovning tezligiga qarab, o‘z hayotingizni azobga aylantirish shart emas.

Yaqinda juda iqtidorli bir xodimimiz aynan shu sabab ishdan ketdi.

Yoshi 21 atrofida edi. Tajribasi kam, lekin salohiyati kuchli bola edi. Unga:

“Hali o‘sasan. Tajriba ol. Darajang oshsa, daromading ham ortadi”, dedim.

Lekin bir kuni:

“Shu yil uy olishim kerak”, deb qoldi.

Olayotgan daromadi maqsadiga yetmayotgani uchun qo‘shimcha loyihalar ola boshladi. Bir vaqtning o‘zida hamma narsaga ulgurishga harakat qildi.

Natijada hech narsaga to‘liq ulgurmadi.

Har ko‘rganimda charchagan.
Siqilgan.
Demotivatsiyada.

Oxiri asosiy ishidan ham ketdi.

Muammo uning uy olishni xohlaganida emas edi.

Muammo — 21 yoshli yelkasiga 40 yoshli odamning moliyaviy maqsadlarini yuklab olganida edi.

Men doim bir narsani takrorlayman:

Daraja bilan daromadni adashtirmang.

Ko‘pchilik darajasini oshirish o‘rniga daromadini sakratishga harakat qiladi.

Yangi bilim olish o‘rniga — yangi loyiha oladi.
Mahoratini oshirish o‘rniga — yana bir ishga kiradi.
Bir yo‘nalishda kuchayish o‘rniga — beshta yo‘nalishga bo‘linadi.

Keyin esa charchaydi, o‘zidan norozi bo‘ladi va hayotini omadsiz deb hisoblay boshlaydi.

Boshdan baland sakrab bo‘lmaydi, deyishadi.

Dunyoning yukini hali chiniqmagan kichik yelkaga ortib, keyin hayotdan xafa bo‘lib yashashdan nima foyda?

Bu holat o‘zimning ham boshimdan o‘tgan.

Internetda juda kam sonli yosh muvaffaqiyatli odamlarni ko‘rib, o‘zimni ular bilan solishtirganman. Keyin hozirgi hayotimni qadrlash o‘rniga, undan norozi bo‘lishni boshlaganman.

Lekin internet sizga natijani ko‘rsatadi.

U natijagacha bo‘lgan sharoitni ko‘rsatmaydi.

Kimningdir oilasi yordam bergan bo‘lishi mumkin.
Kimdir 10 yil oldin boshlagan bo‘lishi mumkin.
Kimdir omadli bozor yoki to‘g‘ri davrga tushgan bo‘lishi mumkin.
Yana kimdir ko‘rsatayotgan hayotini qarz hisobiga qurgan bo‘lishi mumkin.

Siz esa uning natijasini ko‘rib, o‘zingizning boshlanish nuqtangizni yomon ko‘rib qolasiz.

Yana bir o‘quvchim pushti rangli BMW olishni orzu qilishini aytdi.

Razbor qilib, ichiga kirganimizda ma’lum bo‘ldiki, u mashina haydashni umuman yoqtirmas ekan. Mashina unga aslida kerak ham emas ekan.

Unda nega aynan BMW?

“Kimlargadir isbotlab qo‘yish uchun”, dedi.

Biz ko‘p narsani foydalanish uchun emas, isbotlash uchun xohlaymiz.

Otamiz “molodes” deyishi uchun.
Do‘stlarimiz havas qilishi uchun.
Sobiq tanishlarimiz afsuslanishi uchun.
Instagramda boshqalardan kam ko‘rinmaslik uchun.

Keyin shu isbotning badalini sog‘lig‘imiz, xotirjamligimiz va yoshligimiz bilan to‘laymiz.

Yozilgan narsa o‘z vaqtida keladi.

Lekin kelajakdagi uy haqida o‘ylab, bugungi sog‘lig‘ingizni yo‘qotsangiz, ertaga u uyda yashashga ham holingiz qolmasligi mumkin.

Shuning uchun maqsadingiz bo‘lsin, lekin birovning vaqt jadvali bilan yashamang.

Instagramdagi yosh millionerga emas, kechagi o‘zingizga qarang.

Daromadni quvishdan oldin darajangizni oshiring.
1,160000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

Shef, mani tanqid qilsangiz — haqiqiy do‘stimsiz

Biz juda qiziq odamlarmiz.

Kimdir xato qilishimizdan oldin:

— To‘xta, noto‘g‘ri ketyapsan, — desa, undan xafa bo‘lamiz.

Keyin xato qilib, yiqilib tushganimizdan keyin:

— Nega oldin aytmading? — deb yana o‘sha odamdan xafa bo‘lamiz.

Ko‘pchilik do‘st deganda nima deb o‘ylaydi?

Har bir gapizga:

— Zo‘r qipsiz, shef.

Har bir qarorizga:

— To‘g‘ri, man ham shuni o‘ylagandim.

Xato qilsangiz ham:

— Vaziyat shunaqa bo‘lib qoldi-da.

Deb ko‘nglizga qarab turadigan odamni.

Lekin manimcha, bu do‘stlik emas.

Bu sizni yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqish.

Haqiqiy do‘st esa kerak bo‘lsa, kayfiyatizni buzadi.

— Sarvar, bu yerda xato qildiz.

— Bu gapiz odamga og‘ir tegdi.

— Bu qaroriz biznesdan emas, egoyizdan chiqyapti.

— Hozir o‘zizni oqlab, o‘zizni aldayapsiz.

Deb yuzizga ayta oladi.

Albatta, tanqid eshitish yoqimli emas.

Ayniqsa tadbirkor bo‘lsangiz.

Jamoada hamma sizdan javob kutadi.

Mijozlar sizni ekspert deb biladi.

Ijtimoiy tarmoqda odamlar gapizni eshitadi.

Shunaqa paytda miyamiz sekin-sekin xavfli bitta xulosaga keladi:

“Demak, man ko‘proq bilaman.”

Keyin bizni maqtagan odam aqlli ko‘rina boshlaydi.

Tanqid qilgan odam esa vaziyatni tushunmaydigandek tuyuladi.

“U hamma narsani bilmaydi.”

“U man bosib o‘tgan yo‘lni bosmagan.”

“O‘zi nima qilib qo‘yibdi?”

Ya’ni tanqidni tekshirishdan oldin, uni yo‘qqa chiqarishga sabab qidiramiz.

Man ham oldin tanqidni yaxshi qabul qilmasdim.

Tashqaridan indamasdim.

Lekin ichimda himoya boshlanardi.

Gapni eshitishdan oldin javob tayyorlardim.

Keyin bitta narsani tushundim:

Tanqidning hammasi to‘g‘ri emas.

Lekin tanqidni eshitmasdan rad qilish undan ham noto‘g‘ri.

Rahbarning kamtarligi xodimlarning erkinroq fikr bildirishiga va qayta aloqa berishiga yordam berishi ko‘rsatilgan. Rahbar o‘zini xato qilmaydigan odam qilib ko‘rsatsa, jamoa tanqid qilishdan qo‘rqadi.

Bu juda xavfli holat.

Chunki bir kuni siz katta xato qilasiz.

Keyin ma’lum bo‘ladiki, xatoni hech kim ko‘rmagan emas.

Hamma ko‘rgan.

Faqat hech kim aytishga jur’at qilmagan.

Man uchun haqiqiy do‘st — har bir gapimni tasdiqlaydigan odam emas.

Kerakli joyda:

— Sarvar, bu safar siz noto‘g‘risiz, — deya oladigan odam.

Chunki maqtov kayfiyatni ko‘taradi.

Tanqid esa saviyani.

Maqtov odamni o‘ziga ishontiradi.

Tanqid esa ba’zida o‘ziga kelishga majbur qiladi.

Haqiqiy do‘st siz yiqilgandan keyin:

— Man bilardim, — demaydi.

Yiqilishizdan oldin egoyizga tegib bo‘lsa ham:

— To‘xta, bu yo‘lni oxiri yaxshi emas, — deydi.

Atrofizda sizni xafa qilishdan qo‘rqadiganlar ko‘paygan bo‘lsa, ehtimol siz do‘stlaringizni emas, tanqid eshigingizni yo‘qotgandirsiz.

P/s: Faqat birga bir taqqid qilingde hali hammani oldida tanqid eshita oladigan dajada kuchli emasman🙂
1,130000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

Shef, nega biz o’zbeklar ringda kuchlimiz-u, jamoaviylikda qiynalamiz?

O‘zbekiston sportiga qarasangiz, juda qiziq manzara ko‘rasiz.

Biz boksda kuchlimiz.

Kurashda kuchlimiz.

Dzyudo va taekvondoda ham kuchlimiz.

Parij–2024 Olimpiadasida O‘zbekiston tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi: 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza. Eng e’tiborlisi, barcha 13 medal individual yo‘nalishlarda, asosan boks, dzyudo, kurash va taekvondoda olindi. Faqat boksning o‘zida 5 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.

Bu sportlarda g‘alaba qilish uchun eng zo‘ri siz bo‘lishiz kerak.

Ringda yolg‘izsiz.

Gilamda yolg‘izsiz.

G‘alaba ham sizniki.

Mag‘lubiyat ham sizniki.

Bu yerda ichki “man” foyda beradi:

Man kuchliman.
Man oxirigacha turaman.
Man uni yengaman.

Lekin jamoaviy o‘yinga kelganda shu “man” teskari ishlashni boshlaydi.

Siz ikkita gol urishiz mumkin.

Lekin jamoa 3:2 hisobida yutqazsa, siz g‘olib emassiz.

Eng yaxshi pasni berishiz mumkin.

Lekin sherigizni yopmasangiz, jamoa mag‘lub bo‘ladi.

Jamoaviy sportda “man yaxshi o‘ynadim” degan gapning qiymati yo‘q.

Bu yerda:

“Man” emas, “biz” yutadi.

Albatta, O‘zbekiston jamoaviy sportda umuman natija qilmagan deyish noto‘g‘ri.

Lekin jamoaviy natija individual qahramonlikdan ko‘ra og‘irroq.

Chunki unda faqat kuchli bo‘lish yetmaydi.

Bir-biringizni eshitish kerak.

Rolingizni qabul qilish kerak.

Ba’zida gol urmay, sherigingizga pas berish kerak.

Ba’zida oldinga chiqmay, orqada qolish kerak.

Ba’zida esa eng yaxshi qaror sizniki emasligini tan olish kerak.

Alixonto‘ra Sog‘uniyga nisbat beriladigan bir gap bor:

“Agar o‘zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig‘ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo‘lmas edi.”

Bu gap faqat sport haqida emas.

Biznesda ham xuddi shunaqa.

Tadbirkor “man”dan “biz”ga o‘tgan kuni katta biznes qurishni boshlaydi.

Deyarli har kuni tadbirkorlar bilan ishliman va bitta narsani ko‘raman:

Doim “man” deydigan tadbirkorning yonida ko‘pincha faqat kuchsiz xodimlar qoladi.

Keyin tadbirkor ularni koyib yuradi:

— Hammasini o‘zim qilaman.

— Manga o‘xshagan odam yo‘q.

— Xodimlar ishlashni bilmaydi.

Lekin aslida u kuchli xodimni yoniga yaqinlashtirmaydi.

Chunki kuchli xodim savol beradi.

E’tiroz bildiradi.

— Bu qaroriz noto‘g‘ri, — deyishi mumkin.

Bu esa tadbirkorning ishiga emas, egosiga tegadi.

Shuning uchun u kuchli odamdan ko‘ra, gapini tasdiqlab turadigan odamni tanlaydi.

Natijada rahbar o‘zini eng aqlli deb his qiladi.

Jamoa esa kundan-kunga kuchsizlanadi.

Yana bitta xavfli signal bor.

Jamoa tadbirkorni doim:

— Ustoz, ustoz, — deb chaqirishni boshlaydi.

Yaqinda mani jamoadagilar ham:

— Sizni ustoz deb chaqiraylik, — deyishdi.

Rad javobini berdim.

Chunki odamlar mani “ustoz” deb qabul qilishi bilan, tanqid eshigi asta-sekin yopilib borishi mumkin.

Ustoz xato qilmaydigandek ko‘rinadi.

Xodim e’tiroz bildirishdan qo‘rqadi.

Rahbar esa hamma qarorini to‘g‘ri deb o‘ylashni boshlaydi.

Bir kuni qarasangiz, atrofizda jamoa emas, sizni tasdiqlaydigan auditoriya yig‘ilib qolgan bo‘ladi.

Ego odamni kuchli qilishi mumkin.

Ringga olib chiqadi.

Raqibdan qo‘rqmaslikka yordam beradi.

Noldan biznes boshlatadi.

Lekin ego odamni buyuk qila olmaydi.

Chunki buyuklik faqat boshqalardan kuchli bo‘lishda emas.

Buyuklik — o‘zingizdan kuchli odamlarni yonizda ushlab tura olishda.

“Man qildim” deyish oson.

“Biz qildik” deyish uchun esa natijani bo‘lisha oladigan darajada katta bo‘lish kerak.

Balki jamoamizdagi odamlar kuchsiz emasdir. Balki bizning “man”imiz ularning kuchli bo‘lishiga joy qoldirmayotgandir.
1,190000
Sarvar Zaynutdinov logo
Sarvar Zaynutdinov

06 Eyl 2026 15:19

Photo
Siz orzu qilavering.

Alloh qodir qildirmasa hayol qildirmas.

Har safar qaysidir mashina yoqib qolsa judayam shu mashinani sotib olishni xohlasam rasmga olib qo’yaman.

Allohga hammasi oson biz miyamiz faqat qabul qilishi qiyin.

Cobalt haydayotgan paytim byd Han juda yoqib qolgan edi aynan shu yashil rangi 1 yil o’tib Alloh nasib qildi.

Keyin bo’lsa zeekr 001 olovrangi juda yoqib qoldi o’sha yilni o’zida nasib qildi.

Cadilac Escalade eng orzu qilgan mashinam uni ham rasmga olib qo’yganman. Alloh nasib qiladi albatta.

Kecha xiaomi yu7 mashinasi ko’rib juda yaxshi ko’rib qoldim. Uni ham olarmiza Alloh nasib qilsa.

Bu postni nega yozyaoman maqtanish uchun emas Alloh qodir qildrmasa hayol qildirmaydi. Katta orzular qilavering Allohga hammasi oson qaysidiri yaxshi amalarimiz uchun balki Alloh bizni kutmagan joyimizdan rizqlantirar.
1,120000

Showing 30 of 53 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Sarvar Zaynutdinov Telegram kanalı ne hakkında?+

Sarvar Zaynutdinov (@savdo_bolimi), tgdio üzerinde İş Dünyası Haberleri kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.769 abonesi var.

Sarvar Zaynutdinov (@savdo_bolimi) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @savdo_bolimi abonesi olun.

Sarvar Zaynutdinov iyi bir İş Dünyası Haberleri kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Sarvar Zaynutdinov puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.769 abonesi var. Benzer İş Dünyası Haberleri kanallarla karşılaştırın.

Sarvar Zaynutdinov istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @savdo_bolimi sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.