Huquqiy podcast Telegram channel photo

Huquqiy podcast

@huquqiypodcastPublic Channel

🎙Cheksiz huquqiy podkastlar kanali 📈 Aholining huquqiy madaniyatini samarali takomillashtirish 📹Muvaffaqiyatli va eng yaxshi yuridik ekspertlar, yuristlar va yuridik bo'lim o'qituvchilarining intervyulari va maslahatlari.

Podcast'lerTürkçeTürkiye

17

Last views

87 (87 subscribers)
Üyeler
—
Rating
34
Total Posts
Oct 17, 2026, 1:51 PM
Güncellendi
Apr 27, 2026
Created
Stats

Türkçe içerik görüyorsunuz. Diğer dillerdeki içeriği görmek için site dilini değiştirin.

Channel Information

Channel Information
Channel NameHuquqiy podcast
Username@huquqiypodcast
CategoryPodcast'ler
LanguageTürkçe
CountryTürkiye
Üyeler87
Channel TypePublic Channel
Created27 Nis 2026
Last Updated17 Eki 2026 • 6 gün önce
StatusActive

Sıralama

Küresel Sıralama
#92734+168
Dil Sıralaması
#977+2
Kategori Sıralaması
#291+4

Üye Büyümesi

Toplam: 8730 Days growth: +22.4%
09/1809/2309/2810/0310/0810/1310/17
Üye Büyümesi - 30 Days
DateSubscribers
18:09:202685
19:09:202685
20:09:202686
21:09:202686
22:09:202686
23:09:202686
24:09:202686
25:09:202686
26:09:202686
27:09:202686
28:09:202686
29:09:202686
30:09:202686
01:10:202686
02:10:202686
03:10:202686
04:10:202686
05:10:202686
06:10:202686
07:10:202686
08:10:202686
09:10:202686
10:10:202686
11:10:202686
12:10:202686
13:10:202686
14:10:202686
15:10:202686
16:10:202686
17:10:202687
Üye Büyümesi - Weekly
DateSubscribers
Week of 27:04:202697
Week of 04:05:202694
Week of 11:05:202694
Week of 18:05:202694
Week of 25:05:202694
Week of 01:06:202694
Week of 08:06:202694
Week of 15:06:202694
Week of 22:06:202694
Week of 29:06:202694
Week of 06:07:202691
Week of 13:07:202691
Week of 20:07:202691
Week of 27:07:202691
Week of 03:08:202691
Week of 10:08:202691
Week of 17:08:202689
Week of 24:08:202689
Week of 31:08:202686
Week of 07:09:202685
Week of 14:09:202686
Week of 21:09:202686
Week of 28:09:202686
Week of 05:10:202686
Week of 12:10:202687
Üye Büyümesi - Monthly
DateSubscribers
April 202697
May 202694
June 202694
July 202691
August 202689
September 202686
October 202687
Üye Büyümesi - Yearly
DateSubscribers
202687

Son Yazılar

Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

15 Eki 2026 11:43

Photo1/2
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

🌱 🏠 Issiqxonalar uchun yangi soliq imtiyozlari!

❗️O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi soliq imtiyozlari joriy etilmoqda.

📌 Kimlar ushbu imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
Issiqxona faoliyatidan olingan daromadlari joriy soliq davridagi jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari.

🗓 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargacha:
➖ Yer solig‘i stavkasi — 50 foizga kamaytiriladi;
➖ Mol-mulk solig‘i stavkasi — 50 foizga kamaytiriladi;
➖ Aylanmadan olinadigan soliqdan — ozod qilinadi.

❗️ Issiqxonalar uchun boshqa soliq imtiyozlari:
➖ QQS — 0%;
➖ Foyda solig‘i — 0%;
➖ Ijtimoiy soliq — 1% (2026-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrgacha).

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PQ-371-son qarori.

📌 Muhim: Imtiyozlardan foydalanishdan oldin korxonangiz faoliyati va daromadlari belgilangan talablarga mos kelishini tekshiring.
Biznesingiz uchun qonunchilikdagi yangiliklarni kuzatib boring!
#Soliq #Issiqxona #SoliqImtiyozlari #Tadbirkorlik

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
17001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

22 Eyl 2026 12:07

Photo1/2
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

™️📃 Tovar belgisi: nimani ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

Biznesda foydalaniladigan nom, logotip yoki boshqa belgilar avtomatik ravishda tovar belgisi hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, tovar belgisi bir shaxsning tovar va xizmatlarini boshqa shaxslarning shu turdagi tovar va xizmatlaridan farqlash uchun xizmat qiladi.

❗️Tovar belgisi sifatida nimalar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin?
➖ So‘zli belgilar — nom, so‘z, so‘z birikmasi va boshqa so‘zli ifodalar;
➖ Tasviriy belgilar — logotip va grafik tasvirlar;
➖ Hajmli belgilar — muayyan shakldagi belgilar;
➖ Kombinatsiyalangan belgilar — masalan, nom va logotipning birgalikdagi ifodasi;
➖ Rangli belgilar — bir yoki bir nechta rangda ifodalangan belgilar.

Shuningdek, tovar belgisi tushunchasi xizmat ko‘rsatish belgilarini ham qamrab oladi. Ya’ni belgi nafaqat tovarlarni, balki xizmatlarni ham boshqa shaxslarning xizmatlaridan farqlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

⚖️ Muhim jihat: tovar belgisining huquqiy muhofazasi, umumiy qoidaga ko‘ra, uni qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida yuzaga keladi. Shuningdek, tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ham muhofaza qilinishi mumkin.
Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

📌 Masalan, siz oziq-ovqat xizmatlarini ko‘rsatish uchun muayyan nom va logotipdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, ushbu belgini tegishli xizmatlar bo‘yicha tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
Shuning uchun tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishda faqat nom yoki logotipni tanlashning o‘zi yetarli emas. Avvalo, ushbu belgi qaysi tovarlar va xizmatlarga nisbatan huquqiy muhofaza qilinishi aniq belgilab olinishi kerak.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
43000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

15 Eyl 2026 12:14

Photo1/2
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

❗️ Ayrim lider tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi

🇺🇿 😇 2026-yil 11-sentabrda “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–193-son) qabul qilindi.

❗️ Lider tadbirkorlarga garovsiz kredit
Tuman (shahar) shtabi qaroriga asosan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan lider tadbirkorlarga:
➖ 5 mlrd so‘mgacha kredit;
➖ jalb qilingan har bir oila uchun 50 mln so‘mgacha hisobida;
➖ garov ta’minotisiz ajratilishiga ruxsat beriladi.
Bunda asosiy shartlardan biri — tadbirkor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilishi.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
647000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

14 Eyl 2026 09:55

Photo1/2
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿14.09.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 765.76 so'm
💸13 638.87 so'm
💸139.71 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
427001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

11 Eyl 2026 17:22

Photo1/2
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

🚨 SIZNING QARZDORINGIZ SOLIQ QARZINGIZNI TO‘LASHI MUMKINMI?

❗️Tasavvur qiling:
Sizning kompaniyangiz boshqa bir kompaniyaga 500 mln so‘m miqdorida xizmat ko‘rsatdi, ammo pul hali kelib tushmadi.
Shu bilan birga, kompaniyangizda soliq qarzdorligi mavjud.
Bunday vaziyatda soliq organi ayrim hollarda qarzdoringizdan undirilishi kerak bo‘lgan mablag‘ hisobidan sizning soliq qarzingizni undirishga haqli.

❓ Bu qanday amalga oshiriladi?
Agar soliq to‘lovchi soliq qarzdorligini o‘z debitoridan undirishni so‘rab murojaat qilsa:
➖ soliq organi 3 ish kuni ichida debitorning shaxsiy kabinetiga tegishli hujjatlarni yuboradi;
➖ debitor 10 ish kuni ichida hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini tasdiqlashi yoki qarzdorlik mavjud emasligi haqida asoslantirilgan rad javobini taqdim etishi kerak;
➖ agar debitor javob bermasa, debitorlik qarzi tan olingan va kelishilgan deb hisoblanishi mumkin;
➖ shundan so‘ng soliq organi 3 ish kuni ichida bank hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yishi mumkin.

⚠️ Eng muhim jihat:
Debitorning bildirishnomasini shunchaki e’tiborsiz qoldirish xavfli.
Agar debitor belgilangan 10 ish kuni ichida asoslantirilgan rad javobini bermasa, uning qarzdorligi tan olingan deb hisoblanishi mumkin.

📌 Shu bilan birga, qonunchilikda ayrim holatlarda debitorlik qarziga undiruv qaratilmaydi.
Masalan, agar:
— qarzdorlik asoslantirilgan tarzda rad etilgan bo‘lsa;
— da’vo muddati o‘tgan bo‘lsa;
— debitor jismoniy shaxs bo‘lsa;
— debitor O‘zbekiston soliq to‘lovchisi bo‘lmasa;
— debitor tugatilish yoki to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonida bo‘lsa;
— boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa.

💡 Biznes uchun xulosa:
Agar kompaniyangizda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lsa, uning debitorlik qarzdorligi ham soliq organining e’tiboriga tushishi mumkin.
Shuning uchun debitorlik qarzlarini hisobga olish, o‘zaro hisob-kitoblarni muntazam tasdiqlash va soliq organidan kelgan elektron xabarnomalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish muhim.

❗️Huquqiy Podcast — biznes uchun amaliy huquq.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
406000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

09 Eyl 2026 21:26

Photo1/2
💎⚖️ YURIDIK MASLAXAT
#yuridikmaslaxat

⚠️ Tadbirkor shartnoma imzolashdan oldin tekshirishi kerak bo‘lgan 7 ta band
Shartnomani o‘qimasdan turib imzolash — biznesdagi eng qimmat xatolardan biri bo‘lishi mumkin.

Imzo qo‘yishdan oldin quyidagi 7 bandni tekshiring ⬇️
1️⃣ Shartnoma taraflari
➖Kim bilan shartnoma tuzyapsiz?
➖Korxonaning to‘liq nomi, STIRi, manzili va bank rekvizitlarini tekshiring.
➖Shartnomani imzolayotgan shaxs esa haqiqatan ham korxona nomidan ish yuritish vakolatiga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.

2️⃣ Shartnoma predmeti
➖Siz aynan nimani sotib olyapsiz, sotasiz yoki kimdan qanday xizmat olasiz?
➖Tovar, ish yoki xizmatning nomi, miqdori, sifati va boshqa muhim xususiyatlari imkon qadar aniq yozilishi kerak.

3️⃣ Narx va to‘lov tartibi
❌ Faqat “kelishilgan narxda” deb yozilishi yetarli emas.
Shartnomada:
➖ narx;
➖ to‘lov muddati;
➖ to‘lov shakli;
➖ narx o‘zgarishi mumkin yoki mumkin emasligi
aniq ko‘rsatilishi kerak.

4️⃣ Bajarish muddati
➖“Tez orada”, “imkon qadar qisqa muddatda” kabi noaniq iboralar keyinchalik nizoga sabab bo‘lishi mumkin.
📌 Aniq sana yoki muddatni belgilang.

5️⃣ Javobgarlik
Eng muhim bandlardan biri.
Majburiyat bajarilmasa yoki kechiktirilsa:
➖ Penya qancha?
➖ Jarima bormi?
➖ Yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?
Bular shartnomada aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

6️⃣ Shartnomani bekor qilish tartibi
Shartnomadan chiqish kerak bo‘lib qolsa, buni qanday amalga oshirasiz?
➖ Bir tomonlama bekor qilish mumkinmi?
➖ Qancha kun oldin xabar berish kerak?
➖ Oldindan to‘langan pul qaytariladimi?
Bu shartlarni imzolashdan oldin bilib oling.

7️⃣ Nizo yuzaga kelganda nima bo‘ladi?
Taraflar kelisha olmasa, nizo qanday tartibda hal qilinadi?
➖ Sudgacha bo‘lgan tartib bormi?
➖ Qaysi sudga murojaat qilinadi?
➖ Da’vo yuborish muddati va tartibi qanday?
Bu bandni “keyin ko‘ramiz” deb qoldirmang.

💡 Eng muhim qoida:
Shartnomadagi sizga yoqmagan bandni shunchaki imzolab qo‘ymang.
📌 Kelishish mumkin bo‘lgan shartni imzolashdan oldin o‘zgartirish — nizoni sudda hal qilishdan ancha oson.

❗️ Shartnoma — oddiy qog‘oz emas. U sizning biznesingizdagi huquq va majburiyatlarni belgilaydi.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
315001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

09 Eyl 2026 11:55

Photo1/2
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

🏢 Davlat mulkini ijaraga olayotgan tadbirkorlar buni bilishi kerak
Davlat ko‘chmas mulkini ijaraga berish muddati 3 yildan 5 yilgacha oshirildi.

❓Bu nimani anglatadi?
Agar tadbirkor davlatga tegishli bino yoki boshqa ko‘chmas mulkdan biznes faoliyati uchun foydalanayotgan bo‘lsa, ijara munosabatlarini uzoqroq muddatga rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

📌 Yana bir muhim jihat:
Davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori hududda shakllangan ijara to‘lovining minimal bozor narxidan kelib chiqib belgilanadi.

💡 Tadbirkor uchun foydasi:
5 yilgacha bo‘lgan ijara muddati biznesni uzoq muddatli rejalashtirish, binoga investitsiya kiritish va faoliyatni barqaror tashkil etish uchun ko‘proq imkoniyat beradi.

❗️ Davlat mulkini ijaraga olayotgan bo‘lsangiz, ijara shartnomasidagi muddat, ijara to‘lovi va bekor qilish shartlarini alohida tekshirib chiqing.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
241000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

08 Eyl 2026 18:30

Photo1/2
🌎☝🏻QIZIQARLI YANGILIKLAR VA FAKTLAR
#qiziqarliyangiliklarvafaktlar

🏢 Davlat mulkini sotib olish endi yanada qulay bo‘ladi

❗️🇺🇿 Prezidentning PF–177-son Farmoni (28.08.2026-y.) bilan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar belgilandi.
➖ 15% avans — xaridor dastlabki to‘lov sifatida 15 foiz to‘laydi. Qolgan summa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin.
➖ 25% chegirma — belgilangan yirik davlat aktivlari yoki yer uchastkasini sotib olgan shaxs 6 oy ichida 100% to‘lovni amalga oshirsa, jami summaga 25% chegirma beriladi.
➖ 7 yilgacha bo‘lib to‘lash — 6 oy ichida kamida 50% to‘lov qilinsa, qolgan summa foizsiz 7 yilga bo‘lib to‘lanishi mumkin.
➖ 5 yilgacha bo‘lib to‘lash — 3 oy ichida 35% to‘lov qilinganda, qolgan summa foizsiz 5 yilga bo‘lib to‘lanadi.

🤩 Rekonstruksiya qilish huquqi — davlat aktivi uchun to‘lovning kamida 50 foizi amalga oshirilganidan keyin uni rekonstruksiya qilish, jumladan yangidan qurish uchun buzish va ta’mirlashga ruxsat beriladi.

💡 Tadbirkorlar uchun asosiy xulosa: davlat aktivi yoki noturar yer uchastkasini sotib olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, endi to‘lovni birvarakayiga amalga oshirish shart emas. Qonunchilikda chegirma va uzoq muddatli foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyatlari ham nazarda tutilgan.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
304001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

08 Eyl 2026 10:03

Photo1/2
💎⚖️ YURIDIK MASLAXAT
#yuridikmaslaxat

🚨❓ UY QURMOQCHIMISIZ? AVVAL BUNI O‘QING!

Ko‘pchilik uy qurishda bir xil xatoga yo‘l qo‘yadi:
❌ «Avval qurib olaylik, keyin hujjatlarini qilamiz».
Bu eng qimmat xatolardan biri bo‘lishi mumkin.

Uy qurishni boshlashdan oldin quyidagi 5 ta masalani tekshirib oling⬇️
🏠 Yer hujjatlari
Yer sizga tegishlimi?
Yerning maqsadli foydalanish turi uy qurishga imkon beradimi?

📐 Qurilish loyihasi
Uyning qavatlari, maydoni, joylashuvi va boshqa asosiy ko‘rsatkichlari loyiha hujjatlarida belgilanishi kerak.

🛠️ Qurilishni boshlash tartibi
Har bir uy uchun talablar bir xil emas. Uy-joyingizning parametrlariga qarab, qanday tartibda hujjatlashtirish kerakligini oldindan aniqlang.

🔌 Kommunikatsiyalar
Elektr, gaz, suv va kanalizatsiya tarmoqlarini ham oldindan hisobga oling.
Aks holda qurilish tugagach, muammo boshlanishi mumkin.

📄 Qurilish tugagach ham ish tugamaydi
Uy qurildi — tamom, degani emas.
Obyektni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va kadastr hujjatlarini tartibga keltirish kerak.

⚠️ Eng xavfli fikr:
«Hamma shunday quradi-ku!»
Boshqalar qanday qilgani sizning uyingiz qonuniy ekanini anglatmaydi.
❗️ Uy qurishdan oldin hujjatlarni tekshirish — qurib bo‘lgandan keyin muammoni hal qilishdan ancha oson.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
362000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

07 Eyl 2026 12:44

Photo1/2
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿07.09.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 785.30 so'm
💸13 695.70 so'm
💸136.13 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
21000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

06 Eyl 2026 18:09

Photo1/2
🌎☝🏻QIZIQARLI YANGILIKLAR VA FAKTLAR
#qiziqarliyangiliklarvafaktlar

🚨 KICHIK BIZNES UCHUN 3 YILLIK MORATORIY

📌 Kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga 3 yil muddatga moratoriy joriy etiladi.
Ya’ni, moratoriy davrida kichik biznes faoliyatini tekshirish umumiy qoida sifatida taqiqlanadi.

❗️Ammo ayrim istisnolar mavjud:
➖ jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlar;
➖ inson salomatligiga ta’sirini o‘rganish bilan bog‘liq tekshiruvlar;
➖ mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshirish;
➖ fuqarolarning murojaatlari asosidagi tekshiruvlar;
➖ QQSni qaytarish bilan bog‘liq tekshiruvlar;
➖ tadbirkorlik subyektini tugatish bilan bog‘liq tekshiruvlar.

⚠️ Muhim: moratoriy davrida qonunga xilof ravishda tekshiruv o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi. Bunday huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

🛡 Bundan tashqari, Biznes-ombudsman tomonidan «Samarali nazorat» tadbiri o‘tkaziladi.
✔️Uning doirasida nazorat organlari tomonidan oxirgi 3 yil davomida o‘tkazilgan tekshiruvlar o‘rganiladi.
✔️Agar tekshiruv davomida qonun buzilgan yoki tekshiruv noqonuniy o‘tkazilgani aniqlansa, tadbirkorning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘riladi.

💡 Xulosa: kichik biznes uchun bu moratoriy — asossiz va ortiqcha tekshiruvlardan himoyalanishning muhim kafolatlaridan biridir.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
23000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

06 Eyl 2026 15:31

Photo1/2
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

🏨 Mehmonxona va umumiy ovqatlanish sohasida markirovka tartibi soddalashtirildi

🗓 2026-yil 1-sentabrdan mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun raqamli markirovka bo‘yicha yangi tartib amal qiladi.
Endilikda korxonalar tomonidan xarid qilingan:
🍺 pivo va boshqa alkogolli ichimliklar;
🚬 tamaki mahsulotlari;
💧 suv;
🥤 salqin ichimliklar
yakuniy iste’mol uchun realizatsiya qilingan deb hisoblanadi.

Shu sababli:
➖ markirovka kodlarini qayta skanerlash talab etilmaydi;
➖ markirovka kodlarini fiskal chekda aks ettirish majburiy emas;
➖ ortiqcha texnik jarayonlar kamayadi.

⌨️ Bundan tashqari, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi «Raqamli markirovka bilan ishlash» xizmati orqali bevosita tegishli soliq inspeksiyasiga murojaat qilish mumkin.

💡 Ya’ni, mehmonxona va umumiy ovqatlanish biznesi uchun markirovka bilan bog‘liq kundalik hisob-kitob jarayonlari ancha soddalashadi.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
20003
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

05 Eyl 2026 15:12

Photo1/2
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

🏢MUHIM OBYEKTLARDA ISHLASH UCHUN REYESTRGA QANDAY KIRILADI?

❗️Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan shaxslar xavfsizligi, mudofaa, xavfsizlik va ichki tartib bilan bog‘liq alohida muhim va toifalangan obyektlar bo‘yicha ishlaydigan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari maxsus Reyestrga kiritilgan bo‘lishi kerak.

✔️ Bunday obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash faqat Reyestrga kiritilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

📌REYESTRGA KIRISH TARTIBI
1️⃣ Avvalo Reytingda bo‘lish kerak
Tashkilot “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron Reytingida mavjud bo‘lishi kerak.
2️⃣ Vakolatli organga ariza beriladi
Reyestrni yurituvchi vakolatli organ — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi.
Tashkilot Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizani vazirlikka pochta orqali yuboradi.
3️⃣ Kerakli hujjatlar taqdim etiladi
4️⃣ Hujjatlar dastlab ko‘rib chiqiladi
Vakolatli organ arizani 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi va o‘rganish uchun Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboradi.
5️⃣ DXX xulosasi olinadi
Tashkilot Reyestrga faqat Davlat xavfsizlik xizmatining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lganda kiritiladi.
6️⃣ Yakuniy javob — 30 kungacha
Tashkilotni Reyestrga kiritish yoki rad etish to‘g‘risidagi javob ariza vakolatli organda ro‘yxatga olingan kundan boshlab 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yuboriladi.

⚠️ Muhim: Reyestrga kirish — bu shunchaki ro‘yxatdan o‘tish emas. Tashkilot obyekt rejimiga, qonunchilik talablariga va davlat sirlarini saqlash talablariga rioya qilishi shart.

❗️ Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, ushbu tartibni oldindan bilib qo‘yish muhim.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
21004
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

04 Eyl 2026 12:54

Photo1/2
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

❗️EKSPORT QILGAN, LEKIN PULINI OLOLMAGAN TADBIRKORLAR UCHUN YANGILIK

❓Chet elga mahsulot sotdingiz, lekin xaridor pulni o‘z vaqtida to‘lamadimi?
Endi bunday eski qarzdorlikni yopish uchun maxsus imkoniyat berilmoqda.

📌 2027-yil 1-yanvarga qadar belgilangan shartlarga javob beradigan tadbirkor o‘z mablag‘i hisobidan ushbu qarzdorlikni qoplashi mumkin.
Eng muhimi — shu summa doirasida undirilmagan jarimaning tegishli qismi ham hisobdan chiqariladi.

⚠️ Lekin kiritilgan mablag‘ eksportdan tushgan tushum hisoblanmaydi va unga 0% QQS qo‘llanilmaydi.

Yana bir muhim jihat:
🗓 2027-yil 1-yanvardan boshlab, agar tadbirkor chet ellik xaridordan pulni qaytarish uchun haqiqatan ham harakat qilgan bo‘lsa, ayrim holatlarda sud jarimani 2 baravarga kamaytirishi mumkin.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
22001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

04 Eyl 2026 11:16

Photo1/2
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿04.09.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 795.00 so'm
💸13 698.71 so'm
💸135.80 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 360 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 440 000 soʻm.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
26003
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎☝🏻QIZIQARLI YANGILIKLAR VA FAKTLAR
#qiziqarliyangiliklarvafaktlar

🚗❗️ “AVTOMOBILSIZ KUN” — HAR OY 10 VA 25-SANALARDA!

🙂 🔺 O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida yangi tashabbus joriy etilmoqda.

🗓 2026-yil 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanalari https://lex.uz/ru/docs/-8101201 aksiyalari o‘tkazib boriladi.

❗️ Aksiya doirasida:
❌ Davlat fuqarolik xizmatchilariga xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
✔️ Agar 10 yoki 25-sana ish kuniga to‘g‘ri kelsa, haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

🔺 Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — avtomobillardan foydalanishni kamaytirish, atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini qisqartirish va ekologik muhitni yaxshilash.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
24000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿10.08.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 952.10 so'm
💸13 779.58 so'm
💸145.21 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
17000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎☝🏻QIZIQARLI YANGILIKLAR VA FAKTLAR
#qiziqarliyangiliklarvafaktlar

🇩🇪 Germaniyada avtobanda benzinsiz qolish jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Germaniya Yo‘l harakati qoidalarining §23 StVO normasiga ko‘ra, haydovchi avtomobilni xavfsiz boshqarish uchun zarur barcha sharoitlarni oldindan ta’minlashi shart.

✔️1999-yilda Dyusseldorf Oliy hududiy sudi (OLG Düsseldorf, 2b Ss (OWi) 251/99) shunday xulosaga kelgan:
➖ Agar haydovchi yo‘lga chiqishdan oldin yonilg‘i yetarliligini tekshirmasa va avtomobil avtobanda benzinsiz qolib, harakat xavfsizligiga xavf tug‘dirsa, bu huquqbuzarlik hisoblanishi mumkin.

📌 Demak, jarima benzin tugagani uchun emas, balki haydovchining oldindan ehtiyotsizlik qilgani va xavfli vaziyat yuzaga keltirgani uchun qo‘llanadi.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
30001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿03.08.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 960.18 so'm
💸13 761.38 so'm
💸150.42 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
32000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

⚡️🔋Ortiqcha ishlab chiqarilgan quyosh energiyasi uchun subsidiya toʻlanadi

☝🏻Endilikda jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda oʻrnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va oʻz ehtiyojidan ortib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soati (kVt·soat) uchun 1 000 soʻm subsidiya ajratiladi.

📌Bunda:
✔️subsidiya miqdori har oy yakunida yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi hajmi bilan tizimdan isteʼmol qilingan elektr energiyasi hajmi oʻrtasidagi ijobiy tafovut asosida hisoblanadi;
✔️olingan subsidiya fuqarolarning jami daromadi tarkibiga kiritilmaydi;
✔️subsidiya mablagʻlari har oy hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar soliq organlari tomonidan “Soliq” mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.

🌱 ❗️Quyosh energiyasidan foydalaning, ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat tarmogʻiga uzating va buning evaziga subsidiya oling.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
34000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🇺🇿📗QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR
#qonunchilikdagiyangiliklar

🗓 2026-yil 1-avgustdan boshlab aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida yangi "trade-in" mexanizmi joriy etiladi.

❗️Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar eskirgan avtotransport vositalarini "trade-in" dasturi asosida topshirib, yangi transport vositasini xarid qilganda, avtokredit foizining bir qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

✔️ Mazkur tartib fuqarolar va tadbirkorlarning yangi, zamonaviy hamda xavfsiz transport vositalarini xarid qilishini ragʻbatlantirish, shuningdek, eskirgan avtomobillar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirishga xizmat qiladi.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
38004
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿27.07.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵12 019.08 so'm
💸13 689.73 so'm
💸153.87 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
34001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

🔎Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi: yirik biznes soliq natijalarini qanday birlashtirishi mumkin?

❓Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi nima?

📌Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi (SKG) — bu maxsus shartnoma tuzadigan va guruhning umumiy moliyaviy natijasidan kelib chiqqan holda foyda soligʻini birgalikda hisoblaydigan hamda toʻlaydigan bir nechta yuridik shaxslarning koʻngilli birlashmasidir.

❗️Bunda guruhning tashkil etilishi yangi yuridik shaxs tuzilishini anglatmaydi — har bir kompaniya oʻz mustaqilligini saqlab qoladi.

❓SKGni kimlar tashkil etishi mumkin?

❗️Bunday guruhni belgilangan talablarga javob beradigan yuridik shaxslar tuzishi mumkin. Asosiy shartlar:

✔️Ulush stavkasi: Bitta yuridik shaxs guruhning boshqa kompaniyalarida bevosita yoki bilvosita kamida 90% ulushga ega boʻlishi kerak.
✔️Guruhning umumiy koʻrsatkichlari belgilangan mezonlarga mos kelishi zarur:
➖Toʻlangan soliqlar (QQS, aksiz soligʻi, foyda soligʻi, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq) summasi — kamida 100 mlrd soʻm;
➖Tushum va boshqa daromadlar — kamida 500 mlrd soʻm;
➖Aktivlar qiymati — kamida 1 trln soʻm;
➖Ishtirokchilar bir xil foyda soligʻi stavkasini qoʻllashlari shart.

🧭 Soliq organlari oldida kim javobgar boʻladi?

✔️Guruh tarkibida masʼul ishtirokchi belgilanadi.
Aynan ushbu masʼul ishtirokchi:

➖Butun guruh boʻyicha foyda soligʻini hisoblaydi;
➖Soliq hisobotlarini taqdim etadi;
➖Soliq organlari bilan hamkorlik qiladi;
➖Konsolidatsiyalashgan soliq boʻyicha soliq toʻlovchining majburiyatlarini bajaradi.

‼️Qolgan ishtirokchilar soliq bazasini hisoblash uchun unga zarur maʼlumotlarni taqdim etadilar.

❓Kompaniyalar SKGni nega tashkil etadilar?

✔️Soliq rejalashtirishini optimallashtirish: Bir guruhga kiruvchi kompaniyalarning umumiy moliyaviy natijasini hisobga olish imkonini beradi.
✔️Foyda soligʻi boshqaruvini soddalashtirish: Bir nechta kompaniyalarning alohida hisob-kitoblari oʻrniga yagona hisob-kitob shakllantiriladi.
✔️Moliyaviy natijani yanada samarali taqsimlash: Guruh ichida foyda koʻrayotgan va zararga kirgan kompaniyalar mavjud boʻlganda, soliq bazasi umumiy natijani inobatga olgan holda hisoblanishi mumkin.

‼️Nimalarga eʼtibor qaratish lozim?

❌SKG har bir kompaniya uchun ham mos kelavermaydi.
Masalan, quyidagilar guruhga kira olmaydi:
➖Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari;
➖Maxsus soliq rejimlaridagi kompaniyalar;
➖Foyda soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan tashkilotlar;
➖Mikromoliya tashkilotlari va boshqa baʼzi toifalar.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
35000
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

💡🔥 Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda nimalarni bilish kerak.

‼️ https://lex.uz/docs/-6954979ga ko'ra, maishiy iste'molchilar quyidagi majburiyatlarga ega:

➖O‘z tasarrufidagi gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini soz holatda saqlash;
➖Yerto‘la, texnik yo‘lak va boshqa joylarda elektr yoritish hamda shamollatish tizimlarining doimiy ishlashini ta’minlash;
➖Binolarning yerto‘lalarida yer osti gaz tarmoqlarining binoga kirish qismi mustahkamligi va zichligini nazorat qilish.

✔️Shuningdek, ko‘p kvartirali va turar joy binolaridagi gaz plitalari har ikki yilda kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.

❗️Gaz uskunalarini o‘z vaqtida tekshirtirish — xavfsizlik garovi!

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
45002
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 18:34

Photo
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿20.07.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵12 031.25 so'm
💸13 764.95 so'm
💸153.24 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm.

🌐 Bizni http://www.youtube.com/@HuquqiyPodcast| http://instagram.com/huquqiy_podcast?igshid=OGQ5ZDc2ODk2ZA== orqali kuzatishingiz mumkin.
41001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 11:59

Photo1/2
❓⚖️ QONUNNI BILASIZMI
#qonunnibilasizmi

❓ЎЗБОШИМЧАЛИК БИЛАН ЭГАЛЛАНГАН ЕР УЧАСТКАСИНИ ҚОНУНИЙЛАШТИРИШ УЧУН ҚАНЧА ТЎЛАНАДИ?

❗️Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш жараёнида бир марталик тўлов ундирилади.

📌 Тўлов миқдори:
➖ Тошкент шаҳрида — БҲМнинг 5 баравари;
➖ Нукус шаҳри ва вилоят марказларида — БҲМнинг 3 баравари;
➖ Вилоятлар бўйсунувидаги бошқа шаҳарларда — БҲМнинг 2 баравари;
➖ Бошқа аҳоли пунктларида — БҲМнинг 1 баравари;
➖ Қолган ҳолларда — тегишли ҳудуддаги ўртача аукцион баҳоси миқдорида.

❓ Кимлар тўловдан озод қилинади?
✔️ I ва II гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар;
✔️ аввалги «акция» даврида белгиланган йиғимни тўлаган шахслар.
♿️ Шунингдек, «Ижтимоий ҳимоя ягона реестри» ахборот тизимига киритилган шахсларга 50% чегирма берилади.

📌 Демак, тўлов миқдори ер участкасининг жойлашган ҳудудига қараб фарқ қилади.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
24001
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

03 Eyl 2026 11:23

Photo1/2
💎⚖️ YURIDIK MASLAXAT
#yuridikmaslaxat

❗️MChJdagi muhim qarorlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish lozim

⚠️“Hammasiga kelishib olganmiz-ku” — korporativ munosabatlardagi eng xavfli iboralardan biridir.

Ishtirokchilar o‘rtasida munosabatlar yaxshi bo‘lganida, og‘zaki kelishuv yetarli bo‘lib tuyulishi mumkin. Biroq nizo kelib chiqqanda, asosiy e’tibor nima haqida kelishib olinganiga emas, balki huquqiy jihatdan nima rasmiylashtirilganiga qaratiladi.

📌 Qonun nima deydi?
O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, ishtirokchilar umumiy yig‘ilishining vakolatlariga, xususan, qonun va ustavda nazarda tutilgan jamiyatni boshqarish masalalari kiradi.
Bunda umumiy yig‘ilishni o‘tkazish tartibi qonun, ustav va jamiyat hujjatlari bilan tartibga solinadi.

📄 Natijalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish ayniqsa muhimdir.
Qonunining 36-moddasiga ko‘ra, umumiy yig‘ilish bayonnomasida quyidagilar aks ettirilishi shart:
➖ yig‘ilish o‘tkazilgan joyi va vaqti;
➖ ishtirokchilarning ovozlari soni haqidagi ma’lumotlar;
➖ rais va kotib;
➖ kun tartibi;
➖ ovoz berishga qo‘yilgan masalalar;
➖ ovoz berish natijalari;
➖ qabul qilingan qarorlar.

Agar MChJda faqat bitta ishtirokchi bo‘lsa, vaziyat yanada sodda: 38-moddaga asosan, umumiy yig‘ilish vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar yagona ishtirokchi tomonidan bir shaxsda qabul qilinadi va yozma ravishda rasmiylashtiriladi.

🚨 Bu biznes uchun nega muhim?
Qaror qonun yoki ustav talablarini buzgan holda qabul qilingan hamda ishtirokchining huquqlarini buzayotgan bo‘lsa, u sud tartibida nizolashilishi mumkin.

❌Shu sababli direktorni almashtirish, ustavni o‘zgartirish, yirik korporativ harakatlar, foydani taqsimlash va boshqa muhim masalalar bo‘yicha qarorlar shunchaki yozishmalarda yoki og‘zaki kelishuvlarda qolib ketmasligi kerak.

💡 Amaliy maslahat:
Har qanday muhim korporativ qarorni qabul qilishdan oldin 3 ta narsani teksshiring:
1. Qaror qabul qilish huquqiga kim ega?
2. Qancha ovoz soni talab qilinadi?
3. Qaror aynan qanday rasmiylashtirilishi kerak?
Va shundan keyingina qaror qabul qiling.

✔️Korporativ hujjat — bu shunchaki rasmiyatchilik emas. Bu nizo kelib chiqqan taqdirda biznes pozitsiyasining isbotidir.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
1,220003
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

01 Eyl 2026 16:04

Photo1/2
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

📣 2026-yil 1-sentabrdan yangi miqdorlar belgilandi

📈O‘zbekistonda 2026-yil 1-sentabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori oshirildi.
➖ Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM)
— oyiga 1 360 000 so‘m;
➖ Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)
— 440 000 so‘m.

📈Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirilgan:
➖Yoshga doir eng kam pensiya
— oyiga 983 000 so‘m
➖Nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori
— oyiga 1 083 000 so‘m
➖Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordam
— oyiga 450 000 so‘m
➖Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa
— oyiga 878 000 so‘m

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
24003
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

01 Eyl 2026 13:59

Photo1/2
🌎☝🏻QIZIQARLI YANGILIKLAR VA FAKTLAR
#qiziqarliyangiliklarvafaktlar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak!

🙂 Bugun xalqimiz uchun eng ulug‘ va qadrli bayramlardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda.

🇺🇿 Mustaqillik — bu nafaqat erkinlik, balki o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, yurtimiz kelajagini bunyod etish va farzandlarimiz uchun yanada farovon hayot yaratish imkoniyatidir.

✨ Shu munosabat bilan barcha yurtdoshlarimizni, hamkorlarimizni va aziz obunachilarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon va kelajagimiz porloq bo‘lsin!

☝🏻🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
25003
Huquqiy podcast logo
Huquqiy podcast

26 Ağu 2026 10:44

Photo1/2
🌎👨🏼‍🎓 FOYDALI MA'LUMOTLAR
#foydalimalumotlar

🇺🇿26.08.2026 yilda aktual valyutalar kursi

💵11 778.52 so'm
💸13 733.75 so'm
💸138.96 so'm

✔️Pensiya va nafaqalarning eng kam miqdori

➖yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 983 000 soʻm;
➖ nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 1 083 000 soʻm;
➖kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 450 000 soʻm;
➖pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 504 000 soʻm;
➖mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 271 000 soʻm;
➖bazaviy hisoblash miqdori — 412 000 soʻm.

🌐 Bizni Youtube|Instagram orqali kuzatishingiz mumkin.
35001

Showing 30 of 34 posts

Derecelendirme

Giriş yapılması gerekli

Frequently Asked Questions

Huquqiy podcast Telegram kanalı ne hakkında?+

Huquqiy podcast (@huquqiypodcast), tgdio üzerinde Podcast'ler kategorisinde listelenen bir Telegram kanalıdır. Abone olmadan önce sıralama, puan, yorum ve gönderilere bakın. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 87 abonesi var.

Huquqiy podcast (@huquqiypodcast) kanalına nasıl katılırım?+

tgdio üzerindeki kanal profilini açın, Join / Open in Telegram ile @huquqiypodcast abonesi olun.

Huquqiy podcast iyi bir Podcast'ler kanalı mı?+

tgdio üzerinde katılmadan önce Huquqiy podcast puanını, yorumlarını ve sıralamasını kontrol edin. Şu an tgdio üzerinde yaklaşık 87 abonesi var. Benzer Podcast'ler kanallarla karşılaştırın.

Huquqiy podcast istatistiklerini nerede görürüm?+

tgdio üzerinde @huquqiypodcast sayfasını açın: abone istatistikleri, sıralama, puan ve gönderiler.