Ta’lim yangiliklari | UZ Telegram channel photo

Ta’lim yangiliklari | UZ

@talim_yangiliklar_uzPublic Channel

@Talim_yangiliklar_uz – Ta'lim yangiliklar! Taʼlimga oid eng so'nggi yangiliklarni shu yerda kuzatib borishingiz mumkin! Murojaat uchun: @talim_yangiliklar_bot

Free FireTürkçeTürkiye

1.8k

Last views

1.4k (1,416 subscribers)
Üyeler
—
Rating
10
Total Posts
May 7, 2026, 12:21 AM
Güncellendi
Apr 27, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameTa’lim yangiliklari | UZ
Username@talim_yangiliklar_uz
CategoryFree Fire
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler1,416
Channel TypePublic Channel
Created27 Nis 2026
Last Updated7 May 2026 • 169 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#392772-755
Dil Sıralaması
#3862-8
Kategori Sıralaması
#1798-1

Üye Büyümesi

Toplam: 1.4K30 Days growth: -392.7%
04/2704/2804/2904/3005/0105/0205/0305/0405/0505/06
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
27:04:20261,455
28:04:20261,455
29:04:20261,455
30:04:20261,455
01:05:20261,455
02:05:20261,455
03:05:20261,455
04:05:20261,455
05:05:20261,455
06:05:20261,416
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:20261,455
Week of 04:05:20261,416
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 20261,455
May 20261,416
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
20261,416

Son Yazılar

Photo
⚡️Prezident tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi https://president.uz/oz/lists/view/9120 eng muhim tashabbuslar bilan tanishing:

1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi;

2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan);

3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi;

4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi;

5. Har yili kamida 10 mingta yosh oila imtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi;

6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi;

7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi;

8. “Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi;

9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

10. “TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi;

11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi;

12. “Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi;

13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha);

14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi;

15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi;

16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi;

18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi;

19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi;

20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi;

21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi;

22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi;

23. Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi;

24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi;

25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi;

26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;

27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi;

28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi;

29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi;

30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi;

31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi;

32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

✅
1,780002
Photo
⚡️Talabalarning davomatini sababli qilish funksiyasi oʻzgardi

Hemis va DMED axborot tizimlarining o'zaro integratsiyasi

✅Hemis va DMED axborot tizimlarini o'zaro integratsiya qilish orqali bu tizimlar o'rtasida talabalarning mehnatga layoqatsizlik (kasallik) maʼlumotlarini almashish imkoniyati yaratildi.

Talabalarning sababsiz qoldirgan dars soatlarini tekshirish va o'zgartirish funktsionali ushbu integratsiya asosida takomillashtirildi (Davomat / Davomat statusi)

Endilikda talabalarning davomatini sababli qilishda quyidagi 9 ta toifadan biridan foydalaniladi:
1. Talabaning kasalligi sababli;
2. Nogironlik tibbiy ko'rigi sababli;
3. Talabaning nikoh to'yi sababli;
4. Yaqin qarindoshining marosimi;
5. Xomiladorlik taʼtili sababli;
6. Tadbirlarda ishtiroki sababli;
7. Tabiiy ofat va baxtsiz xodisalar sababli;
8. VIZА muddati tugaganligi sababli;
9. OTM tashabbusi sababli.
Talabaning kasalligi sababli uning davomatini sababli qilishda Xemis tizimi tegishli kasallik maʼlumotlarini DMED tizimidan tekshiradi va shunga qarab ruxsat beradi.

✅
1,770002
Video
⚡️ Oliy ta’lim muassasalarida 7 kunlik tizim, ya’ni yakshanba kuni ham darslar o‘tilishi haqida mazmundagi xabarlar tarqaldi.

✏️Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Sardor Radjabov tomonidan rasmiy izoh berildi.

✅
1,780001
Photo
🔴#hemis #ijtimoiy_faollik_indeksi

⚡️Tavsiya: Hujjatlarni yuklayotganda ularning sifatli va haqiqiy ekanligiga e’tibor bering, chunki noto‘g‘ri ma’lumot arizaning rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

✅
1,400004
Photo
#hemis #ijtimoiy_faollik_indeksi

❗HEMIS axborot tizimida “Ijtimoiy faollik indeksi” moduli ishga tushirildi!

⚡️Endi talabalarning nafaqat darsdagi o‘zlashtirishi, balki universitet hayotidagi ijtimoiy faolligi ham raqamli tizim orqali baholanadi.

🔍Tizimdan foydalanish tartibi juda oddiy:

🇺🇿 http://my.hemis.uz/ platformasi yoki HEMIS mobil ilovasiga kiring;
🇺🇿 menyudan “Ijtimoiy faollik” bo‘limini tanlang;
🇺🇿 ariza yaratish tugmasini bosing 👆va faoliyatingizni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklang.

😄Ijtimoiy faollik indeksi uchun maksimal 20 ball beriladi. Talabaning faoliyati quyidagi 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 100 ballik mezon asosida baholanadi:

Kitobxonlik madaniyati, “5 muhim tashabbus” doirasidagi ishtirok, volontyorlik ishlari, fan olimpiadalari va tanlovlar, teatr va muzeylarga tashriflar, sport va sog‘lom turmush tarzi, o‘quv darslariga to‘liq qatnashish, akademik tartib-intizomga rioya qilish, “Ma’rifat darslari” va boshqa tadbirlar.

🧠Siz kiritgan ma’lumotlar universitet tyutori tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Davomat va o‘zlashtirish natijalari esa HEMIS tizimi orqali avtomatik tarzda shakllanadi.

✅
2,430003
Photo
🚗Qator OTMlarda harbiy tayyorgarlik o‘quv markazlari tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, rezerv va zaxiradagi ofiserlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, 9 may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan https://president.uz/oz/lists/view/9112

➡️Joriy yilda bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofotini to‘lash taklif qilindi.

➡️Davlat oliy ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ravishda “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 3 yillik bakalavriat ta’limi asosida rezerv va zaxiradagi ofiserlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

➡️Sun’iy intellekt, dron, robototexnika kabi zamonaviy va tor mutaxassisliklar bo‘yicha ham zaxira ofiserlari tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

✅
1,950002
Photo
⚡️ Yangi tartibga ko‘ra, endilikda davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari oliy taʼlim vaziri tomonidan tayinlanadi

Ushbu jarayonga vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovning javobi:

“Bu vazir oʻzi xohlagan odamni rektorlikka qoʻyadi, degani emas. Yaʼni, bu yuqori turuvchi tashkilotlar bilan kelishiladi. Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi bilan...

Qaysi rektorlarni almashtirishimni sizga keyingi yili aytaman.

Rektorlarni saylash tizimiga hali ham tayyor emasmiz. Yana ozroq vaqt kerak. Lekin sekin-asta shu tizimga yaqinlashyapmiz”.
https://t.me/Oliygohlar_minbari✅
250001
Video
“Dunyo boʻyicha 40 taga yaqin davlat bizning universitetlar diplomlarini tan olyapti” — Qoʻngʻirotboy Sharipov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri iyunda Qirgʻiziston bilan diplomalarni toʻgʻridan toʻgʻri tan olish boʻyicha kelishuv imzolanishini aytdi. Qozogʻiston ham o‘zaro kelishuvga ogʻzaki rozilik https://daryo.uz/wtAeKFhvg
https://t.me/Oliygohlar_minbari✅
1,510002
❓Talaba oraliq va yakuniy imtihonlarga kiritilmasligi mumkinmi?

✅ JAVOB: Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, talabaning imtihonlarda ishtirok etishini cheklovchi aniq holatlar belgilab qo‘yilgan.

Bu borada har bir talaba bilishi shart bo‘lgan eng muhim tartiblar bilan tanishing:

1️⃣ Eng asosiy sabab — dars qoldirish. Agar talaba muayyan fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining 25 foizi va undan ortig‘ini sababsiz qoldirgan bo‘lsa, u ushbu fan bo‘yicha imtihonga qo‘yilmaydi.

❗️Eslatma: Sababli (kasallik yoki rasmiy ruxsatnoma) qoldirilgan darslar bu hisobga kirmaydi.

2️⃣ Nizomga ko‘ra, talaba yakuniy nazoratga kirishi uchun oraliq nazorat(lar)ni topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazoratni topshirmagan yoki ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho olgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

3️⃣ Imtihon jarayonida quyidagi holatlar aniqlansa, talaba jarayondan chetlashtiriladi:

🔹 ID-karta yoki talaba guvohnomasi mavjud bo‘lmasa;
🔹 Imtihonga telefon, shpagalka yoki boshqa taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinsa;
🔹 Akademik etika qoidalarini buzsa (boshqasining o‘rniga kirish yoki yordam so‘rash).

4️⃣ Akademik qarzdorlik va kursdan qolish:

🔹 3 tagacha fandan qarzi bor talabaga qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
🔹 Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular kursdan qoldiriladi.

❓Kontrakt qarzdorligi bo‘lsa-chi?

Ko‘pchilik dekanatlar tomonidan qo‘llaniladigan “kontraktni to‘lamasang imtihonga kirmaysan” degan talab mutlaqo g‘ayriqonuniy.

Talabaning kontrakt to‘lovidan qarzdorligi uning bilimini nazorat qilish jarayonlaridan (na oraliq, na yakuniy imtihonlardan) chetlatishga asos bo‘la olmaydi.

Biroq, muhim bir jihatni unutmang:

Kontraktni o‘z vaqtida to‘lamaslik imtihonga kirmaslikka sabab bo‘lmasa-da, OTMda sizni shartnoma shartlarini bajarmaganingiz uchun talabalar safidan chiqarish huquqi mavjud. Shu bois, bu borada juda ehtiyot bo‘lishingizni va to‘lovlarni kechiktirmaslikni tavsiya qilaman.
Barcha jarayonlar HEMIS tizimi orqali nazorat qilinishini inobatga olib, dars qoldirish foizini va oraliq ballaringizni doimiy kuzatib borishingizni tavsiya qilaman.

✅
272000
⚡️Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son https://lex.uz/uz/docs/-7726569 muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib https://t.me/eduuz

➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.

➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📥2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.

❗️Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.

✅
288004

Showing 10 of 10 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Ta’lim yangiliklari | UZ Telegram kanalı ne hakkında?+

Ta’lim yangiliklari | UZ (@talim_yangiliklar_uz), tgdio üzerinde Free Fire kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.416 abonesi var.

Ta’lim yangiliklari | UZ (@talim_yangiliklar_uz) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @talim_yangiliklar_uz abonesi olun.

Ta’lim yangiliklari | UZ iyi bir Free Fire kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Ta’lim yangiliklari | UZ puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 1.416 abonesi var. Benzer Free Fire kanallarla karşılaştırın.

Ta’lim yangiliklari | UZ istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @talim_yangiliklar_uz sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.