Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) harakatlari
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga koʻra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan majburiy sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart.
Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakili sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda:
1️⃣ jabrlanuvchiga (uning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) 3 kalendar kundan kechiktirmay sugʻurta polisining nusxasini topshirishi;
2️⃣ darhol, lekin majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan muddatdan kechiktirmay, sodir boʻlgan hodisa haqida yozma shaklda, sugʻurta polisining nusxasini ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga hamda yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi va transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir boʻlgan payti, koʻrilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yoʻl-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan daʼvogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar toʻliq hajmda, shuningdek sugʻurta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor boʻlganligi va sugʻurta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab boʻlishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak;
3️⃣ sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
4️⃣ yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma tuzilgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kuni ichida mazkur xabarnomani ushbu Qonun 202-moddasining
https://lex.uz/docs/-1342474#-5616075koʻrsatilgan materiallar va hujjatlarni ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
5️⃣ zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak.
Jabrlanuvchining yoki uning merosxoʻrlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sugʻurta toʻlovi toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sugʻurtalovchiga yoki uning filialiga yuboriladi:
1️⃣ sugʻurta polisi (agar boʻlsa);
2️⃣ zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi maʼlumotnomasi yoxud hayot yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
3️⃣ mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar va boshqa shu kabilar);
4️⃣ jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
5️⃣ meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchining merosxoʻrlariga yoxud huquqiy vorislariga toʻlanishi kerak boʻlsa).
👉