1/2#qonunchilikdagiyangiliklar
🌱 🏠 Issiqxonalar uchun yangi soliq imtiyozlari!
❗️O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi soliq imtiyozlari joriy etilmoqda.
📌 Kimlar ushbu imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
Issiqxona faoliyatidan olingan daromadlari joriy soliq davridagi jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari.
🗓 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha:
➖ Yer solig‘i stavkasi — 50 foizga kamaytiriladi;
➖ Mol-mulk solig‘i stavkasi — 50 foizga kamaytiriladi;
➖ Aylanmadan olinadigan soliqdan — ozod qilinadi.
❗️ Issiqxonalar uchun boshqa soliq imtiyozlari:
➖ QQS — 0%;
➖ Foyda solig‘i — 0%;
➖ Ijtimoiy soliq — 1% (2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha).
⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PQ-371-son qarori.
📌 Muhim: Imtiyozlardan foydalanishdan oldin korxonangiz faoliyati va daromadlari belgilangan talablarga mos kelishini tekshiring.
Biznesingiz uchun qonunchilikdagi yangiliklarni kuzatib boring!
#Soliq #Issiqxona #SoliqImtiyozlari #Tadbirkorlik
🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.








